Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
- rasm. Timus poʻstloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
4- rasm. Timus poʻstloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari
(sxema). 1 – yadro; 2 – oʻsiqlar; 3 – sekretor pufakchalar; 4 – tonofibrillalar; 5 – limfoblast; 6 – prolimfotsit (pretimotsit); 7 – timotsitlar. Retikuloepitelial hujayralarning timotsitlar bilan zich aloqada boʻlishi ular ishlab chiqaradigan gormonlarning shakllanishiga T-limfotsitlarga bevosita taʼsir etishini taʼminlaydi. Shu tufayli poʻstloq zonaning retikuloepitelial hujayralariga differensiallanuvchi T-limfotsitlar yoki timotsitlar uchun maxsus “enaga hujayralar” deb qaraladi. Retikuloepitelial hujayralar poʻstloq zonada oʻziga xos tuzilishga ega. Ularning sitoplazmasida koʻp miqdorda har xil kattalikka ega 16 boʻlgan oqishroq sekretor pufakchalar joylashgan. Pufakchalar oʻzida timusning asosiy gormonlari boʻlgan timozin, timopoetin, timulinlarni saqlovchi sekretor tuzilmalardir. Bu gormonlar hujayradan tashqariga chiqib, timotsitlarning yetuk T-limfotsitlarga differensiallanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Retikuloepitelial hujayralarning sitoplazmasida yaxshi rivojlangan Goldji kompleksi, donador endoplazmatik toʻr va mitoxondriyalarning boʻlishi ularning aktiv sintez qilish qobiliyatiga egaligini koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning yetilishi poʻstloq va magʻiz zonalarda bir- biriga bogʻliq boʻlmagan holda alohida kechadi, degan fikr koʻproq tasdiqlanmoqda. Poʻstloq zonada shakllangan T-limfotsitlar magʻiz zonaga oʻtmasdan, chegara yoki kortiko-medullyar zonada postkapilyar venulalar orqali qonga tushadi. Qon orqali ular periferik immun-himoya organlariga kelib, maxsus timusga tobe T-zonalarda joylashadi. Bu zonalarda ularning yetilishi oxirigacha yetadi va natijada T-limfotsitlarning har xil turlari hosil boʻladi. Shuni aytish kerakki, poʻstloq zonadagi barcha timotsitlar ham yetuk T-limfotsitlargacha shakllana olmaydi. T-limfotsitlarning differensiyallanishi davomida ularning orasida organizmning xususiy hujayralari va toʻqimalariga qarshi retseptorlar tutuvchi T-limfotsitlar ham paydo boʻlishi mumkin. Bu xildagi timotsitlar poʻstloq zonaning oʻzidayoq nobud boʻladi va makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling