Adabiy ta’limda ta’lim turlari o‘rtasida integratsiya botirova Shaxlo Isamiddinovna Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori
-rasm. Adabiy ta’lim klasterining ishlash mexanizmi
Download 125 Kb.
|
Ш. И.Ботирова -Нукус-кон-я-2022
1-rasm. Adabiy ta’lim klasterining ishlash mexanizmi
Adabiy ta’limni klaster modeli asosida rivojlantirishda pedagogik oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi fan dasturlari o‘zaro integratsiya va olingan bilimlarning hayotiyligini oshirish nutai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fan dasturlarini optimallashtirish doirasida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining fan dasturlari ham pedagogik oliy ta’lim muassasalarining fan dasturlari bilan birgalikda yagona tizim va yaxlit fan nuqtai nazaridan qayta ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Qaysidir ta’lim turining o‘quv rejasidan kelib chiqib ikkinchi ta’lim turida o‘quv rejalarning shakllantirilishi o‘zini oqlamaydi. Adabiy ta’lim fan dasturlarini optimallashtirishda fanni yaxlit ravishda olib, uzviylik, uzluksizlik va intagratsiyani ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. “Yuqoridan pastga” sxemasi bilan amaliyotga joriy etilgan fan dasturlarida ushbu holatlar etarli darajada inobatga olinmagan. Adabiy ta’lim fan dasturlarini isloh qilishda tabaqalashtirilgan yondashuv zarur. Bu o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab yondashuvni ta’minlaydi. Adabiy ta’limda yagona fan dasturining qo‘llanilishi o‘qituvchining dars mashg‘ulotini fanni o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchi atrofida qurishga sabab bo‘ladi. Umuman, bugungi kunda interfaol metodlar vositasida (o‘yin metodlariga asosan) dars mashg‘ulotining jo‘nlashtirilishi guruhdagi qobiliyati past o‘quvchilarga bilim berish, dars mashg‘uloti paytida ularning diqqat-e’tiborini tortishga qaratilmoqda. Natijada, ta’limdan ko‘zlangan maqsadlardan biri – qobiliyatli o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan yuqori darajadagi ehtiyojlarini qondirish darajasiga ko‘tarila olmayapti. SHu tariqa bitta guruhda ikki-uch xil toifadagi o‘quvchilarning birga bo‘lishi natijasida o‘qituvchiga ham murakkablik paydo bo‘lmoqda, o‘quvchilar ham bundan faqat zarar ko‘rmqda. Biz bu bilan adabiy ta’limni teskari prinsip asosida tashkil qilmoqdamiz. Buning natijasida bizning ta’lim tizimimiz davlat ta’lim standartlarining (DTS) minimum talablar, hatto undan ham past darajadagi ta’limni tashkil qilish bilan band bo‘lib qolmoqda. Bizningcha, ta’lim jarayonlarini tabaqalashtirilgan fan dasturlariga o‘tkazish, unda dars mashg‘ulotlarini ko‘tarish prinsipi asosida tashkil qilish adabiy ta’limni tashkil qilish bilan bog‘liq eng dolzarb masala hisoblanadi. Adabiy ta’lim klasterining joriy etilishi umumta’lim maktablarida adabiyot dars mashg‘ulotlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Adabiy ta’lim klasteri platformasi orqali oliy ta’limning umumta’lim maktabi bilan klaster hamkorlik munosabatining yo‘lga qo‘yilishi, pedagogik oliy ta’lim muassasasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari hamda umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha tashkil qilingan metodik birlashmalar o‘rtasida tezkor qayta aloqaning ta’minlanishi fanni o‘qitish bilan o‘quv, uslubiy, tashkiliy va ta’lim vositalari bilan bog‘liq muammolarni hamkor sub’ektlarning salohiyatlarini jamlash vositasida zudlik bilan bartaraf qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Klaster doirasida turli ta’lim shakllariga mansub ta’lim sub’ektlari umumiy maqsad atrofida birlashadilar, o‘zaro nazorat tamoyiliga asosan faoliyatlarini muntazam tanqidiy kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Pedagogik oliy ta’lim muassasasi negizida tashkil qilingan adabiy ta’lim klasteri platformasi klaster doirasida hamkorlik munosabatlarini tashkil qilishda elektron onlayn maydon vazifasini o‘taydi. Adabiy ta’lim klasteri platformasi “adabiy ta’lim klasterning vazifalari”, “adabiy ta’lim klasterning tamoyillari”, “adabiy ta’lim klasterning yo‘nalishlari”, “adabiy ta’lim klasterning strategiyalari”, “adabiy ta’lim klasterning sub’ektlari”, “foydali manbalar”, “o‘qituvchilar uchun ko‘rsatma va tavsiyalar”, “maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalari”, “maktab-laboratoriya” yo‘nalishlari”, “maktab-laboratoriya” loyihalari” kabi bo‘limlar (sahifalar) dan iborat. Savol-javoblar oynasi oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining tezkor qayta aloqa bog‘lashining imkonini beradi. “Maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalarida tajriba-sinovdan o‘tkazilayotgan loyihalarning tajriba-sinov jarayonini kuzatish, munosabatlarini bildirish imkoniyati yaratiladi. Adabiy ta’lim samaradorligini oshirishga nisbatan innovatsion yondashuvlardan biri klaster modeli ekan, unda adabiyot fan o‘qituvchilarining xayrihohligi va salohiyatidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Adabiy ta’lim klasteri doirasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish (ta’lim muassasasi) integratsiyasini ta’minlangan sharoitda ushbu yondashuv rivojlanishning davomiyligini ta’minlaydi. Klasterning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ta’lim muassasalari va boshqa sub’ektlarining adabiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy taraqqiyot strategiyasi, sub’ektlar manfaatlarini mustahkamlash imkonini beradigan hamkorlik dasturlari bo‘lishi lozim. Toshkent viloyati adabiy ta’lim klasterining strategiyasi va dasturi mazkur klaster munosabatlarida markaziy bo‘g‘inni tashkil qiluvchi CHirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan ishlab chiqilishi va tegishli muassasalarning taklif va mulohazalari bilan to‘ldirilgan holda tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling