Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

1-shart 
U har doim uchrashuvlarni oldindan belgilaydi. 
Ma`nosi: Sizning vaqtngiz va e`tiboringiz u uchun qadrli. Agar siz o`z qadringizga 
yuqori baho bersangiz, erkakning ham sizga beradigan bahosi siznikidan kam 
bo`lmaydi. Misol keltiraman: u sizga qo`ng`iroq qilib: “Sizni qachon ko`rishim 
mumkin?” - deydi. “Istagan vaqting, azizim. Vaqtni ayt, sen uchun men doimo 
bo`shman”, - deb javob bera ko`rmang. U sizga jumani aytsa, siz xursand bo`lib rozi 
bo`lasiz. Keyin o`ylab turib “Ehtimol, seshanba yaxshiroqdir”. Siz ungayam rozisiz. 
Shunda u yana o`ylab: “Balki, kelasi yakshanbadir”, - deydi. Sizga buyam to`g`ri 
kelaveradi. 
O`zingizni bunday tutishingiz yaramaydi. Muloyimlik bilan sizga ikki kun oqshom vaqti 
to`g`ri kelishini ayting. Mayli, qay birilgini o`zi tanlay qolsin. Bunday holda u 
ikkoviniyam tanlaydi. 
Shunga o`xshash boshqa bir holatni aytib beraman. Mening vrach tanishim xususiy 
amaliyotni boshladi. Uning kotibasi bemorlarga: “Mening barcha vaqtim bo`sh, 
istaganini tanlang”, - deyishini istamasdi. Buning o`rniga kotibaning: “Doktor sizni soat 
2. 15 va 4 15 larda qabul qilishlari mumkin. Qay biri sizga qulay?” - deyishini buyurdi. 
Juda bandligiga qaramay har bir bemor uchun qulay vaqt belgilaydigan doktorni 
bemorlari hurmat qiladi 
 
 


30 
2-shart 
Agar nimadir sizning ko`nglingizdagidek bo`lmasa, u bilan uchrashmang. 
Ma`nosi: U ikkovingiz uchun ham qulay vaqtni tanlashi kerak. Erkak soat to`qqizni 
ko`rishishni istayorganini aytyapti, ammo siz buncha kech qolib ketgingiz yo`q. “Men 
vaqtliroq ko`rishsak degandim”, - deb unga ayting. Agar u ishdan kech chiqqani uchun 
bu to`g`ri kelmasligini aytsa, bundan muammo yasamang. Shunchaki uchrashuvni 
boshqa kunga qoldiring. 
3-shart 
Agar sizga erkak yoqmasa, darhol u bilan uchrashishni to`xtating, uni bekorga 
umidvor qilib yurmang. 
Ma`nosi: Sizga qanday munosabatda bo`lishlari kerakligi haqida aniq standartlar 
mavjud. Deylik, siz u bilan birinchi marta uchrashayapsiz. Erkakning kayfi bor va o`zini 
risoladagidek tutmyapti. Boshlovchilarga maslahatim: hech qachon ichgan odam 
boshqarayotgan mashinaga o`tirmang. Doimo yashirin cho`ntagingizda plastik karta va 
naqd pul olib yuring. 
Hamrohingizga uyga ketishingiz kerakligini ayting. Uzr so`rang-u, ayollar xonasiga 
chiqing va taksi chaqiring. 
Mening Kelli degan dugonam ayollar borasida juda omadi chopgan bir erkakni tan 
berishga majbur qildi. U bunga osongina erishdi. Yigit juda omadli, juda kelishgan va 
juda ko`p ayollarga yoqardi. Kellini u o`zi doimiy ovqatlanib yuradigan kafeteriysida 
tushlik qilayotgan vaqtida uchratib qoldi va birinchi bo`lib e`tibor qaratdi. Bu erkakdan 
o`ziga bo`lgan ishonch yog`ilar va barcha ayollarning diqqatini tortardi. 
Ammo Kelli bundan mustasno bo`ldi. Erkak uning diqqatini tortishga harchand 
urinmasin, uning diqqati butunlay sendvichga qaratilgan edi. Albatta, shundoq yigit 
unga qarayotganini bilardi, ammo payqamaganga oldi. U seshanba kuniyam keldi. 
Chorshanbada ham va payshanbada ham. Nihoyat u bilan gaplashishga erishdi. Kelli 
darrov javob beravermadi: “Men sizni bilmayman, shuning uchun sizga ishq ko`zlari 
bilan qarolmayman. Biz do`stlashishimiz mumkin, nima bo`lishni keyin ko`ramiz”. 


31 
Qarshimizda ayollar uni ko`rsa yiqilishiga o`rganib qolgan yigit. Kelli esa unga go`yoki 
ringga chaqiriqdek bo`ldi. Qo`lga kiritish oson emasligini darrovgina ko`rsatib qo`ygan 
bu ayolning ko`nglini olish uchun uning izidan qolmaslikka to`g`ri keldi. Kelli uni deb 
har ko`yga tushmadi, balki aslicha qoldi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling