Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


 Kalamush timusidan timotsitlarni ajratish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

2.2. Kalamush timusidan timotsitlarni ajratish 
Eksperiment oldidan qon quyilishini oldini olish maqsadida geparin yuborish 
mumkin. Kalamushni uxlatish uchun, qopqoqli shisha idishga 1 ml galotan (2 – 
brom -2 –xlor – 1,1,1- triftoretan: Sigma kat NB 4388) yoki boshqa anestetik 
qoʻyib sichqonchani joylashtiramiz, sichqoncha qisqa vaqt ichida uxlab qoladi (10 
– 20 s). Sichqonni servikal dislokatsiya usuli bilan jonsizlantiriladi (boʻyin 
umurtqalarini surish): qafas qopqogʻiga bosgan holda (boshini qalam bilan ham 
ushlab turish mumkin) dumining asosidan ushlagan holda keskin harakat bilan 
tortiladi. Jonivor darhol jonsizlanadi.
1. Preparat tayyorlovchi stolga qotirib, timusni ajratib olamiz, uni obdon qon 
tomirlardan tozalab, 10 sm li Petri likopchalaridagi sovigan Ringer eritmasiga 
joylashtiramiz.
2. Oldindan plastikli bir marotaba ishlatiladigan 1 ml shpris tayyorlab 
qoʻyamiz, oʻtkir ustara bilan uchki qismini qirqib tashlaymiz (0.1 ml 
koʻrsatkichga qadar). 100 mkm yoriqlarga ega boʻlgan neylon xaltaga va 1 ta 1.5 
ml Eppendorf probirkasi tayyorlab qoʻyiladi.


38 
3. Soatsimon pinsetlar yordamida, timusni qon tomirlardan yaxshilab tozalab 
Ringer eritmasida chayib olinadi.
4. Avvaldan 0.5 ml Ringer eritmasi quyilgan 35 mm li Petri likopchasiga 
timusni joylashtirib pinset yordamida bir xil massaga aylanguncha titib chiqamiz. 
Eritma xiralashadi – bu timus toʼqima stromasidan timotsitlar chiqayotganidan 
dalolat beradi.
5. Shpris uchiga neylon xaltani oʻrnatib egiluvchan naychaning bir boʻlagi 
bilan qotirib qoʻyamiz.
6. Maydalangan timus ustiga taxminan 0.5 ml Ringer eritmasi quyiladi, hosil 
boʻlgan barcha mahsulotni shprisga oʻtkazib, shprits dastasi yordamida uning 
ichidagi suspenziyani xalta orqali filtrlab olamiz.
7. Suspenziyani 1000 ob/min 5 daqiqa davomida sentrifugalash orqali 
choʻktirib olamiz. Supernatant toʻkib tashlab, bir marotaba Ringer eritmasi bilan 
yuviladi va 0.5 ml Ringer eritmasi bilan hujayralar suyultiriladi.
8. Goryayev kamerasida hujayralar konsentratsiyasi sanaladi va 100 mln kl/ml 
oshirish konsentratsiyaga suspenziya suyultiriladi.
Eslatma : Neylon xaltaga (toʻrtburchak shaklda 3 ga 3 sm qilib qirqilgan) 
avvaldan suvda yuviladi, soʻng spirtda va spirt qurishi uchun ochiq havoda bir 
necha soatga qoldiriladi.(yoki tun boʻyi). Tayyor boʻlgan suspenziyani mikroskop 
ostida quyqalarni borligini tekshirib olamiz (oʻlgan hujayralar). Agarda quyqalar 
boʻlsa, suyultirilgandan soʻng suspeniziyani 15-20 daqiqaga qoʻyamiz (quyqalar 
choʻkishi uchun) va ustki qismni ajratib olamiz. Ehtiyotkorlik bilan olib borilgan 
ajratishda quyqalar deyarli boʻlmaydi [24]. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling