Mavzu: vakuumda va muhitlarda elektr toki reja: Metallarda elektr toki


Kuchlanish yanada ortirilganda tokning keskin ortib ketish sabablari


Download 435.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana27.10.2023
Hajmi435.59 Kb.
#1728461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maruza 15

 
Kuchlanish yanada ortirilganda tokning keskin ortib ketish sabablari
bilan quyida tanishamiz. 
Mustaqil gaz razryadi deb tashqi ionizatorning taosiri to‘xtatilganda ham 
davom etadigan gaz razryadiga deyiladi. Buning uchun razryadining o‘zi, quyida 
bayon qilingan jarayonlar tufayli, gazda uzliksiz tok tashuvchilarni hosil qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. Ular gaz molekulalarini zarbali ionlashishi tufayli 
paydo bo‘ladilar. 
Yuqoridagi 1 va 2-rasmlarga murojat qilamiz. K-A orasidagi 
kuchlanishning o‘sishi ionizator ta’sirida hosil bo‘lgan elektron va ionlar 
energiyasini orttiradi. Natijada quyidagi jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin: 
1. Aniqlik uchun 3 –rasmda ko‘rsatilgan nay ichidagi gaz molekulalardan 
tashkil topgan bo‘lsin. U holda elektr maydoni taosirida tezlanish olgan (a=eE/m) 
elektronlar erkin yugurish yo‘li oxirida etarli 
energiya 
to‘plab 
neytral 
molekulalarni 
ionlashtirib ikkilamchi elektronlarni va ionlarni 
xosil qilishi mumkin. Ikkilamchi elektronlar esa 
o‘z navbatida boshqa neytral molekulalar bilan 
to‘qnashib yangi elektron va ionlarni hosil 
qilishadi va xokazo. Natijada elektronlarning 
soni, anodga yaqinlashgan sari, quyunsimon 
ortadi.
2. Gazdagi musbat zaryadlangan ionlar ham elektr maydoni taosirida 
tezlashib, o‘z yo‘lida uchragan neytral molekulalarni ionlashtirishi yoki 
qo‘zg‘algan xolatga o‘tkazishi mumkin. Qo‘zg‘algan xolatdagi molekulalar 
o‘rtacha 10
-8
sekund davomida, elektromagnit to‘lqinlar(fotonlar)ni nurlantirib, 
o‘zlarining asosiy holatlariga o‘tadilar.
3. Fotonlar o‘z navbatida neytral molekulalarni ionlashtirishi va kotod bilan 
to‘qnashganda uning sirtidan elektronlarni urib chiqarishi mumkin. 



Г 
П 




PH 
2-расм. 







3-расм. 



4. Gaz tarkibidagi musbat ionlar ham elektr maydon 
tahsirida tezlashib katodga urilganda undan elektronlarni 
urib chiqarishi mumkin. 
5. Nihoyat katod va anod orasidagi kuchlanishning 
ancha katta qiymatlarida gaz tarkibidagi musbat ionlar 
uning neytral molekulalarini ionlashtirishga qodir bo‘lib 
qolishlari natijasida ularning soni katod tomonga borgan 
sari quyunsimon ko‘payib ketishi mumkin. Mazkur katod 
sirtidan musbat ionlar urib chiqarayotgan qo‘shimcha 
elektronlar o‘z navbatida katod va anod orasida Shunday tezlashadilarki, o‘z 
yo‘lida uchragan neytral molekulalarni ionlashtira boshlaydi, natijada gazda 
qo‘shimcha ionlar hosil bo‘ladi, shu paytdan boshlab razryad mustaqil bo‘lib 
qoladi.

Download 435.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling