Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


Hujayra hajm boshqarilish sistemasi haqida umumiy tushuncha


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

1.3.Hujayra hajm boshqarilish sistemasi haqida umumiy tushuncha 
Barcha turdagi hujayralar hayot faoliyati davomida osmotik oʻzgarishlarga 
uchraydilar, chunki hujayra ichi metabolizmi va membrana transportidagi 
jarayonlar hujayra ichidagi va uning tashqi muhitidagi osmotik aktiv 
moddalarning konsentratsiyasi taʼsirida, issiqlik harakati natijasida hujayra 
suyuqligidagi molekulalarning joylanishidagi tasodifiy oʻzgarishlarga olib keladi 
(fluktuatsiya jarayoni). 
Osmos hodisasi qadim zamonlardan beri, oziq moddalarni uzoq vaqt saqlash 
uchun tuz yoki shakar yordamida toʻqimani suvsizlantirish uchun qoʻllanilib 
kelingan. Biofizikada esa, osmotik bosim — bu erituvchi va erigan modda 
molekulalarining qarshi diffuziya natijasida toza eritma bilan toʻqnash 
kelgandagi, eritmani konsentratsiya kam tomonga intilishini xarakterlovchi 
termodinamik koʻrsatkichdir. 
Agarda eritma toza erituvchidan yaxshi oʻtkazuvchi membrana bilan ajratib 
qoʻyilgan boʻlsa, u holda eritmaga erituvchini membrana orqali osmotik soʻrilishi 


23 
faqatgina bir tomonlama amalga oshadi. U holda osmotik bosim osmotik 
muvozanat paytida, eritma tomonidan beriladigan ortiqcha energiyaga teng 
boʻlib, toʻgʻridan — toʻgʻri oʻlchash uchun qulay kattalikka aylanadi. Osmotik 
bosim, erigan modda ishtirokida erituvchining kimyoviy potensialini kamayishi 
bilan bogʻliqdir. Sistema oʻz hajmining barcha qismlarida kimyoviy potensialni 
tenglashtirishga intilishi va erkin energiya darajasi kichik boʻlgan holatga oʻtishi 
moddalarni osmotik tashilishiga (diffuziyasiga) olib keladi. Osmotik bosim ideal 
va kuchli suyultirilgan eritmada erigan moddalar va erituvchi tabiatiga bogʻliq 
emas. Harorat doimiy boʻlsa, osmotik bosim faqatgina “kinetik elementlar” — 
ionlar, molekulalar, assotsiatlar yoki kolloid elementlarning soniga qarab eritma 
hajm birligida aniqlanadi. Osmotik bosimni oʻlchashni birinchi boʻlib V. Pfeffer 
(1877) amalga oshirgan. 
Bir xil osmotik bosimga ega boʻlgan eritmalar izoosmotik yoki izotonik 
eritma deb ataladi. Shuning uchun, turli qon oʻrnini bosuvchi va fiziologik 
eritmalar ichki organizm suyuqliklariga nisbatan izotonikdir. Agarda bir eritma 
ikkinchi eritmaga nisbatan yuqori osmotik bosimga ega boʻlsa, u gipertonik va 
aksincha past osmotik bosimga ega eritma — gipotonik eritma deb ataladi. 
Osmos hodisasi organizm hayot faoliyati jarayonlarida katta rol oʻynaydi. 
Hayvon va oʻsimlik hujayralari yarim oʻtkazuvchi membaranalar bilan oʻralgan 
boʻlib, kichik miniatyur osmometrlarga oʻxshab ketadi. 
Biroq tirik organizm hujayralari yuqori tashkillashgan tizim boʻlib, atrof-
muhitning koʻrsatkichlari oʻzgaruvchi sharoitlarda oʻz-oʻzini boshqara olish 
xususiyatiga egadir. Hujayra butunligini saqlash uning hajmining doimiyligini 
aktiv tutib turish bilan chambarchas bogʻliqdir [25]. 
Tirik hujayra hajmini boshqarilishi mexanizmlarini oʻrganish zamonaviy 
biofizika va hujayra fiziologiyasining markaziy muammolaridan biridir. Bu 
savolga koʻpgina tadqiqotlar bagʻishlangan boʻlib va shu mavzudagi tahliliy 
maqolalarda oʻz aksini topgan [26]. 
Hujayra hajmining noizotonik sharoitlarda sut emizuvchilarning hujayralarida 
boshqarilishi hujayraning bir butunligini ushlab turishda va bir qator boshqa 


24 
hujayraviy funksiyalarning amalga oshishida fundamental ahamiyatga ega. 
Gipotonik boʻlmagan eritmalarga javoban hujayralar shishadi va keyinchalik 
sekin asta oʻzlarining birlamchi hajmiga qaytadi. Bu jarayon regulyator hajm 
pasayishi (RVD — regulatory volume decrease) deb atalib, K
+
va Cl
-
, shuningdek 
aminokislotalar, organik erituvchilarning chiqib ketishini oʻz ichiga oladi [27]. 
Hujayra ichidagi eritmalar yoʻqotilishi bilan hujayra membranasi orqali osmotik 
gradiyentga mos ravishda suv ham yoʻqotiladi. Turli hujayra tiplarida KCl hajmga 
bogʻliq ravishda chiqib ketishining turli xil yoʻllari maʼlum (5-rasm) [4,
28]. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling