Erkaklar Nega "yomon"


Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/92
Sana16.07.2023
Hajmi1,18 Mb.
#1660591
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №16 
U o`zini qafasda deb his etib qo`rqib ketmasligi uchun yomon qiz erkakka 
yetarlicha bo`sh joy qoldiradi. Shunda erkak uni qafasga tiqish uchun hamma ishni 
qiladi. 
Ha, erkaklar erk va nazoratni yo`qotib qo`yishdan o`lgudek qo`rqishadi. Bir ayol bilan 
yashab o`tish fikri ularni qo`rqitadi. Bordi-yu ayol birinchi daqiqadanoq erkakning 
qo`lini so`rayotgan jiddiy nomzod deb qabul qilsa, u cho`chib ketadi va juftakni 
rostlaydi. Erkak o`zini burchakka tiqilgandek his qilishi uchun yaxshi qiz bilan bir necha 
uchrashuvning o`zi yetadi. Keyin “qal`a” prinsipi ishlashni boshlaydi. 
Ayol nima deydi 
Erkak nima eshitadi 
Sen kechqurun qayerga ketayotganingni 
aytib qo`yishingni istardim. Bu oddiy 
muomala 
Erkni cheklash, nazoratchiga hisob 
berish. 
Sen 
qo`ng`iroq 
qilmasang 
va 
qayerlardadir 
yurganingda
xavotirlanaman. 
Qamoqxona kalitlarining jarangi. 
Biz birga bo`lishimiz kerak. Nega men 
bo`la turib, sen do`stlaring bilan tez-tez 
uchrashasan? 
Chiroqni ochir va 15 daqiqadan keyin 
o`rningda yotgan bo`lgin. 
Men erga tegishni va bir yil ichida 
farzand ko`rishni istayman. 
Hech narsa. 
Ana endi tuzatib bo`lmaydigan ish bo`ldi. Munosabatlardan sehr ketdi. Erkak 
talvasada. U o`zini tor kameraga bir umrga mahkum etilgan mahbusdek his qilayapti. 
Bizning yomon qiz esa o`zini hecham bunday tutmaydi. Erkakka u o`ziga bir umrga
bog`lab olib, uning erkidan judo qilishga mutlaqo qiziqmayotgandek ko`rinadi. Bu 
erkaklarni yomon qizlarga mahliyo qiladigan asosiy sifat. O`zingizga quyidagi savollarni 
bering va vijdonan javob qaytaring: 


36 
Hech e`tibor berganmisiz erkak bilan armrestling musobaqasi uyushtirsangiz, u juda 
qiziqib ketadi? 
Hech e`tibor berganmisiz, erkak haddidan oshganda, uni joyiga qo`yib qo`yasiz va u 
sizni yanada ko`proq seva boshlaydi? 
Sizni mutaqo qiziqtirmaydigan erkaklar izingizdan qolmasligiga hech hayron 
bo`lmaganmisiz? 
Hech e`tibor bermaganmisiz, siz uchrashib yurgan erkakka qanchalik kam e`tibor 
qaratsangiz, u shunchalik katta kuch bilan sizni ta`qib qiladi? 
Hech shunday bo`lganmi, itingiz yoki mushukchangizni erkalatayotganizni 
kuzatyotgan yigitingizning rashki keladi? 
Bularning hammasini tushunib olish uchun barcha to`gri javoblar topiladigan “Animal 
planet” telekanaliga diqqat qaratamiz. 
Erkaklar-ovchilar. Har qanday yirtqich hayvon kabi ularning eng sevimli mashg`uloti
o`ljani poylash va uni yirtqichga qarshiligini yengishdir.
Ko`pchilik erkaklarga yomon qizlar yoqadi, chunki kuchli ayolni bo`ysindirish ularga
rohat bag`ishlaydi. 
Keling, real hayotda bundan qanday foydalanish kerakligini ko`rib chiqamiz. Bitirvchi 
bosqich talabasi Nensi kechki mashg`ulotlarga qatnashardi. Unga kursdoshlaridan biri 
yoqardi. Yigit bora-bora unga yaqin yuradigan odat chiqardi va nihoyat uni 
uchrashuvga taklif qildi. Nensi unga javoban: “Yaxshi, kelaman. Faqat biz auditoriyada 
bo`lganimizda o`zingni qo`lga olib, risoladagidek tutib yurasan”, - deb aytdi. Yoshlar 
o`rtasida kuchli hissiyot bor edi. Nensining bu ogohlantirishi olovga yog` sepib yubordi. 
Yigit shu zahotiyoq qizga erishish oson bo`lmasligini tushundi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling