Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №5
Tobeligingizni nomiyish etish bilan erkakni o`zingizdan itarishga erishasiz xolos. Agar erkak yetisha olmayotgan biror narsasi bo`lsa, u to bunga erishmagunicha qo`ymaydi Odamlarni manipulyatsiya qilish, g`irrom o`yin olib borish sirlarini o`rgatish niyatim yo`q. Shunchaki siz inson tabiatini tushunib, unga mos harakat qilishni bilishingiz kerak. Erkak har doim erisha olmaydigan narsasini xohlaydi. Unga erishib bo`lmaydigan ko`ringan ayol bilan uchrasganda, uni “aqlni shoshirish” deb qabul qiladi. U bu chaqiriqni qabul qiladi va bor kuchi bilan shu ayolning ko`nglini zabt etish, g`alaba qozonish uchun kurashadi. Agar erkak ayolni qo`lga olishga urinsa-yu, shunga qaramay ayol o`z g`ururi va hurmatini yo`qotmasa, unda voqealar rivoji o`zgaradi. Sizga hozirgina yetarlcha e`tibor ham qilmagan erkak endi oziga ishonishni boshlaydi. Men mana shu qizga paypoqlarimni yuvdirsam, tushlik tayyorlatsam yoki nimadir qilib 14 uning diqqat-e`tiboriga sazovor bo`lsam, deb xayollar qila boshlaydi. Unga o`z tobeligingizni ko`rsatishingiz bilan ana shu erishilgan narsalar o`z qadrini yo`qotadi. Ayollar ko`pincha yo`l qo`yadigan yana bir xato. Ular o`zlarini pastga urishadi. Uchrashuvda siz mo`ljallayotgan plastik jarrohlik yoki ozishingiz kerakligi haqida gapirmang. Hech qachon komplimentlarni inkor qilmang. Balki ularni tabiiydek qabul qiling. Hamisha o`z qadringizni biling va hech qachon erkakka yon berish uchun o`zingizni pastga urmang. Ho`sh, o`z-o`ziga qanday munosabatda bo`lish kerak? “Mana mening ko`rkimdan oylar hijolat. Bundan ortig`i bo`lmaydi”. Pulingizni psixoterapevtlarga ketkazib yurmang. To bunga o`zingiz ishonguningizcha boyagi so`zlarni qaytaring. Oxir oqibat siz bunga ishonasiz va shu zahoti u ham. Xo`rlik. Xavotir olmang, bu tuzaladigan yara. Agar siz o`zingizni kamtarlik yoki kamsuqumlik qilyaotganingizni sezib qolsangiz, shu zahotiyoq buni tuzating. Demak, yuqoridagi tavsiyalarga qaytasiz, darhol o`zingizning bebaho xazina ekaningizga ishontirasiz. Nuqta. Tugadi. Ish yopildi. Agar kimgadir sizning o`zingizga bo`lgan ishochingiz yoqmasa, bu ularning muammosi. Nega? Chunki siz ulardan yuqoriroqsiz. Demak, xulosa. Hech eshitganmisiz biror erkakni “Barcha erkaklar o`zlarini sobiq ayollarini qo`msashadi”, degannini. Erkaklar ularni shunchalik ko`kka ko`tarishadiki, u qizlarning suratini ko`rganingizda esa ko`zlarngizga ishonolmay qolasiz. Siz shunda beixtiyor: “Bu qiz “Lyusining uyga qaytishi” filmidagi asosiy qahramonga o`xshaydi- ku”, - deb yuboray-yuboray deysiz. Ammo bunday qilish yaramaydi, chunki u darhol: “U hayotda chiroyliroq ko`rinadi”, - deb uning himoyasiga kirishadi. Savdolashmang… Yana bir urinish. “Ha, hayotda chiroyliroq ko`rinarmidi? (Shu joyda pauza.) Ha, aftidan, surat muvaffaqiyatsiz chiqqan ko`rinadi” (Yana bir bor eslataman, savdolashib yurmang!). Erkak xuddi erishilish kerak bo`lgan marra deb hisoblayotgan ayol bu vaqtda erkakning ko`ziga hech narsa ko`rinmasligini anglashi kerak. Yuqoridagi misolda oddiygina hiyla ishladi, u quyidagicha: ayol o`zini xuddi sovg`adek, sovrindek tutdi, natijada kulgili bir ish bo`ldi. Erkak aslida nimaga yoki kimga qarayotganini unutib qo`ydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling