Gumoral regulyatsiya
Download 51.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Gumoral regulyatsiya - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Last edited 7 years ago b y DastyorBot
Gumoral regulyatsiya Gumoral regulyatsiya (lot. Humor — suyuqlik, ingl. regulation — tartibga solish, boshqarish) — organizm hayot faoliyati (fiziologik va biokimyoviy) jarayonlarini muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmlardan biri. Bu mexanizm hujayra, toʻqima va aʼzolarning faoliyati jarayonida organizm suyuqliklari (qon, limfa, safro, toʻqima suyumigi va b.)ga ishlab chiqarilgan biologik faol moddalar yordamida amalga oshiriladi. Gormonlar, sitokin va metabolitlar G.r.ning asosiy omillari hisoblanadi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlarda G.r. nerv regulyatsiyasi bilan birga organizm sistemalarining har xil holat va oʻzgaruvchan sharoitlarda normal ishlashini taʼminlaydi, shuning uchun ikkalasi birgalikda yagona sistema — neyro-gumoral regulyatsiyani tashkil etadi. Nerv sistemasi boʻlmagan yoki sust rivojlangan hayvonlarda gumoral omillar ustunlik qiladi. Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan organizmlarda nerv va G.r.ning bir butunligi bu sistema omillarining bir-biriga bevosita taʼsir etishiga bogʻliq (mas, mediatorlar nerv impulslarini oʻtkazishda qatnashadi; qon tarkibida SO2 ning koʻpayib ketishi bosh miyaning nafas markazlari qoʻzgʻalishiga sabab boʻladi, natijada nafas harakatlari tezlashadi va ortiqcha SO2 organizmdan chiqib ketadi. Aksincha, nerv regulyatsiyasi taʼsirida organizmda gormonlar, mediatorlar, meʼda shirasi kabi omillar ishlab chiqariladi). OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyotlar
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Gumoral_regulyatsiya&oldid =1561694 " dan olindi Last edited 7 years ago by DastyorBot Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 51.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling