Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №19 
Erkak, ayniqsa, ayolning qanchalik o`ziga emotsional tobe yoki yo`qligiga diqqat 
qaratadi
Erkaklarga amalga oshirib bo`lmaydigan narsalarni talab qilib, nuqul turmush
sharoitidan nolidigan haqiqiy qaysar ayollar yoqadi demadim. Erkak o`z noroziligini 
bildirishdan qo`rqmaydigan va o`z shaxsiy fikrini ayta oladigan ayolni xohlaydi. 
Agar erkak birinchi uchrashuvda: “Nima bilan mashg`ul bo`lishni istardingiz?” – desa, 
yelka qisib: “Siz nima taklif qilasiz?” – deb, qanday ahmoqona taklif bo`lsa ham, rozi 
bo`lib ketavermang.
Shunchaki erkakka hayotga bo`lgan ishtahanigiz borligini ko`rsating. O`z shaxsiy 
hayotingizga, albatta. 
Bu xuddi yaqindagina o`qigan kitobingiz haqida so`zlab bergandek “Men yaqinda 
(bitta esnab) qiziqarli kitobni o`qidim”. Bu iborani mana bunisi bilan solishtirib 
bo`lmaydi: “Men Syuzen Smitning ajoyib kitobini o`qib chiqdim. Bundan ham qiziqarli 
kitobni men hali ko`rmagandim. Syuzen ajoyib yozuvchi!” 
Erkaklar itoatkor va ularga tobe ayollarni nega yoqtirmasliklarini tushunish uchun 
quyidagi misolni esda tuting. Erkaklar bilan munosabati o`xshamagani uchun nuqul 
sizga hasrat qilib yig`i-sig`i qiladigan dugonangiz yo`qmi? U navbatdagi erkak bilan 
uchrashib yurganda uni topib bo`lmaydi, qo`ng`iroq qilib tushib bo`lmaydi. Ammo ikki 
oy o`tar-o`tmas siz yana uning yig`i-sig`isiga chidashingizga to`g`ri keladi, chunki erkak 
yana uni tashlab ketdi. Keyin u yana yo`q bo`lib ketadi, chunki unga yangi hushtor 
topiladi. 
Bunday do`stlik sizning ko`nglingizni to`ldirmaydi, chunki bu do`stlik u ayolning 
hayotida muhim rol o`ynamaydi. Erkak ham ayolni o`ziga nihoyat tobe bo`lib qolganini 
juda yaxshi sezadi. Agar siz uning bo`yniga osilib olsangiz, bu yukni ko`tarishga kuchi 
yetmay qolishi mumkin. U shunchaki inson va uning ham o`z muammolari bor. Erkakka 
o`zingizning teng sherik bo`la olishingizni ko`rsating, shunda munosabatlarga o`z 
hissangizni qo`shasiz . 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling