Erix Mariya Remark
https://telegram.me/e_kutubxona
Download 139.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Remark. Dushman (hikoya) [@e kutubxona]
https://telegram.me/e_kutubxona 6 poylagan bo‘lardi, indamasak, balkim, bir iloji topilib qolar, ehtimol, o‘zi ketar. Qolaversa, Byuler qulog‘imga shipshib, narigi brustverga borib, miltiq bilan «Tegmadi!» (merganlik mashqida o‘q nishonga tegmagan paytlarda miltiq bilan havoda chizik tortib signal beriladi) ishorasini qilganini va ular javob berishganini, xullas, chiqish mumkin emasligini tushunishganini aytdi. Baxtga qarshi, kun sovuq edi, maydalab yomg‘ir yog‘ardi. Qosh qoraya boshlandi. Tayinlangan uchrashuv vaqtidan soatcha o‘tdi. Xavotirimiz sal bosildi va biz erkin nafas oldik. Bir mahal nigohim muallaq qotdi: tilim shishib, og‘zimni to‘ldirgandek edi. Qichqirmoqchi nardimu og‘iz ocholmasdim. Umidsizlikdan qo‘l-oyog‘im shol bo‘lgandek betaraf hudud osha qararkanman, ohista ko‘tarilgan qo‘lni va kimningdir sharpasini ilg‘adim. Byuler brustver yonidan zir yugurar va ogohlantiruvchi belgi bermoqchi bo‘lib payt poylardi. Biroq g‘isht qolipdan ko‘chgandi – mayor o‘q uzishga ulgurdi. Kimdir ingichka ovozda qichqirdi, sharpa g‘oyib bo‘ldi. Bir zum dahshatli sukunat cho‘kdi. Yana bir-ikki soniyadan keyin yuzlab tovushdan iborat hayqiriqni eshitdik. Qaqshatqich jang boshlandi. «Otinglar! Ular hujumga o‘tishyapti!» baqirdi mayor. Shunda biz ham o‘t ochdik. Telbalardek, miltiqlarimizni peshma-pesh o‘qlab otardik, bu mudhish onlar tezroq o‘tib ketsa bas, deb o‘ylardik. Butun front jonlandi, artilleriya yeng shimardi, kechasi bilan otishdik. Ertalab o‘n ikkita jasadni sanadik, ular orasida mayor va Byuler ham bor edi. Harbiy harakatlar, turgan gapki, qaytadan boshlandi. Dushman tomon bilan sigaret almashishni bas qildik, qurbonlar soni soat sayin ortardi... O‘shandan keyin ham ko‘p balolarni ko‘rdim. Ko‘p odamlar ko‘z o‘ngimda halok bo‘ldi, mening o‘zim o‘ldirganlar ham oz emasdi. Toshbag‘ir, hissiz bo‘lib qoldim. Yillar o‘tdi. Ammo o‘tgan shu uzoq vaqt mobaynida men qo‘limdan kelgancha yomg‘ir shivalab turgan paytdagi o‘sha ingichka tovushli qichqiriqni eslamaslikka urinib yashadim». Download 139.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling