Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hech qanday qafaslarsiz.
Maftunkorlik omili №15
Ayol erkakdan juda ko`p narsalarni talab qilib yuborganda, erkak bor kuchi bilan mas`uliyatdan qochadi. Avval unga qo`lidan nima kelishini ko`rsatishi uchun imkon bering, keyin uni kimligiga baho berasiz. Erkaklar mashaqqatni sevishadi. Ular sport mashinalarini haydashni xush ko`rishadi. Ularga parashyutda sakrash, baland tog` cho`qqilarini zabt etish yoqadi. Ular imkonsiz narsalarni amalga oshirishni sevishadi. Agar erkak siz bilan uchrashuvlarni imkonsiz narsadek qabul qilsa, u siz bilan yanayam baxtliroq bo`ladi. Uchrashuvlar unga endi yumushdek tuyulmaydi. Bu nazariya qolgan barcha narsalar: telefon qo`ng`iroqlari, birga o`tkaziladigan vaqt va mashg`ulotlar, kun so`ngidagi uchrashuvlar uchun ham o`rinli. Agar uning o`z shaxsiy ishlarini bitirib olishi uchun bir dunyo vaqti borligini his etishiga imkon bersangiz, u hamisha siz uchun vaqt topadi. Siz uning onasiga emas, mahbubasiga aylanasiz. Shunda u sizni elkadagi olahurjun emas, balki xuddi boshidagi tojdek qabul qiladi.Shundagina erkak sizning ortingizdan qolmaydi. Hech qanday qafaslarsiz. Erkak o`zini bandi deb his qilishi bilan emotsional stress qo`rquvini sezadi. Yaxshi qiz bilan uchrashib yurganda qiz uning ko`ziga bo`yniga osilib olmoqchi bo`lgan“ola hurjun”dek ko`rinadi. Shu topda beixtiyor “munosabat” degan so`zni ishlatib yuborishidan xudoning o`zi asrasin! Yo`qsa, qiz qutqaruv xizmatini chaqirishiga to`gri keladi. Erkak shu zahotiyoq qiz uning bo`yniga arqon solib, undan farzand tug`ib olmoqchi degan qarorga keladi. Ko`chada kichkintoyni ko`rib qolsangiz, unga kulib, mehringiz tovlanib ketmasin. Bu bilan hamrohingizning qalbini yaralaysiz. Hattoki u tunlari shuni o`ylab bosinqirab chiqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling