Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №10 
Agar ayol xushomadlarga darrovgina ilinavermasa, ya`ni yengilmas qal`a va 
erishilmas marra bo`lsa, erkak unga yanada ko`proq intiladi. 
Yana bir misol keltiramiz. Erkak do`stlari bilan ovga ketdi. U bir hafata shu bilan ovora 
bo`ladi. Hasharotlarga yem bo`lib iflos yotoq qopida uxlaydi. Qamoqdagi mahbus ham 
yeishni istamaydigan ovqatlarni yeydi. Buning hammasi nima uchun? Ov uchun. Agar 
rostdan ham bug`uni ovlay olsa, uyga tovusdek mag`rur kirib keladi va shu zahotiyoq 


23 
uning shoxini mehmonxonaga ilib qo`yishni istaydi (Qarang-a, mohir ovchi endi 
dekoratorga aylandi-ya).
Bir narsaga diqqat qiling, bu juda muhim. Agar siz oriq bug`uni ovlab ostonaga 
tashlab qo`ysangiz ,erkak uga qiyo ham boqmaydi. Bu xuddi o`zi ovlagan bug`uning
aynan o`hshasada, erkakning unga munosabati mutlaqo boshqacha bo`ladi. Aynan 
ta`qib qilish jarayoni erkakning ayolga qiziqishini uyg`otadi. Bordiyu ayol erkakni ta`qib 
qilib ovlashni boshlasa, u xuddi ostonada yotgan oriq bu`gudek ta`sir qiladi. 
Ayolning ko`nglini ovlash bosqichi erkak uchun juda muhim. Bu davrning sekin-asta 
o`tishi erkakning ov zavqini sezishi va o`zini haqiqiy erkakdek his qilishiga imkon 
beradi. 
Erkak tabiatini tushunish juda oson, chunki bu sifat barcha odamlarga xos.
Maftunkorlik omili №11 
Yonginangizda turgan narsani olishning imkonsizligi qondirilishi shart bo`lgan 
xohishni keltirib chiqaradi. 
Odatda erkaklar: “Biz erisha olmaydigan narsalarni xohlaymiz”, - deb tan olib 
turishadi. ”Yomon” qiz hech qachon erkakning unga erishdim deb tushunishiga yo`l 
qo`ymaydi. Modomiki erkak hech qachon uni tuta olmas ekan, ta`qib qilishdan 
to`xtamaydi. 
Keling, “yaxshi” va “yomon” qizni taqqoslaymiz. 
1-ssenariy 
Uyda deb hisoblab sizga qo`ng`iroq qilyapti. 
Agar yaxshi qiz uyda bo`lmasa, o`zining 
qayerda ekanini va qachon qaytishini 
yigitga qo`ng`iroq qilib aytib qo`yadi. 
Yomon qiz esa shu paytda qayoqlarda 
yuribdi deb o`ylashga uni majbur qiladi. 
Yaxshi qiz qo`l telefoni hamisha yoqiqligi 
va unga istalgan vaqt qo`ng`iroq qilish 
mumkinligini doim eslatib turadi. 
Yomon qiz esa yigitni nega qo`l telefoni 
bo`la turib, u bilan bog`lanib bo`lmayapti 
deb oylashga majbur etadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling