Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
9 Maftunkorlik omili №3 Erkak ayolni to`laligicha qo`lga kiritganiga ishonch hosil qilmagandagina uni “aqlni shoshiradigan” deb qabul qiladi. Sizni erkak bilan birga o`tkazadigan vaqtingiz ham ko`p narsani anglatadi. Bir haftalik tanishuvdan so`ng erkak o`z ishlari bilan band bo`lsa, yaxshi qiz jimgina yumshoq o`rindiqda o`tiradi. Erkak xuddi oldida kecha tanishgan qizi yo`qdek sport dasturi ko`rishi, mashinasini tuzatishi, gitarasini sozlashi mumkin. Qiz eziladi, siqiladi, ammo lom-mim demaydi. Ozgina vaqt bo`lsa ham yigiti bilan vaqt o`tkazish uchun u bor kuchi bilan o`z zerikishini yashirishga urinadi. Yomon qiz esa darhol noroziligini namoyish qiladi. Bekorga ham yomon emas-da. Qaytaga uning pol latta emasligini erkak tushunadi. Bu degani erkak bilan urishish, shallaqiliq qilish degani emas. Gap sizning xatti-harakatingiz va o`z qiziqishlaringizni qanchalik darajada himoya qila olishingiz haqida ketayapti. Aytaylik, erkak unga sariq sochlilar yoqishini aytdi. Siz esa qorachadan kelgansiz. Kelasi uchrashuvda sizning sochlaringiz va qoshingizng sarg`aytirilgan holda ko`rsa, nima deb oy`laydi? To`laligingizcha uning qo`lida ekanligingizni tushunadi. “Erkak ko`ngliga eng yaqin yo`l oshqozondan”, degan xalq naqli bor. Bu shunday, albatta, ammo bu degani erkakni to`ydirish uchun xuddi kanizakdek kuningizni o`choq boshida o`tkazing degani emas. Siz o`z qolingiz bilan antiqa ovqatlar pishirasizmi yo yaqiningizdagi do`kondan yarim tayyor ovqat olib kelib tayyorlaysizmi, bari bir oshqozonga tushadi va to`ldiradi. Ana sizga muhabbat ta`minlanadi. Bu yerda bir sir bor: ovqatning issiq bo`lishi, qolgani esa bekorchi ovoragarchilik xolos. Ayollar o`zlarini qurbon qilishga, o`z qiziqishlarini esdan chiqarishga o`rganib qolishgan. Birorta ekaklar jurnalida ayollarga 4 xil taomdan iborat tushlik tayyorlash tavsiya etilmagan. Bu nashrlar nari borsa bodibilding bilan shug`ullanuvchilarga maslahat beradi. Ko`pgina ayollar pishir-kuydirga o`ralashib, o`z qadr-qimmatlarini unutib qo`yishadi. Albatta, men oshxonaga yo`lni mutlaqo unuting demayapman. Yo`q, albatta, siz to`yingizning bir yilligi yoki uning tug`ilgan kuni munosabati bilan bayram dasturxoni tuzashingiz mumkin. Bu juda yoqimli. Tantanali kunlarda erkak rag`batga sazovor bo`lganini tushunadi va sizni atay u uchun tayyorlagan taomingizni sovrindek qabul 10 qiladi. Agar har kuni shunaqa o`lib-tirilaversangiz, sizning bu urinishlaringizni u xuddi odatiy holdek qabul qiladi. Kitob ayollar uchun ekan, men bir nechta taomlar retseptini taklif qilishga haqqim bor deb hisobladim va bu taomlarni tanishuvning ilk haftalari uchun tavsiya qilinadi. Professional oshpazlarning retseptlaridan farqli o`laroq ularni eslab qolish qiyin emas. Hatto yozib olish ham shart emas Gazak. Popkorn (qo`lbola bodroq). Nima uchun popkornni tanladim, chunki u tayyorlashga oson va ko`p vaqt talab qilmaydi. Popkorn paketchasini mikroto`lqinli pechga avaylab joylang, barcha donlar po`qillab bo`lgandan keyin paketni pechdan ehtiyot bo`lib oling, ular ancha issiq bo`ladi. Har ehtimolga qarshi qo`lingizga qo`lqop kiyib fartuk taqing va albatta, ushlagichdan foydalaning. Bu ko`rinishingiz bilan nafaqat mehmonda taassurot qoldirasiz, balki o`z ishingizning ustasi ekaningizni ham bildirib qo`yasiz. Agar bodroq kuyib ketgan bo`lsa, yaxshilab ko`zdan kechiring. Faqat ustidagilari kuygan bo`lsa, qora donachalarni olib tashlab, sariqlarni idishga solib, dasturxunga tortavering. Keyingi paketni o`zingiz uchun pechga qo`yishingiz mumkin. Kerakli mahsulotlar: bir yarim paket popkorn yetarli. Asosiy taom. Shinavandalar uchun tansiq taom. Qaynab turgan suvga 2 ta sosiskani soling, 5 minut qaynating. Bu vaqtda mehmoni ham unutmang. Unga bir stakan salqin ichimlik berib, oynaningiz hatto avto to`xtash joyiga qaragan bo`lsa ham, manzaradan bahra olishi uchun ayvonga chiqarib yuboring. Sizni ko`rmay turgandan foydalanib, sosikalarni yupqa parrak qilib kesing va har bir bo`lakka tish kavlagich suqib chiqing. Ijodkorlik qobiliyatingizni ko`rsatish uchun tish kavlagichlarning har xil ranglisidan foydalaning. Bu taomni ajoyib ikki delikates qayla hantal va ketchup bilan torting. Mehmonga esa hech qachon bularning oddiy sosiskalar ekanini aytib yurmang, balki ularni shinavandalar uchun delikates deb atang. 11 Ana endi desert haqida kichik tavsiya: do`kondan tayyor rulet sotib oling va uni qahva bilan torting. Tushlik uchun ideal yakun yalpizli saqich. Kelasi safar erkak sizni restoranga taklif qilganida tayyorlagan tushligingiz ko`ngildagidek chiqqanini anglaysiz. Hayotingiz davomida undan “Bugun tushlikka nima?” degan asabga tegadigan iborani ortiq eshitmaysiz. Agar vaqt o`tib u nogoh sizdan tushlik tayyorlashni so`rab qolsa, siz dadil o`z shohona taomlaringizni taklif eting: popkorn, sosiska, rulet va saqich, keyin esa tayyorlanavering: siz hademay restoranga taklif etilasiz. Shu yerda sharh bermasdan o`tolmadim. Bizning o`zbek qizlari, albatta, ayollari ham odatda erkakni to`ydan oldin mehmon qilib yurishmaydi. Uyga taklif qilish haqida esa gap bo`lishi ham mumkin emas. Ammo ayrim qizlar bekalik mahoratlarini namoyish qilish uchun yigitlarni antiqa pishiriqlar bilan mehmon qilmoqchi bo`lishadi. Bu katta xato. Birinchidan, u sizni zo`r berib unga yoqmoqchi ekaningizdan xabar topadi. Ikkinchidan, va hammadan ham yomoni keyingi paytda yigitlarimiz har xil ilmi amal, sehr-u jodudan qo`rqib qolishgan. Sizni ne hasratda qilgan mehnatingiz nafaqat yaxshi baholanadi, balki sizni jodugarlikda gumon qilishlari ham mumkin. Yaxshilik bilmaydigan bandalarni boqishni to`xtating. To`ydan avval qizlar alohida taomlar tayyorlash kurslariga borib har xil tushgayam kirmagan taomlarni o`rganishadi, bu yaxshi, albatta. Ammo bu taomlar ko`p mehnat vaqt va harajat talab qiladi. Hatto turmush qurgandan keyin ham qancha ko`p qayg`ursam, mehnat qilsam, shunchalik mehr qozonaman deb yotog`iga yarim tundan keyin burnidan tortsa yiqilgudek bo`lib kirib boradigan kelinlar talaygina. Rostdan ham baxt uchun shu pishiriqlar muhim deb hisoblaysizmi? Erkak yuragiga eng yaqin yo`l oshqozondan deb o`ylab oshxonada qolib ketmang. Gap shirin yoki bemaza ovqat haqida ketmayapti, balki erkak uchun qanchalik urinish haqida ketmoqda. Yomon qiz uyda o`tirib, o`zining vaqtini erkakni ushlab qolish san`atini charxlash uchun ketkazadigan ayollar sirasiga kirmaydi. U uchun zarur yagona narsa – bu yaxshi do`stlar davrasi. Erkak do`stlikdan ortiqrog`iga sazovar bo`lishidan avval esa unga buning o`zi kifoya. Munosabatlarning ilk bosqichida quyidagilarga ahamiyat bering. Agar erkak xushomad bosqichida siz uchun hech narsa qilishni istamasa bilingki, u kelajakda ham 12 sizga tayinli taklif kiritmaydi. Siz undan yaxshirog`iga loyiqsiz. Shunday qilingki, erkak buni anglasin. “Yahshi qizlar” xatti-harakatlari bilan o`zlarini yerga urishadi. Ularning xatti-harakati “Senga taklif qila oladigan narsam aniq yetarli emas”, “Mening o`zim unchalik emasman” degan ong osti signallarini jo`natadi. “Yomon qizlar” esa, aksincha, o`z juftiga mutlaqo boshqacha “Men shundog`am mukammalman”, “Xohlamasang, katta ko`cha” degan ishonch signallarini yuboradi. Ana endi qisqacha solishtiruv. Munosabatlar poydevori birinchi kundan qo`yiladi. Avval boshdanoq erkak ongli ravishda (ha-ha, mutlaqo ongli) munosabatdan u nima olishi mumkinligni bilishni istaydi. Telefon qo`ng`iroqlari ko`p narsaga oydinlik kiritadi. O`z rejalaringizni tuzish uchun uning qo`ng`iroqlarini kutasizmi? Agar u qo`ng`iroq qilmay qolsa, aqldan ozasizmi? O`zingiz qayta qo`ng`iroq qilasizmi yoki qo`ng`irog`ini kutganingizi ko`rsatasizmi? Aslida, erkaklar atay ayolga qanday ta`sir qilishini aniqlash uchun qo`n`giroq qilishmaydi. Agar ayol xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, uni boshqarish oson. Shunda erkak ayolni uni qanchalik xohlaytgani va zor-intizorligini tushunadi. Sizdan iltimos, ommabop jurnallarda ruhshunoslarning nega erkak buncha kam qo`ng`iroq qilishi sabablarini tushuntiruvchi maqolalarini unuting. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling