Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
Bog'liq
Marketing

9.3-rasm. Savdo markalariga bog‘liq bo‘lgan asosiy qarorlar 
Brendning rasmiy ta’rifi yo‘q, lekin bu mohiyatan ommalashtirilgan, jamiyatda 
qabul qilingan marka obrazi yoki qandaydir his qilinmaydigan qiymatdir. 
Brending bu: 
➢ markani ommalashtirish jarayoni bo‘lib, uning davomida firma belgisi 
iste’molchi tomonidan eslab qolinadi; 
➢ xaridor ongida raqobatchilarning tovar va xizmatlaridan ajratib turadigan 
farqlarni belgilash uchun tovarlar va xizmatlarning barqaror jalb etuvchan markalari 
yaratish; 
➢ iste’molchi bilan uzoq muddatli ijobiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatish 
maqsadida savdo markasi, tova va firmani kompleksli boshqarish jarayoni; 
➢ alohida tovar markalarini mustaqil marketing ob’ektlari sifatida ajratish va 
bu ob’ektlar bilan bog‘liq esda qoladigan obrazlar yordamida ularni maqsadli 
bozorlar tomon ilgari surish. 
Brend - iqtisodiy ma’noda tovar belgisidan ko‘ra kengroq tushunchadir. Brend 
ham moddiy, ham nomoddiy toifalar yig‘indisini aks ettiradi. Bu toifalar yig‘indisi 
iste’molchida tovar, xizmat, firma haqida ijobiy taassurot shakllantiradi va tovarni 
Savdo markasini pozisiyalash. 
Xususiyati. Afzalliklari
(ustunliklari). Qimmati va
ishontirishi
Savdo markasini nomini 
tanlash. Tanlov. Himoya.
Savdo markasi egasi. Ishlab 
chiqaruvchini savdo markasi. 
Xususiy savdo markasi. Lisenziyali 
savdo markasi. Savdo markasini 
birgalikda ishlatish.
Savdo markasini rivojlantirish. 
Assortimentni kengaytirish. Savdo 
markasini kengaytirish. 
Multimarkali strategiya. Yangi 
markalarni yaratish strategiyasi.


168 
boshqa tovarlar qatorida ajratgan holda uni xarid qilish istagini yuzaga keltiradi. 
Shunday qilib, brend bu: 
➢ ma’lum bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lgan belgi, markadan vaqt bo‘yicha 
xaridorlar aniq idrok qiladigan, tovarning o‘zi bilan umumiy bo‘lgan emotsional va 
funksional elementlargacha rivojlanadigan mohiyat; 
➢ tovar, xizmat va ularning tavsifnomalarini, savdo markasi va uning 
iste’molchilar ongidagi obrazini, shuningdek, o‘z tovari, xizmati, savdo markasi
iste’molchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) konsepsiyasini bir qilib 
bog‘laydigan tizim. 
Savdo markasini brendga aylantirish jarayoni eng umumiy ko‘rinishda 9.4-
rasmda aks ettirilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling