Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


-rasm. Biomembrana struktura tuzilishiga oid F. Danielli va G. Davson


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

2-rasm. Biomembrana struktura tuzilishiga oid F. Danielli va G. Davson 
tomonidan yaratilgan model. Biomemrananing oqsil qavati gidrofil, lipid 
molekulalarining qoʻsh qavati gidrofob xususiyatga ega. 
 
F.Danielli tomonidan olib borilgan ilmiy tekshirishlarda membranada ikki 
qavatli fosfolipid molekulalari radial holatda joylashgan. Bunda fosfolipid 
molekulasining qutbli atom guruhlari membrana suv fazasi tomonga va qutbsiz 
atom guruhlari esa oʻzaro taqalib turadi deb koʻrsatilgan. 
Lipid molekulalari qoʻshqavatining ikki tomonida joylashgan oqsil 
molekulalari globula koʻrinishida boʻlib, ularning qutbli atom guruhlari 
membrana suv fazasi tomonga va qutbsiz atom guruhlari lipid molekulalari 
fazasiga qarab joylashgan holatda boʻladi deb koʻrsatiladi. 


11 
1964-yilda yaratilgan J. Robertsonning biomembranalar strukturasiga oid 
modelida membrana uch qavatli ekanligi, yaʼni ikkita lipid molekulalari 
qoʻshqavatini ichki tomondan oqsil molekulalari va tashqi tomondan glikoproteid 
molekulalari oʻrab turishi qayd etiladi va bu tuzilish universal, yaʼni barcha 
biomembranalar bir xil tuzilishga ega ekanligi koʻrsatib beriladi. Shuningdek 
J.Robertsonning membrana modelida membrana tashqi tomonida joylashgan 
oqsil molekulalarining fibrilyar shaklda ekanligi taʼkidlanadi.
1966-yilda J.Lenard va S.Singer tomonidan biomembranalarning tuzilishini 
tushuntirishda membrananing suyuq-mozaika modeli yaratildi. Unga koʻra 
membrana suyuq fazadan tashkil topgan lipid molekulalari va unda botib turuvchi 
yoki suzib yuruvchi oqsil molekulalaridan iboratligi taʼkidlanadi. 
G.Nikolson 
tomonidan 
biomembranalarning 
suyuq-mozaika 
modeli 
toʻgʻrisidagi fikrlar rivojlantirilib, unga binoan fosfolipid molekulalari 
membranada ikki qatlam hosil qilib joylashgan va ular doimo har xil harakatda 
boʻladi .Baʼzan lipid molekulalari bir qatlamdan ikkinchisi flip-flop yoki 
argʻimchoq sakrash orqali oʻtishi kuzatiladi. Ikkita qatlamdagi lipid molekulalari 
tarkib jihatidan oʻzaro farqlanadi, yaʼni fosfolipidlar ikki qatlamda assimmetrik 
joylashgan. 
1970-yilda 
G. 
Vanderskiy 
va 
D.Gren 
tomonidan 
yaratilgan 
biomembranalarning oqsil-kristall tuzilish modeli esa membranada oqsil 
strukturalarining membrana faoliyatiga bogʻliq holatdagi konformatsiyalari 
oʻzgarishlarini toʻlaroq tushuntirib berishga harakat qiladi. 
Biomembranalarning tuzilishiga oid hozirgi zamon gipotezalarining asosini 
1966-yilda J. Lenard va S.Singer tomonidan biomembranalarning tuzilishini 
tushuntirishda yaratilgan suyuq-mozaika modeli qisman tashkil qiladi. Shu bilan 
birga zamonaviy biofizika fanida biomembranalarning struktura tuzilishida oqsil 
molekulalarining joylashish konformatsiyalari toʻliq tushuntirib beriladi. 
Biomembranada joylashgan oqsil molekulalarining ion kanallari hosil qilish 
mexanizmlari, retseptor oqsil molekulalari, lipid molekulalarining turlari va 
vazifasi kabi murakkab holatlar ilmiy jihatdan toʻliq asoslab berilgan. 


12 
Hujayra membranasining qalinligi J.Robertson tomonidan taxminan 75 A
o
ekanligi qayd etilgan va koʼpgina tajribalar asosida bu koʼrsatkichning oʼrtacha 
qiymati 100 A
o
deb baholangan. Hujayra membranasining kimyoviy tarkibi va 
tarkibiy qismlarining oʼzaro joylashish konformatsiyalari membrana faoliyati 
xususiyatlariga mos keladi [22]. Hujayra membranasining elastiklik, 
qisqaruvchanlik, mexanik xossalari unda joylashgan oqsil molekulalarining holati 
bilan tushuntiriladi. 
Biomembranalar tanlab oʼtkazuvchanlik, egiluvchanlik, qoʼzgʼaluvchanlik, 
fagotsitoz, 
energiya 
hosil 
qilish, 
retseptorlik 
kabi 
xossalarga 
ega. 
Biomembranalar faol tizim boʼlib, u hujayraning tashqi muhit bilan oʼzaro 
munosabatlarini, turli xil moddalarni, jumladan ionlarni tanlab tashqi muhitdan 
ichkariga kirishi va tashqariga chiqarilishini, gormonlar va boshqa boshqaruvchi 
molekulalarning bogʼlanishini, fermentlar katalizlaydigan turli reaksiyalarning 
kechishini, elektr impulslarning hosil boʼlishi va oʼtkazilishini taʼminlaydi. Har 
bir membrana oʼziga xos boʼlgan funksiyani bajaradi. Umuman membranalarning 
strukturasi maʼlum vazifani bajarish uchun moslashgan boʼladi. 
Membranada tizimlar ikkita asosiy faza holatida boʻlishi mumkin: 
1. Qattiq ikki qatlamli kristall holat yoki gel holatida; 
2. Suyuq kristall holatda boʼladi. 
Ikkala holatda ham lipid fazasining ikki qatlamli strukturasi saqlanib qoladi. 
Membrana harorati oshirilganda qattiq fazaning suyuq fazaga nisbati oʻzgaradi. 
Membranani tashkil qilgan fosfolipidlarning yarim miqdori qattiq va ikkinchi 
yarmi suyuq boʻlgan holatni belgilaydigan harorat fazali oʻtish harorati deyiladi. 
Bu harorat lipidlarning uglevodorod zanjiri uzunligi va uning toʻyinish darajasiga 
bogʻliq. Lipidlarning uglevodorod zanjirlarning uzunligi oshishi bilan fazali 
oʻtish harorati ham oshadi va toʻyinish darajasi kamayishi bilan bu harorat 
pasayadi. Fazali oʻtishda sodir boʻladigan oʻzgarishlar asosida lipidlarning 
uglevodorod zanjirlarining fazoviy oʻzgarishlari yotadi. Gel — suyuq kristall 
holatdagi fazalararo oʻtishda uglevodorod zanjirlari trans holatidan tartibsiz 
holatiga oʻtishi sodir boʻladi. Bunda bir lipid molekulasi egallaydigan yuzaning 


13 
qiymati oshadi va uglevodorod qatlamining qalinligi kamayadi. Bunda tashqi 
qavatlar oqsil molekulalaridan va oʻrtada joylashgan qavat ikki qator holatda 
joylashgan lipid molekulalaridan tashkil topganligi aniqlangan. Membrana tashqi 
tomonida joylashgan oqsil molekulalari yaxlit holatda emasligi sababli lipid 
molekulalari hujayra tashqarisida mavjud boʻlgan gidrofob xususiyatga ega 
moddalar bilan bevosita tasirlashadi. Buning natijasida esa suvda erimaydigan 
holatdagi moddalar membranadan bemalol lipid molekulalari qavatida erishi 
orqali oʻta oladi. 
Hujayra membranasi tashqi tomonida joylashgan oqsil molekulalarining 
maxsus konformatsiyasidan hosil boʻladigan ion kanallari orqali turli xil ionlar 
qatʼiy tartibda, maxsus tanlovchanlik xususiyati asosida hujayra ichki muhitiga 
oʻtkaziladi yoki tashqariga chiqarib yuborilishi amalga oshadi. Shu bilan birga 
membrana tashqi qismida joylashgan oqsil molekulalari membrananing ichki va 
tashqi qavatlarida joylashgan ferment tizimlari, ion kanallari, biologik faol 
moddalar bilan tanlovchanlik asosida tasirlashadigan retseptor deb ataluvchi 
maxsus molekula tuzilmalarini tashkil etadi. Bu tuzilmalar faoliyati asosida 
hujayra tashqi muhit taʼsirotlarini qabul qiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling