Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


-rasm Hujayra shishishi va hujayraning ozining normal holatiga qaytishi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

6-rasm Hujayra shishishi va hujayraning ozining normal holatiga qaytishi 
(RVD va RVI). Hujayra hajmining keskin tartibga solinishi membrana ionlari 
tashuvchilarining faollashuvi (yuqori panel), hujayradan tashqari va hujayra 
ichidagi osmolyarlikning oʻzgarishiga doimiy moslashish organik osmolitlarni 
tashish va sintezini tartibga solish (pastki panel) orqali amalga oshiriladi. 
 
Gipotonik taʼsirga javoban kaliy va xlordan tashqari boshqa osmotik aktiv 
moddalar ham chiqariladi. Barcha hujayralarda taurin aminokislotasi mavjud 
boʻlib, oqsil tarkibiga kirmaydi. Gipotonik stressda taurin ham chiqib ketadi. Bu 
aminokislota asosan baliq eritrotsitlarida aniqlangan. Aniqlanishicha, eritrotsit 
membranasining 3-qavatidagi oqsil xlor-bikarbonatli almashinuvchi boʻlib, 
eritrotsitlardan hajmga bogʻliq ravishda taurin chiqarilishini taʼminlaydi. Epitelial 
va endotelial hujayradan taurin chiqishi hajmga bogʻliq xlor kanallari ishtirokida 
yuzaga keladi. Yuqori osmotik muhitda hujayra tirik qolishi uchun oʻzining 


28 
hujayra ichidagi osmotikligini orttirishi kerak. Hujayra tashqarisidagi asosiy ion 
Na
+
ioni hisoblanadi va bu natriy transporti sistemasi faolligi bilan bogʻliq. 
Sitoplazmada protonlar asosan bogʻlangan holatda boʻladi. Shuning uchun, 
ularning natriyga almashinishi hujayra ichida umumiy osmotik bosimning 
ortishiga va hujayra hajmining ortishiga olib keladi (6-rasm). 
Hujayra hajm boshqarilishining hujayraviy va molekulyar mexanizmlari 
haqidagi tushuncha koʻplab fiziologik va patofiziologik jarayonlarni oʻrganishda 
ahamiyatli. Turli hujayralarda hajm boshqarilishining mexanizmlarini oʻrganish 
osmotik gomeostaz buzilishining oldini olishda muhim hisoblanadi. 
Gipoosmotik stress sharoitida kalamush timotsitlari hajm boshqarilish 
sistemasiga anor meva sharbatining 1 10 25 50 100 mkl/ml konsentratsiyada 
taʼsiri oʻrganildi. Bunda hujayra hajm boshqarilish sistemasiga sezilarli 
ingibirlovchi taʼsir koʻrsatdi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling