Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
1 Erkaklar Nega “yomon” qizlarni yoqtirishadi? Sherri Argov (psiholog Shahnoza Xalilovaning moslashtirilgan tarjimasi) 2016 yil 2 Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma. Sarlavhadagi “yomon qiz” so`zini juddiy olmang. Kitobimni o`qib chiqib har bir narsaga yumor bilan yondoshish kerakligini bilib olasiz, shu jumladan sarlavhaga ham. Bu kitob ko`pgina ayollar o~ylab ammo hech qachon aytmaydigan gaplari haqida. Har bir ayol erkakka bog`langan va talabchan bo`lib kurinishdan qo`rqadi. Har bir ayolni hayotida uni izidan qolmagan erkak bo`lgan , ammo unga yon berishi bilan ayol darhol o`z jozibasini yo`qotgan. Talay fazilatlari bo`la turib qadrlanmaslik nima ekani har bir ayol biladi. Bu muammolar barcha ayollarga tanish hoh u oilali bulsin hoh yolg`iz. Ho`sh nega erkaklar “yomon qiz”larni yoqtirishadi? “Yomon qiz”- Bu so`zni so`zlashuvdagi ma`nosi bilan men bermoqchi bo`lgan ma`no orasida jiddiy farq borligini bilishingiz zarur. Albatta men ayollarga yalmog`izga aylanishni maslahat bermayman. Men aytaytgan yomon qizlar Joan Kollinz romani qahramonlari yoki barcha hamkasabalarini ko`ra olmaydigan offis hizmatchilari ham emas. Men hikoya qilyotgan ayollar mehribon ammo kuchli. Ularda uncha ko`p bo`lmasada ammo yetarlicha kuch bor. Ular o`z hayotini begona qo`llarga tutqazib qo`ymaydi, ular erkaklarni hech qachon ta`qib qilmaydi. Erkak ularga yuz foiz egaman deb o`ylashiga imkon berishmaydi. Bordiyu erkak haddidan oshsa, uni o`z joyiga qo`yib qo`yish qo`llaridan keladi. Bunday ayol nima hohlashini biladi, ammo unga erishaman deb murosaga bormaydi. Shu bilan birga u ayollik jozibasini yo`qotmaydi huddi “po`lat magnoliyadek” – usti gul ichi metin. U jozibasini o`z manfaati yo`lida ishlatadi. U erkaklarni laqilatib yurmaydi, balki halol o`yin o`ynaydi. Unda “ yahshi qizlarda” yetishmaydigan bitta sifat bor – hushyor ong. U romantic orzu hayolga berilmaydi. Qiyin vaziyat kelib qolganda hushyor ong uni tushkunlikka tushmasdan, masuliyatni o`z qoliga olib o`z kuchlaridan foydalnishida yordam beradi. Bundan tashqari u har qanday bosimga qarshi tura oladi. Agar “Yahshi qiz” ado bo`lguncha o`zini erkakka fido qilaversa, fido qilaversa, fido qilaversa, Hushyor ong egasi bo`lgan qahramonimiz esa qachon ko`rpani o`ziga tortish kerakligini yahshi biladi. Bu kitobni yaratish mobaynida men yuzlab erkaklar bilan suhbatlashdim,ularni 90% kitobni bir ko`rishdayoq kulishdi va nomida aytilgan gapni tasdiqlashdi. Ayrim erkaklar kitob nomini eshitganda buni ayollarga nima uchundir fosh qilinmagan, erkaklarning 3 asosiy siri deb atashdi. Ular nuqul:”Erkaklarga aqlni shoshiradigan narsa kerak” deyishardi .. Va biz qayta qayta bu mavzuga qaytaverdik Men suhbatlashgan erkaklar buni har hil tasvirlashdi ammo ma`nosi baribir bir hil qoldi. “Erkaklarni o`tkir tig`li ayollar maftun etadi” deyashardi ular. Bundan ikki narsa aniq bo`ldi. Ular zo`r berib “aqlni shoshiradigan” deb tavsiflmoqchi bo`layotgan ayollar ularning nazdida hech narsaga zor emas. Ikkinchidan esa ana shu “yomon qiz” tushunchasi aynan “ aqlni shoshiradigan ” degan ibora bilan sinonim bo`lib keldi. Aynan mana shu jihatni u eng maftun qiladigani deb topishdi. Erkaklar bilan suhbatda aqlni shoshiradigan” degan so`zni ishlatishim bilan gap qanday sifat haqida ketayotganini darrov ilg`ashdi. Ammo yuzlab ayollar bilan so`zlashganimda ular nimani nazarda tutganimni mutlaqo tushunishmadi.Bunday intervyulardan keyin bu kitobni yozish zarurligini tushundim.Agar bu narsa erkaklar uchun tabiy ekan ayollar uchun ham sir bo`lib qolmasligi kerak. Bu kitob erkaklar hech qachon qilmagan ishlari haqida. Ular “ Hey, pol latta bo`lishni bas qil” “ Meni hamma gapimga rozi bo`laverma” “Meni atrofida hamma narsa aylanadigan olaming markazi deb bilma”. Bu kitob shunisi bilan kerakli- ki unda siz erkak zotini o`z juftiga aytolmaydigan gaplarini bilib olasiz. Kitobning boblaridan quyidagi bitta asosiy ma`noni ilg`aysiz: Sevgi bobidagi omad tashqi ko`rinishga emas balki o`zingizni tutishingizga bo`gliq. Ommaviy ahborot vositalari bizni aksiga ishontirmoqchi bo`lishadi. Qizlar o`qiydigan jurnalalarda yigitlarni e`tiborini kiyinish va upa elik bilan tortishga maslahat beriladi. “Bu lab bo`yig`I yoki u kosmetikani atrofdagi barcha erkaklar payqaydi” deb qayta qayta`kidlashadi. Bundan qizlar nimani o`rganadi? Odamlar ko`ngliga yo`l topishi, barchani e`tiboriga sazovor bo`lishi zarurlignimi. Jurnallar qarish uyoqda tursin, ulgayishga qanday qaraydi? O`smir qiz endi yigirmaga kirdi ammo jurnallarda qarishning ming bir dahshatli oqibatlari haqida bong uradi. Barcha reklama e`lonlarining ma`nosi bir:’ Yuzingda ikkta ajin va biroz qorin bormi, bo`ldi sening bozoring kasod. Juda omading kelib qolsa arzonlashgan bahoda ketasan” Ho`sh, bundan ayol nimani o`rganadi? Kimgadir yoqmaslikni oldini olishnimi. Ulardan farqli o`laroq mening kitobim nimani o`rgatishi mumkin? Sizni o`z o`zingizga beradgan bahoingizni oshirish uchun sizni fe`lingizga birozgina betakluflikni paydo 4 qilishni. Men odamlarga behurmatlik qilishga chaqirmayapman balki ularning siz haqingidagi fikriga parvo qilmaslikni o`rgatmoqchiman. “Yomon qiz” _ kuchli ayol u o`z kuchini mustaqil fikrlashdan oladi. Zamonaviy jamiyat esa zo`r berib ayolni o`zligidan kechishga undaydi. “ Yomon qiz” boshqalarning o`lchami bilan yahsamaydi, uning o`z o`lchovi bor. “ Yomon qiz” hamisha o`z qoidasiga ko`ra o`ynaydi, u o`ziga ishonadi, u mustaqil va kuchli. Umid qilamanki kitobni o`qib chiqib ko`pgina ayollar o`zlarida ana shunday ajoyib jihatlarni kashf etadilar. Atrofdagilarga “Men poezdni boshqaraypman. Qayerga borish va qaerda tushish kerakligni o`zim sizga aytaman” deyayotgan, erkaklar borasida omadi chopgan ayollar esa bu kitobdan o`zlarida yumor va sehrli ayura kashf etadilar. Bunday ayol o`z foydasi uchun nima qilish kerakligini yahshi biladi, bu borada u hech kimga va hech narsaga muhtoj emas. U o`z tanloviga ko`ra shu yerda. Erkaklar tomonidan sevilgan “yomon qiz” hushchaqchaq va albatta o`tkir qirrali va shunisi bilan havfli. Aynan mana shu havf erkaklarni ohangrabodek tortadi. Boshqalardan farqli o`laroq bu ayol ana shu sifatlarni tashqaridan izlab yurmaydi. Bu uning tabiatida mujassam. Izoh: Kitobda ko`rsatilgan intervyu berganlarning ism va familyalari iltimoslariga ko`ra o`zgartirilgan holda keltirilgan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling