Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Marketingni asosiy tamoyillarini qisqacha tushuntirib bering? 2. Marketingni asosiy vazifalari nimlardan iborat? 3. Marketingni asosiy funksiyalarini tushuntirib bering? 4. Talabning holatiga ko‘ra va bozorni rivojlanishiga ko‘ra marketingni qanday turlarini bilasiz? 5. Sinxromarketing mazmunini tushuntirib bering? 6. Rag‘batlantiruvchi va rivojlanuvchi marketingni farqini tushuntirib bering? 7. Bozorni o‘rganish va bozorga ta’sir etish deganda nimani tushunasiz? 8. Konversion marketing va demarketing o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib bering? 9. Korxonaning (firma) asosiy maqsadi nimadan iborat? 10. Bozorni bilish deganda nimani tushunasiz? 62 4-BOB. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT TA’MINOTI 4.1. Marketingda axborotni o‘rni. Axborot tizimi Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmoqda. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. Quyidagi 4.1-rasmda marketingda axborotni roli berilgan. Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling