Mahalliy va markaziy issiqlik
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
MAHALLIY VA MARKAZIY ISSIQLIK TA'MINOTI NORBOYEV AKBAR • O‘tgan davr mobaynida respublikada issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. • Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish holati kompleks o‘rganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkazildi. • Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik ta’minoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda. • Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan ta’minlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida: • 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2912-son qaroriga muvofiq iste’molchilarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash va uning sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqaruvning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda; • Jahon banki ishtirokida markaziy qozonxonalar, isitish tizimlari hamda tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni, uylar va kvartiralar ichki issiqlik ta’minoti tizimlarini yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazgan holda tiklashni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 220,7 mln AQSh dollari bo‘lgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda; • 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: • a) 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi; • b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab: • iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi; • Iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi; • aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi. • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: • Issiqlik ta’minoti sohasiga ajratilayotgan budjet mablag‘larining maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tegishli yil uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha choralar ko‘rsin. • 3. Belgilansinki, issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida: • a) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilar uchun javobgardir: • issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash; • Issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashni, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish; • issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish; • O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: • O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning obyektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan Issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik ta’minoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish; • E’tiboringiz uchun rahmat • Norboyev Akbar Document Outline
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling