Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №13 
Sizni shartlaringiz va muddatingiz. Bu tanlash va o`zingizning shaxs sifatida saqlab 
qolish imkoningiz bor yoki yo`qligini ko`rsatadi. 
Siz darrovgina aslida kim ekanigizni fosh qilasiz: pol lattami yoki uning orzusidagi qiz. 
“Muddatlar va shartlar” – juda yaxshi ayollar uchun mutlaqo yangi tushuncha. Ammo 
uni bittada va abadiyga o`zlashtirib olish kerak. Meni yanglish tushunmang, muhabbat 
beg`arazlik va fidoyilik talab etadigan tuyg`u. Shunchaki uni sizning hamma 
shartlaringiz bajarilgandan keyingina bering. 
Ona kompleksi va fohisha kompleksi. 
Psixoanalizda bu kompleks Madonna/fohisha sindromi deb ataladi. 
Bu nazariyaga ko`ra erkak ayolni yo ona deb qabul qiladi, yoki fohisha. 
Fohisha deb u bilan jinsiy aloqada bo`layotgan, bo`lishini istaydigan yoki 
qachonlardir bo`lgan har qanday ayol hisoblanadi. Fohishaning aksi esa ona.
Erkakning muloyim, mehribon ayolga nisbatan intilishi unga onasiga bo`lgan 
munosabatini eslatadi. Bunday ayollar royish, doimo labbay deb javob berishadi, erkak 
xatolarini osongina kechirashgani va beg`araz mehr ko`rsatishgani uchun erkak bu 
g`amxo`rlikni tabiiy holdek qabul qiladi. Shunda erkaklar bunday ayollar haqida “Juda 
yaxshi, ammo unda nimadir yo`q” deb ta`rif berishadi. Ho`sh, nima hosil bo`ldi? 
Bexavotirlik+zerikish+ ona=yurakka o`t solmaydi. 
Oldindan bilib bo`lmaydi+bir xillik yo`q+fohisha=haqiqiy yong`in. 
Erkaklarni erishish mumkin bo`lmagan mustaqil ayollar o`ziga tortsa-da, bor kuchlari 
bilan ularni fohishadan onaga aylantirmoqchi bo`lishadi. Ayol kishi ular uchun 
tozalashi, kir yuvishi, ovqat qilishini istashadi. 


32 
Menga tanish bir ayol kir yuvish masalasini oilaviy hayotining boshlanishida hal qildi. 
Yangi kelin qizil futbolkani erining oq rangli paxta matoli ich kiyimlari bilan qo`shib, 
avtomat kir mashinasida yuvib yubordi. Suvning esa eng qaynog`ini yoqdi. Erning
egnida faqat kiyib turgan ich kiyimi qoldi xolos. O`zini hurmat qiladigan hech bir 
geteroseksual erkak o`lsayam pushti rang ich kiyim kiymaydi. Rasvo bo`lgan ich 
kiyimlarini ko`rib, g`azabdan yorilay deyayotgan er bor ovozi biln qichqirdi: “Mening 
ich kiyimlarimga qo`l tekizishni xayolingga ham keltirma!” Xotin esa aynan shuni
xohlardi.
Namunali beka bo`laman deb bor kuchi bilan urinayotgan yaxshi qizlar erkak baribir
yopiq eshiklar ortida fohishani ko`rishni istashini bilishlari zarur. Bu ikki tushuncha u 
uchun chambarchas bog`liq.
Nega? Samimiy va doimiy “onalik” erkakni sovitadi. Ha, erkak hamisha onasiga 
o`xshashishini qidiradi deb hisoblanadi. Bu chiroyli nazariya, ammo bu degani siz 
holdan toyib yiqilguncha supurib-sidirib, eringizga bolangizdek g`amxo`rlik qilishingiz 
kerak degani emas. 
Erkakni oiri bilan sovutadigan 4 holat bor. Shunda u xuddi isyonkor o`spirindek 
sizdan qochadi. Siz hamisha yodda tutshingiz kerak bo`lgan 4 asosiy vaziyatlar: 
• uni nazorat qilishga urinmang va sizni nazorat qilishini ham so`ramang; 
• u hamma bo`sh vaqtini (sizning iltimosingizsiz) siz bilan o`tkazishini kutmang; 
• sizsiz o`tgan vaqti uchun hisob berishini so`ramang;
• o`z shaxsiy ishlari bilan shug`ullanishiga imkon bermasdan, holi joniga qo`ymay 
ortiqcha g`amxo`rlik qilavermang. 
Uni hech qachon siquvga olmang. Aytaylik, erkak 100 yildan beri ko`rmagan xolasi 
bilan suhbatdan keyin telfonni qo`ydi. Agar siz shu zahotiyoq surishtirishni boshlab kim 
bilan nima haqida gaplashganini ezib so`rayversangiz, shu topdayoq uning ko`z o`ngida 
fartuk taqqan, uy bekasi bo`lgan onaga aylanasiz-qolasiz. Va u har bir o`smir 
yigitchadek isyon ko`taradi. Shunday so`z va iboralar borki, ayollar ularni onalarcha 
eshitilishini o`ylab ham o`tirmay, beixtiyor qo`llab yuborishadi: “Bir oz dam ol”, “ Juda 
kechga qolib ketma”, “Yetib borganingdan keyin qo`ng`iroq qilib qo`y”, “Ketishdan 
oldin u-bu yeb ol”. Erkak o`zini erlik sifati yo`q yosh bolakaydek his qilishiga majbur 


33 
qilayapsiz. Siz kap-katta erkakka xuddi 2 yashar bolaga aytgandek “Tushdan keyin 
uxlab ol, keyin sen bilan o`ynaymiz, kochaga chiqamiz”, deyapsiz.
Erkakni hisob berishga majbur qilib va uni nazorat qilish bilan siz o`zingizni xuddi 
onadek tutayapsiz. Ehtimol, u shunchaki yarim soatga ushlanib qolgandir. Balki, 
do`stining mashinasini tuzatishga yordam bergandir, ehtimol, oshnalari bilan pivo 
ichib qolib ketgandir. Hisob berishiga to`g`ri kelganini sezishi bilan u erkini 
yo`qotgandek his etadi. Shunda u aldamasa ham bo`ladigan vaziyatda biror yolg`onni 
to`qiydi . Buni u o`z “sarhadi”ni himoya qilish uchungina qiladi. Bunday so`roqdan 
keyin erkak o`zini burchakka haydalgandek his etadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling