Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №4
Ayrim hollarda erkaklar sizning qanday ta`sirlanishingizni ko`rish uchun atay qo`ng`iroq qilishmaydi. U suvga tushishdan avval qanchalik chuqur sho`g`ish mumkinligini sinab ko`radi. Siz bu holatni bir necha marta bolalar, hattoki itlar xatti-harakatida kuzatgansiz. Erkak va ayol munosabatlarida ham xuddi shunday bo`ladi. Erkaklar ko`rpani o`ziga tortishni yaxshi ko`rishadi. Bu ularga o`z kuchiga bo`lgan ishonchni beradi. Birorta erkak: ”Jonim, men munosabatlarimiz qanday rivojlanayotganini tushunib olishim kerak“, - demaydi. Balki sizni qanday ahvolga tushushingizni ko`rish uchun ko`rpani o`ziga tortadi. Agar bundan qattiq ta`sirlanib ketsangiz tushunadiki, u sizni to`laligicha qo`lga olgan. Agr siz aksariyat hollarda shunday tasirlanaversangiz, uning bora-bora sizga qiziqishi yo`qoladi. Agar u sizni u yoki bu holda reaksiyangiz qanday bo`lishini avvaldan aytib bera olmasa, siz unga jumboqligingizcha qolasiz. 13 Sizning bu munosabatingiz unga eng zarur bo`lgan erkni beradi. Agar u odatdagidan ko`proq vaqtga yo`q bo`lib ketsa, bundan mutlaqo xavotir olmaganingizni ko`rsating. Bu munosabatingiz bilan uni tasvishlantirasiz. U yo`qligida uni sog`indizmi yoqmi, u kerakmi yoki yo`q. Bu uni sizga ko`proq e`tibor qilishiga majbur qiladi, chunki u ortiq sizni o`ziga tobe deb bilmaydi. Erkakka “ Nega qo`ng`iroq qilmading?”, Nega haftalab yo`q bo`lib ketiding? “ degan savollar bermaslikka harakat qiling. O`zingizni mutlaqo buni payqamagandek ko`rsatsangiz (chunki sizning usizham qiladigan ishingiz ko`p). Shunda u sizga yanada yaqinlashadi. Nega? Chunki siz 100 foiz faqat ungagina tegishli ekaningizga amin emas. Ko`pchilik jurnallarda qizlarga quyidagidek noto`g`ri maslahatlar berishadi. Maqola mualliflari eng kutilmagan joylarda(masalan, ryukzak yoki hamyonda) xatlar yoki ishqiy she`rlar bitib, yanayam kutilmagan joylarda qoldirishni tavsiya etadilar. Sizni ishontirib aytamanki, erkakni sizdan xuddi olovdan qochgandek qochishi uchun mana shuning o`zi yetarli. Ammo bu bilan jurnallar tinchishmadi. Qizlarga erkakni kuzatib yurib kutilmagan vaziyatda pitsa yetkazib berishni maslahat berishyapti. Bundan battari bo`lmaydi. Ayting-chi, mana shu maslahatlarni bir joyga jamlasangiz, nima hosil bo`ladi? Bu sizning tabiatan izquvar ekaningizni va usiz bir kun ham yashay olmasligingizni erkakka ta`kidlovchi sehrli retsept. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling