Eritib payvandlash tarixi va turlari Himoya gazlari muhitida payvandlash usullari va jihozlari


Payvandlash transformatorlari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 337.63 Kb.
bet4/10
Sana22.04.2023
Hajmi337.63 Kb.
#1378429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eritib payvandlash

Payvandlash transformatorlari haqida umumiy ma’lumotlar.


Payvandlash transformatori - о‘zgaruvchan tokning sanoat tarmoqlari kuchlanishi 220...380 V ni past kuchlanishga, ya’ni GOST bо‘yicha payvandlash jihozlari kuchlanishiga va lozim bо‘lgan payvandlash tokini ta’minlovchi elektromagnit apparatdir. Payvandlash transformatorining, turg‘un payvandlash jarayoni uchun lozim bо‘lgan tez pasayib borishi uchun transformatorning maxsus konstruksiyasi, ya’ni sochilma magnit oqimlari kattalashtirilgan transformatori ishlab chiqarilgan. Payvandlash transformatorining chulg‘amlari suriladigan konstruksiyasi eng kо‘p tarqalgan. Bunday transformator (1- rasm) E320, E330 markali elektrotexnik pо‘lat markali plastinkalardan yig‘ilgan berk magnit о‘tkazgichida yig‘iladi. Ketma-ket ulangan g‘altaklar 2 dan tuzilgan birlamchi chulg‘ami tarmoq kuchlanishiga ulanadi, chulg‘am magnit о‘tkazich 1 da kо‘zg‘almas qilib maxkamlanadi. Ikkilamchi chulg‘am ham ikkita g‘altak 3 dan tayyorlangan bо‘lib, dasta 4 aylantirilganda magnit о‘tkazgichning о‘zagi bо‘ylab erkin surilishi mumkin.

Suriladigan chulg‘amli payvandlash transformatorining chizmasi: 1 – berk magnit о‘tkazgich; 2 – birlamchi chulg‘am g‘altagi; 3 – ikkilamchi chulg‘am g‘altagi; 4 – dasta.
Transformatorning ishlashi magnit о‘tkazgich orqali birlamchi 2 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarning elektromagnit о‘zaro ta’sirlariga asoslangan. Energiya uzatishda ikkita о‘zgaruvchan magnit oqimlari qatnashadi: faqat magnitdan о‘tadigan asosiy oqim Ft va magnit о‘tkazgichdan xamda havodan о‘tadigan sochilma oqim Fs. Salt yurish rejimida birlamchi chulg‘amning g‘altagi 2 kuchlanishi U1=220...380 V li ta’minlovchi elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda berk kontur hosil bо‘ladi va undan salt yurish toki Isyu о‘tadi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am ulangan payvandlash zanjiri (ikkilamchi kontur) ochiq. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishi salt yurishsh kuchlanishi U2 = Usyu ga teng. Uning qiymatini yoyni ishonchli hosil bо‘lishi va xavfsizlik texnikasi talablari shartlari asosida transformatorni hisoblashda tanlaydilar Usyu 65 V.
Yuklama rejimida, payvandlovchi yoy yonganda ikkilamchi kontur ham berk. Undan yoy toki (payvandlash toki) о‘tadi. Bu tok 2 va 3 g‘altaklar birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar orasidagi masofani о‘zgartirib rostlanadi. Agar 2 va 3 g‘altaklar orasidagi masofa (Yemax) maksimal bо‘lsa (Fs) sochilma magnit oqimi eng katta bо‘ladi, asosiy magnit oqimi (Ft) esa, va demak payvandlash toki xam minimal bо‘ladi. Agar 2 g‘altak 3 g‘altakka yakinlashsa, (Fs) sochilma magnit oqimi kamayadi, (Ft) oqimi va payvandlash toki esa kattalashadi.
Suriladigan chulg‘amli transformatorlar uchun payvandlash tokining rostlash karraligi Kr 5. Payvandchi payvandlash uchun lozim bо‘lgan tok qiymatini payvandlash transformatorining dastasi 4 aylantirib va tok qiymatini kо‘rsatkichiga qarab о‘rnatadi, kо‘rsatkich transformatorning jildida о‘rnatiladi.
Qisqa tutashish rejimida payvandlash zanjiri elektrod bilan buyum orqali berk bо‘ladi. Qisqa tutashish toki payvandlash toki (yoy toki) dan odatda 1,1-1,2 marta katta bо‘ladi. Bu shart yoy bilan dastaki payvandlashda dastlabki paytda yoy oson yonishi uchun turli konstruksiyadagi payvandlash transformatorlari uchun albatta bajariladi. Suriladigan chulg‘amli transformatorlarning bir nechta turlari seriyali ishlab chiqariladi. (2-rasm, jadval 1), ulardan asosiylari – TD va TSK transformatorlari.

Yoy bilan dastaki payvandlash uchun chulg‘amlari suriladigan transformator.
Payvandlash transformatorlari turlari.
Payvandlash transformatorlarining texnik tavsifi
1-jadval

Ta’minlash
manbai-
ning turi

Kuchlanishi, V

Payvandlash toki kuchi, A

UD
E,
%

Talab qiladigan quvvati, kV.A

U1

Usyu

I nom

Rostlash diapazon
i




Suriladigan chulg‘amli transformatorlar

TD-101

220

65

50

30...50

20

2,1

TD-304

220;3 80

61...79

300

60...385

60

19,4

TD-504

220;3 80

59...73

500

100...560

50

26,6

TSK-
300

380

63

300

110...385

65

20

TSK-
500

380

60

500

165...560

65

32




Flyus ostida payvandlash uchun transformatorlar

TDF-
1001

220;3 80

68...71

1000

400...120 0

100

82

TDF-
1601

380

75...10 5

1600

600...180 0

100

182

TDF-
2001

380

68...79

2000

800...220 0

65

170

Keyingisi energetik kо‘rsatkichlarini yaxshilash uchun birlamchi chulg‘amga kondensatorlar parallel ulanganligi bilan oldingisidan farq qiladi.
Chulg‘amlari suriladigan transformatorlar kо‘pincha yoy bilan dastaki payvandlash uchun qо‘llanadi. Bulardan tashqari sochilma oqimini va payvandlash tokini magnit shuntini burab – о‘zakning о‘rtadagi harakatlanuvchi zvenosini burab (STSH markali transformatorlar), о‘zgartiradilar, shuningdek, kichik gabaritli TDP, TSP, ADZ rusumli transformatorlarni qо‘llaydilar, bularda tokni ikkilamchi chulg‘am seksiyalarini qayta ulash bilan yoki qо‘shimcha chulg‘amlar yordamida rostlanadilar.

Download 337.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling