Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


-rasm Gipoosmotik stress sharoitda hujayra hajm boshqarilishiga anor


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
bmi tayyor

9-rasm Gipoosmotik stress sharoitda hujayra hajm boshqarilishiga anor 
sharbatining 1mkl/ml dan 100 mkl/ml gacha konsentratsiyada taʼsiri. 
Yulduzchalar (*) vositasida nazoratdan statistik qiymatlari boʻyicha farqlanuvchi 
(test oʻtkazish kunida har bir modda uchun alohida oʻlchangan) qiymatlar R<0.05 
da belgilangan.
 
Tadqiqotlarimiz 
gipoosmotik 
stress 
sharoitida 
timotsitlar 
hajm 
boshqarilishiga anor meva sharbati preparatning taʼsirini 1 mkl/ml 
konsentratsiyadan boshlab tekshirdik. Anor sharbati gipoosmotik stressda 
timotsitlarning oʻz hajmini tiklash xususiyatiga sezilarli taʼsir koʼrsatmaydi.
Olingan natijalardan koʻrinib turibdiki
hujayra hajm tiklanishi nazoratga
(qora 
ustun) nisbatan farq qildi. 


44 
10-rasm. Hujayra yorugʻlik oʻtkazuvchanlik metodida anor sharbatining
konsentratsiyasiga bogʻliq taʼsiri. 
Gipoosmotik stress sharoitida hujayra hajm boshqarilishi tizimiga anor meva 
sharbatining konsentratsiyasiga bogʻliq taʼsiri RVD parametri konsentratsiyasi 
ortishi bilan monotonik tarzda kamayib bordi. Bunda yarim maksimal 
koeffitsiyent 7,45±1,62 mkl/ml ga Xill koeffitsiyenti esa 0,96±0,33 ga teng 
ekanligi aniqlandi. Demak, anor meva sharbati timotsit hujayralari hajm 
boshqarilish sistemalarini ingibirlaydi va 50 mkl/ml konsentratsiyada toʻliq 
bloklaydi. Olingan natijalarni ushbu anor meva sharbati tarkibidagi moddalarning 
RVD jarayoniga kiruvchi kalsiy, kaliy, xlor kanallariga yoki hujayra ichki 
osmolitlariga taʼsiri bilan tushuntirish mumkin. 
Biz dozaga bogʻliqlikni aniqladik va yarim maksimal konsentratsiyani 
aniqlash va Xill kooperativlik koeffitsiyenti doirasidagi “doza-javob” 
natijalarining matematik tahlilini amalga oshirdik. Aytib oʻtish kerakki, nisbatan 
faolroq preparatlar anor sharbati bir necha mkl/ml da namoyon boʻla boshlaydi. 
Bu yetarli darajadagi yuqori faollik darajasidir. Bunda Xill koeffitsiyenti 0.96 
qiymatni namoyon etdi. Bu esa ingibirlash jarayonining ijobiy kooperativligini 
koʻrsatadi va timotsitlar hujayra hajmining boshqarilishida ingibirlash uchun bir 


45 
yoki bir necha molekulaning asosiy zveno bilan bogʻlanishi zarur. 1-jadvalda 
timositlar hajm boshqarilishiga yarim maksimal taʼsir koʻrsatuvchi anor sharbati 
preparatining mos konsentratsiyalarga bogʻliqligi boʻyicha aniqlanuvchi 
konsentratsiyalar kattaliklari, shuningdek, Xill koeffitsiyentlari keltirilgan. 
Gipoosmotik stress sharoitida kalamush timotsitlari hajm boshqarilish 
sistemasiga anor meva sharbatining 1, 10, 25, 50, 100 mkl/ml konsentratsiyada 
taʼsiri oʻrganildi. Bunda hujayra hajm boshqarilish sistemasiga sezilarli 
ingibirlovchi taʼsir koʻrsatdi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling