Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Timusning yoshga qarab va baʼzi hollarda oʻzgarishi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
Timusning yoshga qarab va baʼzi hollarda oʻzgarishi.
Ayrisimon bez yosh bolalarda juda yaxshi taraqqiy etgan boʻladi. Tugʻilgandan to balogʻat yoshiga yetgunga qadar uning kattaligi va ogʻirligi maʼlum bir darajada saqlanib turadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqning tana massasining 4% zi yaʼni 12-13g ni tashkil qiladi. Jinsiy balogʻat yoshiga kelib timusning ogʻirligi oʻrtacha hisobda 37–40 g atrofida boʻladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, yaʼni yoshga nisbatan kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning poʻstloq zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sonining kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar oʻrnida yogʻ hujayralarining paydo boʻlishi va makrofaglar sonining koʻpayishi kuzatiladi. Involutsiya jarayoni magʻiz zonada ham sodir boʻladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning oʻrnini yogʻ toʻqimasi egallashi koʻrinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni taʼkidlash kerakki, juda qarigan ammo sogʻ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 yoshlarga kelib timusning ogʻirligi faqat 5–6 g atrofida boʻladi (1-jadval). Bunda bez parenximasining asosiy qismini yogʻ toʻqimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involutsiyasi boʻlmasligi mumkin. Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar sonining ortib ketishi 21 bilan ifodaladi. Koʻpincha bu holat buyrak usti bezining poʻstloq moddasi ishlab chiqaradigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar koʻp boʻlsada, ularning faoliyati toʻliq boʻlmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar taʼsiriga juda chidamsiz boʻladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling