Eritmalarning bug’ bosimi Reja: Eritmalarning bug’ bosimi F. Raulning birinchi qonuni


(р0) ni, songra ma‘lum kontsentratsiyadagi eritmani solib, uning ham bug’ bosimi (p) ni olchadi


Download 26.13 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi26.13 Kb.
#1355862
1   2   3
Bog'liq
gidro mustaqil ish bunyod

(р0) ni, songra ma‘lum kontsentratsiyadagi eritmani solib, uning ham bug’ bosimi (p) ni olchadi.

Raul qonunini yo’qoridagi yozilgan shaklda faqat uchuvchan bo’lmagan moddalarning eritmalari uchun tatbiq etilishi mumkin. Raul qonuniga faqat ideal eritmalar bo’ysunadi. Real eritmalar juda kichik kontsentratsiyalardagina bu qonunga mos keladigan natija beradi. Suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning mol soni n2 erituvchining mol soniga nisbatan kichik bo’lgani sababli, raulning 1 qonuni suyultirilgan eritmalar uchun quyidagicha yoziladi =

Bеrk idishdagi suyuqlik yuzasidagi bo’shliqda suyuqlikning bug’lanishi va bug’langan suyuqlikning kondеnsatlanishi orasida muvozanat vujudga kеladi. Suyuqlik bilan muvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ dеyiladi. To’yingan bug’ning idish dеvoriga bеradigan bosimiga shu suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi dеyiladi. Suyuqlikda uchuvchan bo’lmagan modda eritilsa, eritmaning bug’ bosimi pasayadi.


Suyuqliklarning qaynash harorati bilan bog'liqligi


suyuqlikdagi molekullar doimo harakatda bo’ladi, lekin molekulalarning harakat tezligi bir-biridan farq qiladi. Suyuqlikning siretqi qavatidagi molekulalar tezligi va demak kinetik energiyasi katta bo’lganda molekulalararo tortishuv kuchlarini yengib suyuqlik ustidagi fazoga ajralib chiqishi mumkin bunda suyuqlik bug’lanadi. Suyuqlikning bug’lanishi haroratga bog’liq. Past haroratlarda suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro tortishuv kuchlari molekulalarning o’rtacha kinetik enrgiyasidan ancha katta bo’ladi. Va shu sababli juda kam molekulalargina suyuqlikdan ajaralib chiqa oladi.
Harorat ko’tarilishi bilan suyulik molekulalarining harakatlanish tezligi va demak kinetik energiyasi ortib boradi. Va suyuqlikdan tobora ko’proq molekula ajralib chiqadi. Suyuqlik bug’langanda eng tez harakatrlanayotgan kinetik energiyasi ko’p molekulalar chiqib ketishi sababli suyuqlik soviydi. Suyuqlikning sirti qancha katta bo’lsa, undan shuncha ko’p molekulalar ajralib chiqadi ya’ni bug’lanish tezlashadi. Suyuqlikning bug’lanishiga tashqi bosim ma’lum darajada qarshilik ko’rsatadi. Ya’ni bosim katta bo’lsa, bug’lanish kamaydi, chunki tashqi fazoga ajralib chiqishi uchun molekulalardan ko’p kuch talab qilinadi.
Agar suyuqlik berk idishda turgan bo’lsa, suyuqlikdan chiqayotgan molekulalar bir-birga va idish devorlariga urilib, yana suyuqlikka qaytib tushishi mumkin.
Dastlab, suyuqlik bug’langani sari bug’dagi molekulalar konsentratsiyasi ortib boradi va natijada suyuqlikka qaytib tushadigan molekulalar soni ham ko’payadi. Ma’lum vaqtdan keyin suyuqlikdan chiqib ketayotgan molekulalar soni suyuqlikka qaytib tushayotgan molekulalar soniga tenglashadi, ya’ni muvozanatda bo’lgan bunday bug’ to’yingan bug’ u ko’rsatgan bug’ bosimi esa suyuqlikning haroratsiga bog’liq bo’ladi.
Har qanday moddaning o’zgarmas haroratdagi to’yingan bug’ bosimi shu modda uchun xos o’zgarmas kattalikdir. Suyuqlikning bug’ bosimi tashqi bosimiga tenglashganda faqat suyuqlikning erkin sirtidan molekulalar ajralibgina qolmay balki uning butun hajmida bug’ pufakchalari hosil bo’la boshlaydi va suyuqlikdan ajralib chiqadi. Bunday jarayon suyuqlikning qaynashi deyiladi. Suyuqlikning bug’ bosimi tashqi bosimga tenglashgandagi harorat suyuqlikning qaynash harorati deyiladi. Tashqi bosim o’zgarganda suyuqlikning qaynash harorati ham o’zgardi. Tashqi bosim kamaygan sari suyuqlik ham pastroq haroratda qaynay boshlaydi. Bug’ bosimi atmosfera bosimiga teng bo’ladigan harorat normal qaynash haroratsi deyiladi. Suyuqlik bug’langanda issiqlik yutiladi. 1 g suyuqlik muvozanat bug’langanida yutiladigan issiqlik solishtirma bug’lanish issiqligi, 1 mol suyuqlik bug’langandagisi esa molyar bug’lanish issiqligi deyiladi. Turli suyuqliklarning solishtirma bug’lanish issiqligi turlicha bo’ladi, shu sababli taqqoslash maqsadida ko’proq mol bog’lanish issiqligidan foydalaniladi. Turli suyuqliklardagi atmosfera bosimi qaynash haroratidagi molyar bug’lanish issiqligi (lqayn) ularning absolyut shkala bo’yicha olingan qaynash haroratsiga (tqayn) to’g’ri mutanosib bo’ladi:
Bosimning kuchayishi va haroratni kamaytirish uchun atomlar va molekulalar bir-biriga yaqinlashadi, shuning uchun ularning tuzilishi yanada tartibga solinadi. Gazlar suyuqliklarga aylanadi; suyuqliklar qattiq holga keladi. Boshqa tarafdan, haroratning oshishi va bosimning pasayishi zarralarning yana bir-biridan ajralib chiqishiga imkon beradi.
Qattiqliklar suyuqliklarga aylanadi; suyuqliklar gazga aylanadi. Shartlarga qarab, biror modda bir fazani o'tkazib yuborishi mumkin, shuning uchun qattiq modda gaz yoki gaz bo'lishi mumkin, suyuqlik fazasini boshdan kechirmasdan qattiq turishi mumkin.

Xulosa
Ushbu mavzuni o`rganar ekanman har qanday suyuqlik va qattiq jism biror temperaturada ma‘lum bug’ bosimiga ega bo’ladi. Bu bosimni qattiq va suyuq modda, sirtidan bug’lanayotgan zarrachalar hosil qiladi. Bug’ bosimi barometrik nay yoki manometr yordamida o’lchanadi. Uchuvchan bo’lmagan, ya‘ni odatdagi temperaturada bug’ hosil qilmaydigan modda (masalan, qand, glyukoza) larning eritmalarining to’yingan bug’ bosimi hamma vaqt toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Buning sababi shundaki, suyuqlikda biror modda eritilganda, erigan modda va erituvchi molekulalari eritmaning sirt yuzasini ma‘lum tartibda egallaydi va satxdan faqat bug’lanuvchi suyuqlik molekulalarigina bug’ hold abo`lar ekan


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Abduraxmonov S.A. Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari. - Navoiy, 2001. - 286 b.
2. Zelikman A.N. i dr. Teoriya gidrometallurgicheskix protsessov. - M.:MISiS, 2003. - 424s.
3. Petuxov O.F., Tolstov Ye.A. Okislitelno-vosstanovitelniye protsessы pri vishyelachivanii. - Tashkent.: «Fan», 2005. - 414 s.
4. Kakovskiy I.A., Naboychenko S.S. Termodinamika i kinetika gidrometallurgicheskix protsessov. - Almati, 1999. - 356 s.
5. Medvedev A.S. Vishyelachivaniye i metodы yego intensifikatsii. - M.: MISiS, 2002. - 276 s.
Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling