Biogaz ishlab chiqarish qurilmasining sxemasi - Qishloq xo‘jalik xom ashyo mahsulotlaridan: shakarqamish, qand lavlagi, kabilar ham alternativ energiya manbalaridan hisoblanadi.
- Shakarqamish fotosintez jarayonida faol ishtirok etadi va ishlov beriladigan har bir gektar yer maydoni hisobiga boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘proq energiya ishlab chiqaradi. Ayni paytda uni ishlab chiqarish Braziliyada 8,4 mln tonnani tashkil etadi va u 5,6 mln. tonna yuqori sifatli benzinga to‘g‘ri keladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlash uchun makkajo‘xori(kukuruza)dan 10%gacha etanoli bo‘lgan bioxol ishlab chiqariladi
- Biomassa etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekin maydonlari.
- Yerning geotermal energiyasi vositasida ishlovchi elektr stansiyalar.
- Issiqlik yoki elektr energiyasini yer qa’ridan chiqadigan issiqlikdan olish mumkin. Yer qaridan chiqadigan issiqlik yer qatlamiga yaqin bo‘lsa, geotermal energetika iqtisodiy samarador bo‘ladi. Vulqon harakati faol va ko‘p sonli issiq suv manbalari (geyzerlar)ga ega bo‘lgan Yapon arxipelagidagi Kamchatka yarim oroli, Kuril orollarida geotermal energetika iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi.
- Issiqlik energiyasining yerqaridan otilib chiqishi
- Boshqa birlamchi manbalardan farqli o‘laroq geotermal energiya manbaini bir necha ming kilometr uzoq masofaga uzatish iqtisodiy va texnik tomondan samarador emas.
- Shu sababli yer ostidan chiqadigan issiqlik energiyasi – mahalliy energiya manbai hisoblanib, bir muncha kichikroq hududda (geologiya-razvedka, burg‘ilash uchastkasini tayyorlash, burg‘ulash, quduqlarni sinovdan o‘tkazish, suyuqlikni olish, energiya ishlab chiqarish va uzatish, to‘ldirish, infratuzilmani yaratish va boshqalar) o‘zlashtiriladi va ishlatiladi.
- Geotermal energiyadan AQSH, Meksika va Filippinda katta miqyosda foydalaniladi. Filippinda geotermal energiya ulushi 19%, Meksika - 4%, AQSH (bevosita isitish, shu jumladan elektr energiyasini qayta ishlashsiz) - 1% ga teng. AQSH ning barcha geotermal elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 million kVt dan ortiq. Geotermal energiya Islandiya poytaxti Reykyavikni issiqlik energiyasi bilan to‘liq ta’minlaydi. 1943-yilda u erda 440 dan 2400 metrgacha chuqurlikka ega bo‘lgan 3240 quduq burg‘ulangan bo‘lib, ular yordamida 60 dan 130 ° C gacha haroratga ega bo‘lgan issiq suv yer sathiga ko‘tariladi. Ushbu quduqlardan to‘qqiztasi hali ham faol ishlamoqda. Rossiya Federatsiyasining Kamchatka yarim orolida quvvati 200 MVt li geotermal IES (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |