Ёритгичлар ва ёруғлик манбалари


O‘zbekiston hududidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining potensial energiya zaxiralari, (mln. kVt soat/yil)


Download 7.37 Mb.
bet9/10
Sana16.10.2023
Hajmi7.37 Mb.
#1705152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-ma\'ruza QTEM va ulardan foydalanish asoslari (3)

O‘zbekiston hududidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining potensial energiya zaxiralari, (mln. kVt soat/yil).
  • Respublika hududiga quyosh nurining, kichik daryolar, shamol oqimlari energiyasi va boshqa manbalarning yillik kelib tushadigan valli potensiali, O‘zbekistonning 55-60 mln. tonna shartli yoqilg‘iga baholanadigan yoqilg‘i- energetik resurslarga bo‘lgan yillik ehtiyojidan bir necha barobar va uglevodorod xom-ashyosining topilgan zaxiralaridan ko‘p bora ortiq hisoblanadi.
  • Nazariy zaxiralar bo‘yicha tiklanuvchi energiya manbalarining ko‘rsatkichlari.
  • Valli resurs yoki boshqacha aytganda, nazariy zaxiralar bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari orasida, geotermal energiya etakchi hisoblanadi.
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari kelajagi
  • Energetika vazirligining 2019—2022-yillarda respublikada issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan jami 6 milliard 919 million dollarga teng 19 ta bitim imzolangan. Natijada mamlakatda bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi va ular bugun o‘z samarasini bera boshlagan. Misol uchun, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qurilgan ikkita yirik quyosh stansiyalari respublikada yashil energiya davrini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
  • 2021-yil avgustda Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 megavatt quvvatli O‘zbekistonda birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Ushbu stansiyada 2021-yilda (4 oyda) 49,5 million kVt/soat, 2022-yilda 263,3 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishildi.
  • 2022-yil may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 megavattga teng bo‘lgan yana bir yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Stansiya yiliga 260 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash quvvatiga ega. Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va buncha hajm bilan respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini o‘n kun davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin. Qolaversa, atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilar chiqishining oldi olinadi.
  • 2022-yilda Karmana va Nurobodda ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyalarida 434 million/kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Natijada 127 million kub metr gaz tejalishiga erishilib, 173 ming tonna atmosferaga zararli gazlar chiqishining oldi olingan
  • Eng muhimi, buncha hajmdagi elektr energiyasi qariyb 145 mingta xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi. Mazkur ikkala stansiyada 2023-yilda 270 million kVt/soatdan (540 million kVt/soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
  • Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish bor-yo‘g‘i uch yillik tarixga ega. Ammo shu qisqa davr ichida salmoqli natijalarga erishildi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling