Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilmasining tavsifi.
- I-bob. Adabiyotlar sharhi 1.1.Biologik membranalarning tuzilishi va tarkibi
- Prokariot organizmlar
Tadqiqotda qoʼllanilgan metodikaning tavsifi. Tajribalarda zamonaviy va
klassik biofizikaviy usullardan foydalanildi. Hujayra hajmi suspenziyaning yorugʻlikni oʻtkazishi boʻyicha aniqlandi. Gemoliz miqdori gemoglobinning chiqishi boʻyicha aniqlandi. Olingan natijalar kompyuterda “Go link”, “Origin8.6” va “Excel” dasturlaridan foydalanib qayta ishlandi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Bugungi kunda immun tizimi bilan bogʼliq kasalliklarni davolash va ularning oldini olish eng muhim va ustuvor yoʼnalishlardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan bunday kasalliklarni oldini olish va davolashda, hujayrada sodir boʼladigan hajm boshqarilish jarayonlarini va ularning mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalar hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimizda hujayra hajm boshqarilish jarayonlarini modifikatsiya qiluvchi anor sharbati taʼsiri oʼrganildi. Olingan natijalar farmakologiya va tibbiyot uchun fundamental asos boʼlishi mumkin. Ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi 51 sahifadan tashkil topgan boʼlib, kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqot materiallari va uslubi, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati boʼlimlaridan tashkil topgan. Tadqiqot ishida 12 ta rasm, 2 ta jadval mavjud boʼlib barcha koʼrgazma materiallari bitiruv malakaviy ishiga taalluqlidir. 8 I-bob. Adabiyotlar sharhi 1.1.Biologik membranalarning tuzilishi va tarkibi BIOLOGIK MEMBRANALAR (lot. membrana — yupqa parda, teri, qoplam) hujayralar (yoki sitolemma yoki plazmolemma yoki plazma membranasi) va hujayra ichidagi organellalar tarkibini cheklovchi tuzilmalar. Hujayra membranasi har qanday hujayra tarkibini tashqi muhitdan ajratib, uning yaxlitligini taʼminlaydi; hujayra va atrof-muhit oʻrtasidagi almashinuvni tartibga solish, hujayra ichidagi membranalar hujayrani maxsus yopiq boʻlinmalarga yoki organellalarga ajratadi. Hujayra membranasida hujayra ichidagi muhitning maʼlum sharoitlari saqlanadi [17, 22, 23]. • Prokariot organizmlar — faqat hujayra membranasiga ega, aksariyat hollarda hujayra devori bilan oʻralgan. • Eukariot organizmlar – ularda nafaqat hujayra, balki yadro, shuningdek, mitoxondriyalar, lizosomalar, peroksisomalar, sekretor granulalar, endosomalar membrana bilan oʻralgan. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling