Erkaklar Nega "yomon"
U kuchli iroda va ishonch egasidir
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
U kuchli iroda va ishonch egasidir.
Kitob ustida ishlash davomida bir qancha erkaklar bilan suhbatlashib kitobni nomi ularga qanday ta`sir qilishini bilmasdim. O`ylovdimki ularning aksariyati bu gapni eshitib “erkaklar yomon qizlarni yoqtirishmaydi”deb keskin rad etishadi.Ammo buning aksi bo`ldi.Deyarli barcha suhbatdoshlarim ularga kuchli ayollar yoqishini aytishdi.Ba`zida ular nega ularni sevishlarini tushuntirb berishdi, ba`zida esa “Chindanam nega ularni buncha sevamiza?” deb so`rab qolishdi. Ammo 90% erkaklar kuchli ayollarni yoqtirishlarini inkor etishmadi. Shahsiy manfaatlaringiz haqida o`ylab siz erkakni aslo ranjitmaypasiz.Aksincha bu bilan uning hurmatiga sazovor bo`layapsiz. Mustaqil ayol bilan muloqot qilayotgan erkak elkasidagi yuk yengillashganini his etadi. Chunki u tinimsiz sizni bahtli qilish haqida o`ylayvermaydi. U sizni o`ziga ishongan ayol deb hisoblaydi. siz o`zi nima hohlashingizniyam bilmaydigan ojiz ayol emassiz. Siz qaytadan sanashni o`rganishingizga to`gri keladi. Matematikada bir ikkidan avval keladi. Siz hamisha birinchi raqamlisiz. Uchi? Siz o`z joyingizda bo`lsangiz demak u ikkinchi. Shu paytgacha hato qilib keldingiz ikkinchini birinchidan oldin turishi mumkin deb o`ylab. Ehtimol umuman bir raqamini unutib yuborgandirsiz. Siz uni unutganingizga sabab miyangiz ikki soniga to`lib ketgan ya`ni uni hayoli bilan band bo`lib o`zingizni unutgandingiz. Hayot – bu boshlang`ich maktab emas. Maktabda uchunchi sinf o`quvchisi birinchi sinf o`quvchisini pullarini olib qochib ketishi mumkin. 157 Ammo birinchi sinfdagi ham bo`sh kelmay,unga teng kelib pullarini qaytarib olishi mumkin. Yangi ajoyib yomon qiz bu prinsipni kattalar hayotiga qo`llay oladi. Odamlar har doim bir narsani takrorlashadi. Ular sizni kaltaklab, keyin qochib ketishadi, ular hoh ishdagi hamkasblar,hoh uydagi oila a`zolari, do`stlar … ha ha hatto sevishganlar ham. Bu odamlar orasidagi yagona farq sizni tushlik pulingizni tortib olishmaydi. Buni o`rniga anglab yoki anglamay sizni o`zingizga bo`lgan ishonchingizni o`g`irlashadi. O`zingizga ishonish uchun bir nuqtaga qarang va ko`zingizni katta oching. Agar sizda maqsad orzu va hohish bo`lsa, u manzilga olib boruvchi yo`lni tanlang, va yo`lga chiqing. Hayotingiz davomida atrofdagilar sizni o`zingizga bo`lgan ishonchingizga rahna solishga urinishadi. Shunda o`zingizga eslating siz ruhsat bermagunigizcha ular sizdan ishonchni tortib ololmaydi. Hayot yo`lidan borar ekansiz boshingizni baland tuting va yolingizdan chekinmang. O`zingizga bo`lgan ishonchingizni tebratishga hech kimga ruhsat bermang chunki bu siz ega bo`lgan yagona narsa. Maftunkorlik omili 100 Sizning eng maftunkor shahsiy sifatingiz – o`z qadr qimmatingizdir Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling