Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


Timus (Ayrisimon bez) funksiyasi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

Timus (Ayrisimon bez) funksiyasi 
• Immunologik (Endokrin boʻlmagan immunitet) 
• Gumoral (Endokrin) 
Immunologik – Timus (Thymus) – immun sistemaning markaziy organi 
boʻlib, unda immunologik jarayonda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri 
boʻlgan T-limfotsitlar shakllanadi. T hujayralarining rivojlanishini, faollashishini 
va farqlanishini ragʻbatlantirish, hujayra immunitetining vositachilari sifatida oʻz 
funksiyalarini bajarishiga imkon yaratadi. T-limfotsitlarning boshlangʻich 
hujayralari suyak koʻmigidan qon orqali timusga keladi va bu yerda ular antigenga 
bogʻliq boʻlmagan holda T-limfotsitlarga differensiyallashadi.
▪ T-Killer – Yod zarrachani lizizga uchratadi 
▪ T-Hepper yoki T-effektor – Immunologik jarayonlarda immun sezgirligini 
oshiradi. Antitana sintezida qatnashib B-limfotsitlar bilan aloqa qilib beradi 
▪ T-Supressor – T-Killerlar faoliyatini regulyatsiya qilib, avtoimmun 
kasalliklarning kelib chiqishini oldini oladi. 
Gumoral – Timus T-limfotsitopoezning asosiy markazi boʻlishi bilan birga 
oʻzidan turli xil biologik aktiv moddalar ajratib chiqarish qobiliyatiga ham ega. 
Bu moddalar timik gormonlar deb ataladi.
Timusdan 
ajraluvchi 
eng 
muhim 
gormonlar. 
T-limfotsitlarning 
differensiyallanishi (protimotsitlarni timositlar va T-limfotsitlarga aylanishi) da 
aktiv ishtirok etuvchi
• timozin,
• timopoetin,
• timulin 


19 
• timusning gumoral faktorlaridir. 
Bulardan tashqari, timusda immunologik jarayonlarni boshqarishda ishtirok 
etuvchi, organizmning oʻsishiga taʼsir koʻrsatuvchi timus tananing oʻsishi va 
rivojlanishi uchun zarur boʻlgan inson oʻsish gormoni ham ishlab chiqariladi. Bez, 
shuningdek, turli bosqichlarda T hujayralari rivojlanishini nazorat qilish uchun 
zarur boʻlgan sitokinin moddasini ishlab chiqariladi.
Timus qizil suyak koʻmigi va immun sistemaning barcha periferik organlari 
bilan chambarchas bogʻliq. Timusda yetilgan T-limfotsitlar periferik organlarning 
maxsus timusga tobe (T) zonalarida joylashadi va shu yerda koʻpayib, himoya 
reaksiyalarida ishtirok etadi. Timus faoliyatining tugʻma yoki biror kasallik 
taʼsirida buzilishi organizm himoya reaksiyalarining keskin susayishiga olib 
keladi. Bunday hollar immunitet yetishmovchiligi yoki immunodefitsit holatlar 
deb ataladi. Bunga yorqin misol qilib odamda immun tanqislik keltirib 
chiqaradigan virusli immun tanqislik sindrom (OITS) ni koʻrsatish mumkin. 
Yangi tugʻilgan hayvonlarda timus olib tashlansa, ularning periferik immun 
organlarida limfotsitlarning koʻpayishi va takomillanishi keskin buziladi va qonda 
T-limfotsitlarning miqdori pasayib ketadi.
Bunday organizm kasallik chaqiruvchi 
mikroblar va viruslar taʼsiriga chidamsiz boʻlib qoladi, lekin koʻchirib oʻtkazilgan 
yot organlarni, toʻqimalarni oʻzida saqlay oladi. T-hujayralarning yetukligida 
timusning hal qiluvchi roli sichqonlarda neonatal timektomiya tajribalari bilan 
koʻrsatilgan. Hayvonlarda (sichqonlar va kalamushlarda yalangʻoch mutatsiya) va 
odamlarda (Di-Jorj sindromi) tugʻma atimiyani oʻrganish, bu davrda qon va 
periferik organlarda T limfotsitlarining yoʻqligi buni tasdiqladi. Shunga qaramay, 
T limfotsitlarining ekstratimik yetukligi sichqonlarda, ayniqsa jigar va ichaklarda, 
homila yoki embrion bosqichida odamlarda ham mavjud boʻladi. Timus 
homiladorlikning 12-haftasida homila immunitetining bir qismi boʻlib, homila 
hayotida ham, bolaligida ham faol boʻlib qoladi. 
Faqat 1975-yilda Zinkernagel va Doherti tajribalari ijobiy tanlov orqali 
allogenik cheklanishni keltirib chiqarishda timusning vazifasini tushunish 
mumkin edi. Uning avtoreaktiv yetilmagan limfotsitlarni salbiy tanlanish yoʻli 


20 
bilan yoʻq qilish orqali tabiiy oʻz-oʻziga bardoshlilik hodisalarida ishtirok etishi 
1987-yilda Marrak tomonidan yanada qizgʻin tasvirlangan. Hozirgi kunda timus 
ham tartibga soluvchi T-limfotsitlarning yetilish joyi sifatida tan olindi. Ushbu 
limfotsitlar oʻzlarining maxsus antigeniga javoban immunitet reaksiyalarini, 
xususan, salbiy tanlov bilan bartaraf etilmagan avtoreaktiv limfotsitlarni 
ingibirlay oladi. 
Shunday qilib, timus immunologik jarayonlarning normal kechishini 
taʼminlovchi va endokrin faoliyatga ega boʻlgan muhim aʼzodir.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling