Erix Mariya Remark
https://telegram.me/e_kutubxona
Download 139.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Remark. Dushman (hikoya) [@e kutubxona]
https://telegram.me/e_kutubxona 5 Ertasi kuni men bu ishga ancha ko‘nikib qolgandim, bora-bora «oldi-berdi»ni xiyla soddalashtirdik va xandaklarimizdan galma-gal emas, balki baravariga o‘rmalab chiqadigan bo‘ldik. Zanjirdan bo‘shatilgan ikki olalar kabi bir-birimizga tomon emaklar va sovg‘a almashib qaytardik. Ilk daf’a bir-birimizning ko‘zlarimizga boqqanimizda parishon jilmaydik, xolos. Anov fransuz askari o‘zimga o‘xshagan yoshgina yigit ekan, yigirmalarda bordir, undan ortiq emas. Bu o‘yin unga juda yoqayotgani yuzidan sezilib turardi. «Bonjour, camarade»! (*Salom, og‘ayni (fr.)) dedi u, men butkul esankirab qoldim va ikki marta takrorladim: «Bonjour, bonjour», so‘ng uchinchi marta ham aytdim va bosh irg’ab qo‘yib, shoshilgancha ortga qaytdim. Biz muayyan vaqtlarda uchrasha boshladik va oldin signal berib ogohlantirish taomilidan voz kechdik — bu yozilmagan tinchlik sulhi shartlariga ikki tomon ham bekamko‘st amal qilardi. Bir soatdan so‘ng esa, burungidek, yana bir-birimizni o‘qqa tutardik. Bir kuni men bilan sovg‘a ayirboshlagan fransuz yigit qo‘rqa-pisa qo‘lini uzatdi va biz salomlashdik. Turgan-bitgani hangoma, o‘lay agar. Bunaqa voqealar frontning boshqa uchastkalarida ham yuz berarkan. Yuqori qo‘mondonlik xabar topib, «Bunaqa ishlar qat’iyan man etiladi, zotan, alohida hollarda shuni deb harbiy harakatlar rejim buzilmoqda», degan mazmunda buyruq chiqaribdi. Biro biz parvo ham qilganimiz yo‘q. Ajoyib kunlarning birida frontimizga allaqanday mayor kelib, shu to‘g‘rida rotamizga uzundan-uzoq va’z o‘qidi. Jonkuyar va serg‘ayrat zobit ekan, qurg‘ur, frontning oldingi marrasida kechgacha qolmoqchiligini aytdi. Taassufki, u biz sovg‘a almashishga chiqadigan joy yaqiniga o‘rnashib oldi va bu ham yetmagandek, miltiq berishlarini talab qildi. Juda yosh, jasorat ko‘rsatishga ishqiboz ekan mayor. Nima qilishni bilmasdik. Narigi tomondagi o‘rtoqlarimizga belgi berish imkoni yo‘q edi, qolaversa, dushman bilan bunaqa o‘yin qilayotganimiz uchun joyimizda otib tashlashlaridan xavfsirardik. Soatimning daqiqani ko‘rsatuvchi kafgiri sekin- asta aylanishda davom etardi. Qimirlagan jon yo‘q edi va biz hammasi xayrli tugaydi, deb umidlandik. Mayor, shubhasiz, front chizig‘i bo‘ylab davom etayotgan birodarlik munosabatlaridan xabardor edi-yu, biroq biz bu yerda nimalar bilan shug‘ullanayotganimiz to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emasdi. Jin urgurnі aynan bizga, yana-tag‘in shunday topshiriq bilan kelganini qara. Omad yuz burgani shu- da! Men unga: «Besh daqiqadan keyin u yoqdan kimdir keladi. Unga o‘q uzmaslik kerak, bizga ishonadi», desammikan deb og‘iz juftladim. Biroq jur’atim etmadi, baribir bundan naf chiqmasdi. Shunday deganimda, u handaqqa biqinib atay uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling