Adabiy ta’limda ta’lim turlari o‘rtasida integratsiya botirova Shaxlo Isamiddinovna Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori


Download 125 Kb.
bet1/3
Sana03.08.2023
Hajmi125 Kb.
#1664796
  1   2   3
Bog'liq
Ш. И.Ботирова -Нукус-кон-я-2022


ADABIY TA’LIMDA TA’LIM TURLARI O‘RTASIDA INTEGRATSIYA
Botirova Shaxlo Isamiddinovna
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika
instituti professori, pedagogika fanlari doktori

Har qanday sohada samaradorlikka erishishning sharti tobora kadrlar salohiyatiga bog‘liq bo‘lib, bu ta’lim va ishlab chiqarish orasidagi masofani tobora qisqarishiga hamda ta’limni iqtisodiy faoliyatning zaruriy tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lishiga olib keldi.
Ta’lim muassasalari har doim innovatsiya va ilmiy yondashuvga ehtiyoj sezadi. Bu ta’lim shakllarining turli darajalariga ham taalluqlidir. Chunki ta’lim endilikda o‘zining tor sohasidagina rivojlana olmaydi. Ilmiy metodlar va yuqori malakali kadrlar ta’limning imkoniyatlarini, shubhasiz, kengaytiradi. Hozirgi kunda ilm-fan ta’lim va ishlab chiqarishdan ajralgan holda mavjud bo‘lishi mumkin emas. “Nazariya nazariya uchun” xizmat qiladigan ilmiy tadqiqot va tajribalar eskirdi, endilikda ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashgan holatda parallel ravishda olib borayotganlargina ijobiy natijalarga erishadi.
Adabiy ta’limda ta’lim turlari o‘rtasida integratsiya jarayonlarini kuchaytirmasdan, uning mukammal echimlari borasida aniq xulosalarga kelmasdan turib kutilgan samaraga erishib bo‘lmaydi. Ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari esa mamlakat ta’lim strukturasidan tortib, boshqaruv mexanizmlari-yu, fan dasturlarigacha bo‘lgan juda katta tizimda o‘zaro aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining ta’minlanishi bilan sodir bo‘ladi. Bu esa anchayin murakkab va tizimli faoliyatni talab qiladigan jarayondir. Bu jarayon haqida ta’limga doir manbalarda ko‘p gapirilgan bo‘lsa-da, ammo ijroga kelganda tizimlilikning yo‘qligi va nazariya hamda amaliyot o‘rtasidagi nomuvofiqlik ko‘zga tashlanadi. Bizningcha, bu borada tizimlilikni, ta’lim shakllari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash mexanizmlaridan biri adabiy ta’limga nisbatan (umuman, barcha ta’lim turlariga) klaster yondashuvini tatbiq qilishdir. Adabiy ta’limni klasterlashtirishda oliy ta’lim muassasasi dominant bo‘g‘in sifatida katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi lozim.
Adabiy ta’lim klasteri adabiy ta’lim bilan aloqador barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarni bartaraf qilish, ta’limni takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlar va muayyan faoliyat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ta’lim turlarining o‘zaro hamkorligida ishlab chiqilgan loyihalarni maktab-laboratoriya (modulli maktabgacha ta’lim laboratoriya) larida tajriba-sinovdan o‘tkazish va muvaffaqiyatli loyihalarni viloyat miqyosida ommalashtirishni nazarda tutadi (1-rasm).
Adabiy ta’lim klasterida pedagogik oliy ta’lim muassasasi markaziy o‘rinni egallaydi. Bu jarayonda pedagogik oliy ta’lim muassasasi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ilmiy, metodik, didaktik va adabiy ta’limni tashkil qilish masalalarida, shuningdek, adabiy ta’limning o‘zaro integratsiyaga asoslangan yangi avlod vositalarini yaratish borasida etakchi sub’ekt sifatida ishtirok etadi.
Biz taklif qilayotgan adabiy ta’lim klaster modelida pedagogik oliy ta’lim muassasasi tashabbuskor maqomida bo‘lib, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adabiy ta’lim bilan bog‘liq muammolarning echimiga ilmiy yondashuvni qaror toptiradi. Muammolar ham adabiy ta’lim klasterlari kabi ta’lim bilan bog‘liq turli yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Biz tadqiqotimizga zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida adabiy ta’limni tashkil qilish muammosini pedagogik tajriba-sinovdan o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Bunda umumta’lim maktablarining adabiyot fani o‘qituvchilariga shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, akmeologik yondashuvlar asosida ijodiy o‘qitish, reproduktiv, evristik, tadqiqot va ko‘rgazmali metodlardan foydalanib dars mashg‘ulotining samaradorligini oshirishda oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatidan foydalanish nazarda tutiladi.



Adabiy ta’lim




Adabiy ta’lim va fan




Ma’naviyat va tarbiya




Adabiy ta’lim vositalari




Adabiy ta’limni tashkil qilish



Metodika




Ilmiy tadqiqot




Didaktika




Darslik va qo‘llanmalar



Menejment







Muammolar

Faoliyat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish

Takliflar









M aktabgacha ta’lim muassasasi




Pedagogik oliy ta’lim muassasasi




Umumta’lim maktabi












Loyihalar

Ilmiy tadqiqotlar

Loyihalar












M odulli maktabgacha ta’lim laboratoriyasi (Bog‘cha-laboratoriya)



M aktab-laboratoriya









Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling