Erkaklar Nega "yomon"
Sizda bo`layotgan o`zgarishlar uni siz haqingizda o`ylab bosh qotirishga majbur etadi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kulishni boshlashingiz bilan sog`ayishni ham boshlaysiz.
Sizda bo`layotgan o`zgarishlar uni siz haqingizda o`ylab bosh qotirishga majbur etadi,
Natijada siz u uchun yana yechilmagan jumboqqa aylanasiz. 3 Bosqich Yumor hissingizni qaytaring Odatda yumor hissi yo`qolishi ayol erkakka emotsional tobe bo`lib qolganda , va boshi bilan uning hayotiga sho`ngida ketganda ro`y beradi. U munosabatdan ko`ngli to`lmaydigan narsalarni deb tez tez hafa bo`ladi. Yumor hissi – jinsiy mayl bilan bog`liq sifat.Erkaklar bu haqida hecham gapirishmaydi, ammo u yo`qolib qolsa darrow payqashadi. Endi tanishgan vaqtlaringizda tez tez hazillashar va zukkoligingiz bilan uni hayratlantirardingiz. Sizda sirlilik yo`qolganda u bilan birga yumor hissi ham yo`qoladi. 146 U haddan oshganda joyiga qo`yish va uni tiyishni eng samarali yo`li bu yumordir. Siz hazil huzul bilan o`zingizni unga tobe emasligingizni ko`rsatasiz. Bu juda muhim shahs harakteristikasidir. Yumor sizni bahtyor va hayotdan mamnun ekaningizdan darak beradi. Erkak sizni mustaqil ekaningizni anglaydi. Maqsad uni kuldirish emas. Chunki uni kuldirish uchun ho`p uringaningizni tushunadida. MAftunkorlik omili93 Kulishni boshlashingiz bilan sog`ayishni ham boshlaysiz. Yumor sizni erkin fikrlashingizdan darak beradi. Siz atrofingizda bo`layotgan hodisalar haqida nafaqat o`ylay, balki ularni ustidan kula olasiz ham. Agar yoringiz bilan so`z o`yini qilsangiz u hecham sizni o`ziga tobe deb his eta olmaydi. Erkak ayolni hafa qilib keyin uni qanday ta`sirlanishini tekshirib ko`radi. Yumor hissi bilan esa bir tomondan haqingizni qoldirmay undan alam olasiz ikkinchidan o`zingizni hafa qildirib qo`ymasligingizni ko`rsatasiz. Misol keltiraman. Meni dugonam bilan ikki martagina uchrashgan yigit uni tirnog`iga surtilgan lakni rangini tanqid qildi. U esa quvnoq ovozda: “Bugun murojaatlar qabul qilinmaydi.ammo sen o`z taklifingni faks orqali jo`natsang, men uni murojaatlar papkasiga tikib qo`yaman” dedi. (Keyin u chiqindi solinadigan idishga ishora qildi.) Bu ikki juftlik haliyam birga, yigit esa dugonamni qattiq sevadi hatto u haliyam o`sha rangdagi lakni surtsada. Yumor nafaqat vaziyatni yumshatadi, balki ayolni atirgul iforidek namoyon bo`lishiga yordam beradi. Agar aytilgan gapdan hafa bo`lish o`rniga o`z ustingizdan o`zingiz kula olsangiz u sizga yanada hurmat bilan munosabatda bo`ladi.Bu bilan siz o`zingizga bo`lgan ishonchni namoyish etasiz. Masalan er hotinini mashina to`htash joyiga mashinasini qanday qo`yishini aytib kulyapti. Odatda erkaklar bunday tur hazillar qilishganida o`zlarini kuchliroq his etishadi.Shunda ayol ham buni ko`ngliga olmay, o`z hatolarini ham ustidan kula olsa, bu erkakka hafa bo`lganidan ko`ra ko`proq yoqadi. Nima kiyganingiz muhim emas, mayli egningizdagi kartoshkadan hozirgina yechilgan qop bo`lsin. Yumor hissi sizni erkakka ehtirosli qilib ko`rsatadi,buni hatto qora ich kiyim ham bera olmaydi. Har bir hatti harakatiga qo`llab quvvatlash izlaydigan ayoldan ko`ra o`z ustidan o`zi kula oladigan ayollar erkaklarga ko`proq yoqadi. 147 Omadli siyosatchilar yumordan qanday foydalanish kerakligini yahshi bilishadi. U orqali odamlar yuragiga yo`l topishadi,va saylovchilarga o`ziga ishongan odam bo`lib ko`rinishadi.Ronald Reygan saylovoldi kompaniyasi olib borayotganda , debatlardan birida, unga shu yoshda bunday katta lavozim og`irlik qilmasmikin qabilida savol berishdi. Shunda u: “Men siyosiy mavqeimni yoshlikka va o`z raqibimni tajribasizligiga qarshi ishlatmayman.” Erkak kishini yuragida hamisha sizga nisbatan ehtiros bo`lsin desangiz, u bilan hazillashib turing. Aga u sizga biror ranjitadigan gap aytsa “Seni bitta oyog`ini sindiraymi yo bir yo`la ikkovinimi?” deb javob bering. Meni Darla ismli dugonamni eri juda ivirsiq edi.Ammo ular yotoqda bir birga juda mutanosib. Kechki ovqatni yeb bo`lib er yotoqqa kirishni istardi, ammo Darla idishlarni yuvishga kirishdi, va eriga hazilomuz : “Idish yuvishga qancha ko`p vaqtim ketsa, bir birimizga shuncha kam vaqt qoladi”dedi. Shu zahotiyoq unga harakatchan yordamchi topildi. Maftunkorlik omili 94 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling