Birinchi tur - suv oqimi bosimi ostida ishlovchi elektrostansiyalar quyidagicha tuzilgan. Dengiz yoki daryoning qirg‘og‘ida oddiy port - to‘lqin sindirgichida suv erkin kira oladigan oddiy teshiklar hosil qilinadi. Dengizdagi to‘lqin suvi sathining ko‘tarilishida teshiklar suvga to‘ladi va teshiklar ichida qamalib qolgan havo siqilib uning bosimi ham ortadi. Teshiklar tepadan pastga tomon vertikal bo‘lganligi sababli, suv yordamida qisilgan havo teshikning yuqorisiga qarab harakatlanadi va uning uzviy davomi bo‘lgan trubina parragini harakatga keltiradi. To‘lqin ketishi (qaytishi) bilan havoning teskari harakati boshlanadi va yana jadallik bilan teshikdagi vacuum havoga to‘ladi. Jarayoning bir necha bor takrorlanishi oqibatida har gal trubina boshqatdan yangi aylanish impulsini oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra bunday elektrostansiyalardan oqim energiyasining 45 foizigacha miqdorda foydalanish mumkin. Ikkinchi tur - oqim elektrostansiyalarining tuzilishi va ishlash prinsipi quyidagi rasmda keltirilgan. Bunday elektrostansiyalar to‘lqinning zarb kuchi ostida vintning aylanishiga asoslangan. Har galgi suv to‘lqini vintlarni aylantirib vintga uzatish mexanizmi orqali biriktirilgan generator elektr energiyasini ishlab chiqaradi. - To‘lqinlar energiyasi yangi energiya manbalarining istiqbolli shaklidir. Ushbu energiyani qayta ishlash va uzatish jarayonida sezilarli yo‘qotishlar muqarrardir va ehtimol uning uchdan bir qismi tarmoqqa kirishi mumkin. Shunga qaramasdan, qolgan miqdordagi mavjud iste’mol miqdori darajasida butun Britaniyani elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
- Biomassani yoqishga asoslangan elektrostansiyalar.
- Oxirgi paytda olimlar e’tiborini ko‘proq biogazdan foydalanish muammolarni band etmoqda. Yonuvchi metan gazi (60-70%) va yonmaydigan karbonat angidridi aralashmasidan tashkil topgan yonilg‘i - biogaz yonilg‘isi hisoblanadi. Uning tarkibi, odatda – oltingugurt sulfidi, vodorod, kislorod va azot aralashmalaridan tashkil topgan.
- Biogaz anaerobik (kislorodsiz parchalanish – anoxik) parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonning hosil bo‘lishini botqoqlik joylarida kuzatish mumkin. Botqoqlikka aylangan xuddulardagi erning tubidan ko‘tarilgan havo pufakchalari metan gazi va undan hosil bo‘lgan tashkil etuvchilar hisoblanadi.
- Biogaz olish jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi. Dastlab uglevodlardan, birinchi bosqichda uglerod, oqsillar va yog‘lar tarkibidan anaerob bakteriyalar yordamida organik va noorganik moddalar to‘plami: kislotalar (yog‘, propionik moddalar, sirka), vodorod, karbonat kislotasi hosil qilinadi.
- Ikkinchi bosqichda (ishqorli yoki metanli) organik kislotalarni metanbakteriyalari yordamida parchalab metan, uglikislota (karbonat kislotasi) gazi va oz miqdordagi vodorod ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |