Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiydirib ko’rishga tayyorlash. Mundarija: kirish


Download 1.84 Mb.
bet16/18
Sana18.12.2022
Hajmi1.84 Mb.
#1031189
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ERKAKLAR KIYIMLARNING BICHILGAN BO’LAKLARIGA ISHLOV BERISH, KIYDIRIB KO’RISHGA TAYYORLASH.

Kiyimlarni loyihalash. Kiyimlarni loyihalashning ikki bosqichi mavjud - kiyim modelini tayyorlash va konstruksiyasini ishlash. Loyihalash natijasida kiyimning original nusxalari tayyorlanadi. Kiyimlarni loyihalash bilan modelyer rassomlar, yirik tajriba-texnik laboratoriyalari, fabrikalarning tajriba sexlari va modellar uyida konstruktorlar shug‘ullanadilar.Kiyimlarni modellashtirish - birlamchi namunasi yoki modelini yaratish jarayoni bo‘lib, shu asosda tikuvchilik korxonalarida buyumlar ishlab chiqariladi. Model modelyer-rassomning mehnati orqali materialda mujassamlanadi, aniq qomat-maneken uchun buyum yaratadi.Kiyimlarni modellashtirish yoshga va to‘lalik guruhiga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Buyumning etalon namunasi (modeli)ni yaratish bilan birgalikda modelga texnik yozuv tuziladi. Bunda modelning chizmasi, tashqi ko‘rinishi (siluet. bichim, shakli, yuza qismi materialining rangi, astari, kiyim-kechak ashyolari va boshq.)ga tavsif, modelga texnik talablar, materialning o‘ziga xos xususiyati, detallarning nomi, ishlov berish murakkabligi, tavsiya etiladigan o‘lchamlar, bo‘y va to‘lalik guruhlari. buyumning tayyor ko‘rinishida o‘lchash jadvali va boshqalar beriladiSiluet- buyumning o‘z soyasiga o‘xshash bo‘lgan tekis va bir xil tusli ifodasidir. Kiyimlar silueti bo‘yicha kishi tanasiga yopishib va yarim yopishib turadigan, to‘g‘ri va keng (trapetsiyaga o‘xshash) bo‘ladi.Kiyimlarda, asosan, klassik yoki sipo (strogiy), sport va fantaziyali shakllar qo‘llaniladi. Kiyim shaklining plastikligi, kompozitsiyasining o‘ziga xosligi, fakturasining xilma-xilligi va rangining turli tovlanishi ustki qismi uchun ishlatiladigan materialga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yirik fakturali material sirtqi o‘lchamini kichraytiradi, maydasi- kattalashtiradi. Patli va og‘ir materiallar issiq hamda ochiq ranglar kiyim massasini oshiradi. Shuning uchun model yaratish paytida bunday materiallar boshqalari bilan birgalikda quramalashtirilishi kerak.
Trikotaj kiyimlarni modellashtirishning xususiyatlari. Modellashtirishning o‘ziga xos tomonlari trikotaj matolari xususiyatlari va ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq.Shaklni yaxshi saqlovchi, kam cho‘ziluvchan va boshqa materiallar bilan lakrorlangan matolar tikuvchilik fabrikalarida gazlama kabi qayta ishlanadi. Ularning ko‘pchilik qismi esa trikotaj fabrikalarida tayyor-lanadi. Buyumlarni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri model va matoning trikotaj ishlab chiqarish paytida hosil bo‘lishidir, chunki buyumning ishlatilishiga qarab lining xomashyosi, to‘qilish rasmi (guli), matoning tashqi ko‘rinishi hamda qalinligi. zichligi va buyumning shakl tuzilishini belgilovchi boshqa o‘lchamlari (parametrlari) oldindan loyihalanadi.Kiyimlarni konstruksiyalash - model namunasi bo‘yicha buyum detallarining chizmasini ishlash va andoza tayyorlash jarayonidir. Andoza deb, materiallar bichiladigan kiyim detallarining qolipi (shabloni)ga aytiladi. Qoliplar qog‘oz, karton, plastmassa va metalldan tayyorlanishi mumkin. Konstruksiyalashning asosiy vazifasi buyumning hajmli shaklini tekislikka yoyishdan iborat.Ommaviy ishlab chiqarish uchun kiyimlarni konstruksiyalashda iste’molchilar guruhining to‘laligi asos sifatida yoshga qarab belgilanadigan turli qomatlarning o‘rtacha o‘lchami va to‘laligi olinadi.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling