Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Ikkinchi bob
Nega erkaklar “yomon” qizlarni tanlashadi? Yoki nimani har bir yaxshi ayol bilib olishi kerak? Baxt. Yaxshi sigara, mazali tushlik, yaxshi ayol yoki yomon ayol. Barchasi sizning qancha baxtni ko`tara olishingizga bog`liq. (Jorj Berns) 22 Ov zavqi. Erkaklar ovda aynan zavqni qadrlashlarni har bir ayol bilib olishi kerak. Raqobat erkaklar uchun hamma narsadan muhim. Ular poyga mashinalarga, sportga va ovga qiziqishadi. Ularni buzilgan narsalarni tuzatish, murakkab sxemalarni tahlil etish va ov qiziqtiradi. Ayollarning asabiga teguvchu “mushuk-sichqon” oyinlari erkaklarga zavq beradi. Jinslar orasidagi asosiy farq ham ana shunda. Ayollar uchun asosiy maqsad mustahkam, iloji bo`lsa qonuniy munosabatlar. Bu manzil niqtasi. Erkaklar uchun munosabtlarning asosiy qismi bu manzilga tomon yo`ldir. Yomon qiz biladi agar erkak nimanidir xohlasa, uni qo`lga kiritishga urinadi. Bu yo`l qanchalik murakkab bo`lsa, erkakning intilishi shunchalik kuchli bo`ladi. U muvaffaqiyatga darhol erisha olmasa, ana shu yetisha olmaganini tashnalardek xohlayveradi. U faqat u haqida o`ylaydi va orzu qiladi. Juda yaxshi ayol esa bu jarayonni ildizi bilan barbod qiladi. Erkak ortiqcha urinshiga hojat bo`lmasa, shu zahotiyoq zerikishni boshlaydi. Hayotning qaysi jabhasida bo`lamasin, osongina qo`lga kiiritladigan narsani hech kim pisand qilmaydi. Darrovgina to`shakka yotishga rozi bo`ladigan ayollardan erkaklar qochadi. Agar u osongina maqsadiga yetsa, bu munosabat bir kechadan ortiqqa cho`zilmaydi. Bordi-yu g`alaba qiyinchilik bilan qo`lga kiritilsa, vaziyat mutlaqo boshqacha bo`ladi. Bir oldinga yursa, bir chekinishga majbur. Ammo butunlay taslim bo`lish niyati ham yo`q, chunki maqsad yaqin qolganini sezib turadi. Tug`ma sezgisi uni maydonda qolib, raqiblari bilan kurashga chorlaydi. Yutquzayotganini sezsa, yanada ayovsiz kurashni boshlaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling