15- MA’RUZA
MAVZU: VAKUUMDA VA MUHITLARDA ELEKTR TOKI
Reja:
1. Metallarda elektr toki.
2. Metallardan elektronlarning chiqish ishi.
3. Gazlarda elektr toki.
4. Plazma haqida tushuncha.
5. Vakuumda elektr toki. Termoelektron emissiya.
6. Suyuqliklarda elektr toki
Tаyanch so‘zlаr vа iborаlаr: Elektr toki, tok kuchi, erkin elektron,
elektronlar buluti, Rikke tajribasi, termoelektron emissiya, elektronni
solishtirma
zaryadi,
Elektrolit,
elektrolitik
dissotsiatsiya,
elektroliz,
elektroximiyaviy ekvivalent, ximiyaviy ekvivalent, Faradey soni, galvonostegiya,
galvonoplastika, rafinlash, Vakuum, termoelektron emissiya, diod, anod , katod,
gaz, ion, rekombinatsiya, elektr razryadi, gaz razryadi, miltillama razryad,
plazma
Bizga ma’lumki,
barcha moddalar, shu jumladan metallar ham, atom va
molekulalardan, atom va molekulalar esa o‘z
navbatida musbat va manfiy
zaryadlangan zarrachalardan tashkil topgan. U holda metallarda elektr toki qanday
zaryadlarning oqimidan iborat? Bu savolga javob berish maqsadida bir qator
olimlar ajoyib nozik tajribalarni amalga oshirganlar. Masalan, 1901 yilda nemis
olimi K.Rikke,
mis va alyuminiydan yasalgan, radiuslari bir xil uchta silindrlarni
ketma-ket ulab, ular orqali bir yil davomida tok o‘tkazib turgan (1-rasm).
Ushbu sistema orqali 3,5 million
kulon zaryad oqib o‘tganligiga
qaramasdan
silindrlarning moddalari bir biriga, hatto
mikroskopik
miqdorda
ham,
o‘tib
qolmaganligi kuzatilgan.
Demak metallar
tarkibidagi
musbat
ionlar
zaryad
tashishda ishtirok etmaganlar. U holda
metallarda
elektr
toki,
ularning
hammalari uchun umumiy bo‘lgan
zarrachalar oqimidan iborat bo‘lsa kerak
degan xulosaga kelingan.
Mazkur taxminni isbotlash
maqsadida tok tashuvchilar zaryadining ishorasi va solishtirma zaryadini (tok
tashuvchi zaryadini uning massasiga nisbatini) aniqlashga kirishilgan.
I
I