Buxgalteriya hisobi va audit


Download 257.5 Kb.
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi257.5 Kb.
#193356
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
PUL VA BANKLAR ” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI



Bajardi: Shakarov G’

HBA-60-2 guruh 3-kurs



Ilmiy rahbar: k.o’q Boltayev T.

TOSHKENT-2020

REJA:

Kirish

1. Kredit tizimining tarkibiy tuzilishi

2. Oʼzbekiston Respublikasi kredit tizimini rivojlantirish istiqbollari.

3. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

KIRISH

O‟zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so‟ng, o‟tgan qisqa vaqt mobaynida bank sohasi rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi, tijorat banklarining faoliyati ushbu qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda takomillashdi. Shu o‟tgan davr mamlakatimiz moliya-kredit tizimida nobank kredit muassasalari jumladan, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va boshqa muasasalar muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib keldilar. Nobank kredit muassasalarining rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri, O‟zbekiston Respublikasining jahon xo‟jaligidagi ishtiroki salmog‟i oshib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko‟lami kengayib borayotganidadir. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga keng miqyosda kirib borayotgan hozirgi sharoitda nobank kredit muassasalari xizmatlariga va tizimda boshqaruv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga bo‟lgan talab yanada kuchaymoqda. Zero, O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‟zbekiston Respublikasi Oliy majlisga murojaatnomasida ham mamlakatimiz rahbari moliya-bank tizimidagi islohotlarga alohida to‟xtalib, ushbu sohada ko‟plab nizom va me‟yoriy hujjatlarni qayta ko‟rib chiqish lozimligini aytib o‟tgan edilar:“Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub‟ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to‟liq xalos bo‟la olmaymiz.

2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo‟yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub‟ektlari o‟rtasida samarali va o‟zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta‟minlash masalalariga asosiy e‟tiborni qaratish zarur. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo‟lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va “maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos.

Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to‟liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim 1 . Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy pirovard maqsadi mamlakat iqtisodiyotida bozor munosabatlari tamoyillarini to‟liq qaror topishidan iboratdir. Ushbu jarayonda iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida kredit munosabatlarini tartibga solishning samarali tizimini vujudga keltirish, kredit bozorida samarali raqobat muhitini yaratish va pul taqchilligining iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy taьsirini oldini olish tadbirlarinn ishlab chiqarish katta ahamiyatga egadir. SHu bilan birga jahonda ro‟y berayotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz va iqtisodiyotni moderniatsiyalash sharoitida pul-kredit va valyuta munosabatlarini tartibga solish, nobank kredit muasasalalari jumladan kredit uyushmalari faoliyatini takomillashtirish masalalarini chuqur tahlil kilish zarurdir.




Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling