Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gemoliz miqdorini aniqlash
h
) bilan umumiy hajm (V umum ) ning foizlarda ifodalangani bilan ifodalanadi. G = V h /V umum 100% Ushbu qondan 8 % li eritrotsit suspenziyasini tayyorlandi. Suspenziyadagi eritrotsitlarning oxirgi konsentratsiyasi 2-4 % ga kelib qoladi.Tajriba maqsadiga qarab,2-4 % hujayra suspenziyasini olish uchun shunday konsentratsiyali suspenziya tayyorlanadi. Masalan agar tajriba davomida suspenziya ikki marotaba suyultirilsa, ichki gematokrit 4-8 % ni tashkil etadi. Lekin agar u 10- marta suyultirilsa ichki gematokrit 40-80 % ni tashkil etadi. Hujayra 41 suspenziyasining oxirgi konsentratsiyasiga olib kelish uchun (4-40 %) Ringer eritmasi kerak boʼladi [24]. Gemoliz miqdorini aniqlash Tajribalarimizda izotonik sharoitda odam eritrotsitlaridan gemoglobin chiqishiga anor doni sharbatini taʼsirini aniqlash uchun mikrotitrator platasining 11 ta oʼyiqlariga 200 mkl Ringer eritmasi solindi. Birinchi oʼyiq nazorat uchun qoldirildi, ikkinchi oʼyiqqa anor sharbatining maksimal konsentratsiyada solindi va yaxshilab pipetka yordamida aralashtirildi (10-martadan kam boʼlmagan holatda). Keyin ikkinchi oʼyiqdan 200 mkl eritmadan olib, uchinchi oʼyiqqa solindi, aralashtirildi va shu tarzda qolgan oʼyiqlarga titrlandi. Buning natijasi oʼlaroq, hamma oʼyiqlardagi aniqlanayotgan modda konsentratsiyasi qoʼshni eritma konsentratsiyasidan 2-martaga farq qildi. Yana bir oʼyiqqa 1% li Triton X-100 erimasidan hujayrani toʼliq gemolizlash uchun solindi. Tajriba uch marta oʼtkazildi. Hamma oʼyiqlarga 200 mkl 8% li eritrotsitlar suspenziyasi solindi va stolning ustki yuzasida aylantirib aralashtirildi. Plata oyna bilan yopilib termostatda 37 0 C da 60 minut davomida inkubatsiya qilindi va har 10 minutda aralashtirilib turildi. Tajribalar soʼngida oʼyiqlardagi suyuqliklarni toza 10 ml li probirkalarga olindi va har biriga 1 ml dan Ringer solinib, 3000 aylanish/min tezligida 10 minut davomida sentrifuga qilindi. Choʼkma usti suyuqligining optik zichligini 540 nm da oʼlchandi. Gemoliz foizi quyidagi formuladan keltirib chiqarildi: Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling