Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №21 
Agar erkak ayol bilan yaqin bo`lishini kutishiga tog`ri kelsa, u nafaqat ayolni haqiqiy 
go`zal deb hisoblaydi, balki uning qadrini yuqori baholashi uchun vaqti ham yetarli 
bo`ladi 
Erkaklar ayollarni darhol ikki kategoriya: ko`ngilxushlik uchun va “munosib”ga 
ajratishlarini ayollar bilishini istashmas ekan. Agar siz “ko`ngilxushlik degan 
kategoriyaga tushib qolgan bo`lsangiz, hech qachon u yerdan chiqa olmaysiz.
“Yomon qizni” konservator yoki ikkiyuzlamachi demoqchi emasman. Shunchaki 
erkaklar ularni “munosib” deb hisoblashlarini istashadi. Buning uchun ular o`z 
jozibalarini qadam-baqadam ochishadi. 
Bunday xatti-harakat yomon qizga “poezd harakatini nazorat qilish” imkonini beradi.
Erkak ayolni tutqich bermas deb hisoblagani uchun uni boshqalar ham osonlikcha 
qo`lga kirita olmasligini tushunadi. Aslida, u o`zi ham qachondir unga yetisha olishiga 
imoni komil emas. Shuning uchun ham erkak bu ayolni ”ko`ngilxushlik uchun” degan 
kategoriyaga kiritishga o`ziga ruxsat berolmaydi. 
“Pol latta”ni osongina erishiladigan deb hisoblashadi, chunki u mutlaqo notog`ri 
sabablarga ko`ra va juda tez to`shakka rozi bo`ladi. Uning o`ta sipo va sodda
ko`rinishi hech narsa qilolmaydi. Uzun yubkalar kiyadimi, sochini otning dumi qilib 
yig`adimi va pishir-kuydir kurslariga boradimi yoki ochiq-sochiq kiyinib diskotekama-
diskoteka yuradimi, baribir natija bir xil. Nima bo`lgandayam agar ayol erkakning 
ko`ngliga yo`l topish uchun u bilan birga bo`lishga o`zini majbur deb his etsa, erkak
darhol ayolning holatini sezadi va unga bo`lgan bor hurmatini yo`qotishni boshlaydi. 
Bred ismli erkak ikkala turdagi ayollarning farqini menga bunday tushuntirgandi:
“Ayollar ikki turga bo`linadi: biri zo`r berib ofatijon bo`lib ko`rinishga urinishadi, 
ikkinchisiga esa urinishniyam keragi yo`q, ular busiz ham shunday. Ko`pchilik erkaklar 
ikkinchi tip ayollarni ofatijon deb hisoblashadi. Albatta, bor narsasini isbot qilish uchun 
qattiq urinayotgan ayol hamisha notabiiy ko`rinadi. Ammo bunga urinmayotgan 


45 
ayolning erkakni o`ziga ko`proq tortishi tabiiy. Aynan shunday ayollarga erkaklar jiddiy 
qarashadi” 
Shunisi qiziqki, Bred yaqindagina kollejni tamomlagan yigitcha. Endigina 20 ga kirgan 
yigitcha buni tushungan ekan, sizga kunda uchrab qolishi mumkin bo`lgan har qanday 
erkak ham buni bilishi tabiiy. 
Quyida keltiriladigan jadvalda erkaklarning oz ma`lumotga ega bo`lganidayoq 
ayollarga baho berishi ko`rsatilgan. E`tibor bering, ikkala tip ayollar ham aslida ofatijon, 
ammo ularning farqi biri erkakka muhtojdek ko`rinadi, boshqasi esa yo`q. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling