Eritmalar va ularning turlari moddalarning eruvchanligi


Тuyingan eritma va eruvchanlik


Download 24.45 Kb.
bet2/4
Sana09.11.2023
Hajmi24.45 Kb.
#1759747
1   2   3   4
Bog'liq
Eritmalar va ularning turlari moddalarning eruvchanligi-

Тuyingan eritma va eruvchanlik. Kattik modda erituvchiga tushirilganda uning zarrachalari erituvchi zarrachalari ta’sirida erish jarayoni boshlanadi. Erish paytida unga karshi kristallanish jarayoni xam sodir bo’ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, eritmada zarrachalarning soni kupaygandan keyin, kristallanish tezlashadi. Ma’lum vaktdan sung erish va kristallanish tezliklari tenglashadi. U vaktda erigan modda bilan erimay kolgan modda orasida dinamik muvozanat karor topadi, ya’ni eritma tuyinadi. Shunday qilib, erimay kolgan modda bilan cheksiz uzok vakt muvozanatda mavjud bula oladigan eritma tuyingan eritma deyiladi.
Ayni moddaning ma’lum xaroratda 100 g erituvchida erib, tuyingan eritma xosil kiladigan massasi uning eruvchanligi (yoki eruvchanlik koeffitsiyenti) deyiladi.
Masalan, 20oS da 100 g suvda:
Glyukoza.......................... 200 g
NaCl ............................ 35 g
H3BO3 ........................... 5 g
SaSO3 ........................... 0,0013 g
AgJ ............................. 0,00000013 g eriydi.


Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi.
Uzgarmas xaroratda ma’lum xajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga tugri proporsional bo’ladi:
m = k * P
k - gazning massasi;
R - gazning bosimi.
Genri-Dalton qonuni:
Gazlar aralashmasi suyuqliklarda eritilganda xar kaysi gaz mustakil ravishda eriydi, ya’ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xalal bermaydi, erish gazning parsial bosimigagina boglik.
Genri va Genri-Dalton qonunlariga suyuqlik bilan reaksiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) buysunadi. Хaroratning kutarilishi gazlarning eruvchanligini kamaytiradi.
Eruvchanlik eruvchi va erituvchining tabiatiga, xaroratga va bosimga boglik.
Eritmalarning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Odam va xayvonlar organizmida ovqat eritma holida xazm bo'ladi. Yoki o'simliklar oziqlik moddani tuproqdan eritma holatida qabul qiladi. Shuningdek, kimyoviy ishlab chiqarishda ko'pgina jarayonlar (masalan ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo'ladi.
Erishning issiqlik effekti. Moddalar eriganda issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki ajraladigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deb ataladi, hamda Q harfi bilan belgilanadi. Agar modda eriganda issiqlik yutilsa Q manfiy ishora bilan issiqlik ajralib chiqsa musbat ishora bilan ko'rsatiladi.
Masalan, ning erish issiqligi -6,32 kkal(-26,5kj)ga, KOH ning erish issiqligi 13,3 kkal ((55,7kj)ga teng.



Download 24.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling