Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Sherri Argov 
Tarjimondan
“Yomon qiz” sarlavhadagi bu nom har hil asostsiyalarni olib keladi. Ingliz tilida “bitch” 
rus tilidagi “sterva” so`zini o`zbek tiliga tarjima qilishda munosib so`z topolmay ancha 
qiynaldim.Kitobni qayta qayta o`qish davomida targ`ib etilayotgan ayol qiyofasi o`ziga 
ishongan, jasur, o`z hohishlarini aytishdan qo`rqmaydigan,o`z so`zini o`tkaza oladigan 
vaqti kelsa ayyor, o`ziga pishiq, birovni nog`orasiga o`ynamaydi kerak bo`lsa 
boshqalarni o`ynatadi, hayot ummonida erkin suzadigan eng muhimi hech kimga tobe 
emas balki unga boshqalar mushtoq, u erkakni yo`qotishdan qo`rqmaydi. Ayyor 
hudbin erka bu yomonni nima dey, dedimu beihtiyor onamni “yomonim”deb 
erkalashlari yodimgha tushdi. “Yomonsan ammo yahshi ko`raman” erka singlimga 
qarata aytilgan bu gaplar miyamda yarq etdi. Ha ha aynan yomon ijobiy ma`nodagi 



yomon. Barchaga birdek yoqishga urinayotgan zerikarli “yahshi”dan ko`ra, odamlar 
nima deyishini o`ylab o`zini o`zgartirmaydigan, jasur ,sho`h “yomon”. Uni ayrim ishlari 
chegarlaarga tog`ri kelmasligi mumkin ammo unda qaynayotgan hayotni ko`rib 
beihtiyor o`zingiz ham unga maftun bo`lasiz.
Erkak zoti uchun jinsiy hayot birinchi navbatda turadi shuning uchun ham ularni buzuq 
ayolar o`ziga tortadi degan fikrga ko`pchilik ishonadi. Bu fikrda jon bor albatta. Ammo 
biror martta ham ular nimasi bilan tortishini o`ylab ko`rishmaydi. Natijada erni ushlab 
qolish uchun to`shakda sanat ko`rsatish kerak degan yanglish qarorlarga kelib 
qolishadi.Erkakka yoqish uchun buzuq bo`lish shart emas ammo nozik vaqtda 
odamlarni va erni ham nima deb o`ylashidan qo`rqmay, o`zidan qandaydir obraz 
yasamay, o`z hissiyotlariga erk bera bilish. Yomon qiz also buzuq emas. U o`z qadr 
qimmatini har narsadan ustun qo`yadi. U yolg`onchi ham emas halol o`yin o`ynaydi. U 
birinchi navbatda o`ziga sadoqatli.yahshilar yahshi degan ramkada qolib ketishadi 
yomon esa chegaralarini o`zi belgilaydi. Endi aytingchi bunday “yomon” ni sevmay 
bo`ladimi. 
Muallif va mutahasis sifatida amerikalik yozuvchi ayol yozgan bu kitobni o`qib butunlay 
maftun bo`ldim. Va qandaydir plogiat yozishdan tiyilib aslini sizga yetkazishga qaror 
qildim. Oqila, o`z qadrini biladigan hozirda butun dunyoni maftun qilayotgan o`zbek 
ayoli ummon ortidagilarni maslahatiga muhtojmikin. Kitobni o`qishdan avval men ham 
shunday fikrda edim. Ammo kitobni o`qib chiqib amerika ayolining o`ziga bo`lgan 
ishonchi , jasurligi, erkakni yo`qotishdan qo`rqmaslik, fikrini va hohishini anglash va 
izhor qila bilish jihatlaridan har qanday halq o`rnak olsa bo`lishini tushundim. 
Kitobdagi g`oyalar aynan g`arbga hos erkin munosabatlarni tanqid ostiga oladi va
mustahkam oilaviy munosabatlarni qo`llab quvavtlaydi. Boshqa mentalitet butkul 
o`zgacha turmush tarzi, albatta maslahatlar ham shularga asoslangan. Bu 
nomutanosiblikni siliqlash maqsadida o`z izohlarimni va maslahatlarimni kitobga 
kiritdim.Munosabatlar bo`yicha mutahahsis sifatida meni qoyil qoldirgan ajoyib kitobni 
sizga taqdim etayotganimdan bahtiyorman. O`ylaymanki bu kitob sizning ham eng 
sevimli kitoblaringiz orasidan va ko`nglingizdan joy oladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling