Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maftunkorlik omili №9 Agar u qadr-qimmati yoki munosabat degan tanlov oldida qolsa, u hamisha o`z qadr-qimmatini boshqa har narsadan ustun qo`yadi.
Maftunkorli omili №8
“Yomon” ayol bilan “yaxshi” ayolning asosiy farqi bu qo`rquv. Margaret Etvud: “Qo`rquvning hidi bor, muhabbatning ham”, - degan edi. Qo`rquv va ehtiros miyaning aynan bir qismi bilan boshqariladi. Erkak ayolni yo`qotishdan ozroq qo`rqqanda, uning ehtirosi cho`qqiga chiqadi. Erkak ruhiyati o`simlikka o`xshaydi. Uni sug`orish kerak, ammo shu bilan birga nafas olishi uchun havo ham kerak. Erkakning o`ziga judayam ishonib ketishini ta`minlash o`simlikni suvga bo`ktirish bilan teng. Ortiqcha suv gulni o`ldiradi, ortiqcha e`tibor esa muhabbatni. Nihoyat ayollar men aytmoqchi bo`lgan “yomon” qizning qanday bo`lishini o`zlari uchun xulosa qilib tushunib olishlari kerak. U mehribon. U shaftolidek totli. U xushchaqchaq, u jozibali va haqiqiy ayol. Ammo uning hech bir qarori erkakni yo`qotish qo`rquvidan kelib chiqmaydi. “Yomon” qiz bilan “yaxshi” qizning farqi shaxsidayam xarakteridayam emas. U shallaqi yoki yovuz ham emas. U hecham o`zini yerga urmaydi, chunki o`zini qattiq hurmat qiladi. Maftunkorlik omili №9 Agar u qadr-qimmati yoki munosabat degan tanlov oldida qolsa, u hamisha o`z qadr-qimmatini boshqa har narsadan ustun qo`yadi. Erkak bilan munosabatlari qanday ketayotganidan qat`iy nazar, u o`zligini saqlab qoladi. U do`stlaridan voz kechmaydi. U karyerasini barbod qilmaydi, u sevimli mashg`ulotlarini tashlamaydi. U mustaqil, erkakka bog`liq emas, shunda nogohon 20 erkak unga bog`lanib qoladi. U erkakni deb vaqtni qurbon qilmaydi, xursandchiliklardan voz kechmaydi va yaxshi ayollardan farqli o`laroq u hurmatsizlikka toqat qilib yurmaydi. U o`zining bahosini biladi va qadrlaydi. U o`zining qimmatbaho ekaniga ishonadi va uning har bir xatti-harakati va qarorlari ortida mana shu ishonch yotadi. U qo`rqmaydi, shuning uchun erkak uni yo`qotishdan qo`rqadi. U mustaqil, erkakka zor emas, shunda erkak unga zor intizor bo`ladi. U erkakka bog`liq emas, shuning uchun erkak unga bog`lanib qoladi. Hammasi aynan aksincha bo`ladi. Munosabatlarning natijasiga kamroq bog`liq bo`lgan odam avtomatik ravishda boshqani unga tobe qilib qo`yadi. Yangi , ajoyib “yomon” qiz bilan tanishing. Keling, ana shu bob yakunida bu so`zga yangi bir ma`no kasb etamiz. Bu nomni xuddi xushomaddek tushuning. Yomon qiz injiq yoki shallaqi emas. U qo`pol va shafqatsiz ham emas. U muloyim, ammo samimiy. U do`stlari, dugonalari bilan gaplashgandek erkak bilan ochiq va to`g`ri gaplashadi. Erkak uchun bo`yniga osilib hissiyotlarga beriladigan ayoldan ko`ra shunday ochiqko`ngil ayol bilan til topishish osonroq. Ortiqcha oh-voh chekadigan ayollar erkaklarni hamisha cho`chitgan. U nima xohlashini biladi va uni ochiq bildirishga har doim tayyor. Natijada u nima xohlasa, shunga erishadi. Mana, qoyilmaqom “yomon” qizning sifatlari. 1. U o`z erkini qadrlaydi va uni himoya qila oladi. U katta korporatsiyada rahbarmi yoki arzon qahvaxonada ofitsiant, qanday kasb egasiligidan qat`iy nazar, peshona teri bilan pul topadi. U o`zini qadrlaydi, hech kimga uni g`ururini toptatishiga yo`l qo`ymaydi. 2. U hech qachon erkakni ta`qib qilmaydi. Uning olamida erkakdan boshqa narsalaram bor. U uchrashuvlarini burjlar bashoratiga qarab belgilamaydi. U erkakni ov qilib, unga tuzoqlar qo`yib yurmaydi. Shunchaki erkak uning olami markazi emas. 3. U sirli. To`g`rilik bilan hurmatsizlik orasida katta farq bor. U to`g`riso`z, ammo hamma narsaniyam gapiravermaydi. U hamma qartlarini ochib qo`ymaydi. Rasmiylik odamni xafa qiladi, siz haqiginsizda hamma narsaning ochiqligi esa zeriktiradi. 4. U har doim erkakning qiziqishini to`la qondirmasdan qoldiradi. U har kech erkak bilan uchrashavermaydi va uning avtojavobbergichida uzundan-uzoq xabarlar qoldirmaydi. U erkakning kotibasi bilan gaplashib yurmaydi va muzokoralar vaqtida 21 undan telefonga chaqirib berishini talab qilmaydi. Erkaklar bunday xatti-harakatni sevgidan deb hisoblashadi. Bu, albatta, tahshinga loyiq. 5. U erkakka o`zining ojiz tomonini ko`rsatmaydi. U yaxshi kayfiyatdaligida gaplashadi, hayotinig og`ir lahzalarida esa suhbatdan tiyiladi. U hammasini yaxshilab o`ylab olgandan keyingina fikrini aytadi. 6. U hamisha o`z vaqtini idora qiladi. U hamma ishni shohsmasdan sekin qiladi, ayniqsa, erkak juda shoshib turgan bo`lsa. Erkakning uning hayotini o`z nazoratiga olishga bo`lgan urinishlariga taslim bo`lmay, o`z hayot ritmiga monand yashaydi. 7. U har doim yumor hissini saqlab turadi. Yumor hissi erkakka ayolning mustaqiligidan darak beradi. Ammo u erkakning ustidan kulib unga hurmatsizlik qilib yurmaydi. 8. U o`z qadrini yuqori baholaydi. Erkak unga xushomad qilganda, u buni minnatdorchilik bilan qabul qiladi.Bunday holda u hech qachon qarshi chiqib suhbatdoshga aksini uqtirmaydi. U hech qachon erkakdan uning sobiq ayollari ko`rinishini so`ramaydi va boshqa ayollar bulan raqobatlashib o`tirmaydi. 9. Uning erkakdan tashqari ham keng qiziqishlari olami bor. Erkak o`zini ayol uchun hamma narsa emasligini sezganda, unga bo`lgan intilish yanada ortadi. Agar uning o`zi band ayol bo`lsa, unda erkakning bandligiga xafa bo`lib yurmaydi. Erkak uning hislari va fikrlarining yakka hokimi emas. Shunchaki u ayol o`ylarining ma`lum bir qismini band qilgan xolos. 10. “Yomon” ayol o`z tanasiga yaxshi sozlangan mashinaga qaragandek qaraydi. U o`zining tashqi ko`rinishi va salomatligi uchun qayg`uradi.O`zini hurmat qilishi o`z tashqi ko`rinishga bo`lgan munosabatdan kelib chiqadi. Yori uning qizil lab bo`yig`i yoqmaganini aytgani bilan uni o`zgartirmaydi, chunki bu rang o`ziga yoqadi-da. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling