Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yaxshi qiz” bilan tanishing.
- Maftunkorlik omili №1 Inson hayotda nimaning ortidan quvsa, shu narsa, albatta, undan qochadi.
Shahnoza Xalilova
6 Birinchi bob Pol lattadan erkaklar orzusidagi qizgacha O`zingizni taqdir sovg`asi deb hisoblang, shunda erkak ham bunga ishonadi. Jozibaning 50 foizi aslida sizda bori bo`lsa, qolgan 50 foizi boshqalarning sizda bor deb hisoblashlaridan tashkil topadi. (Sofi Loren) “Yaxshi qiz” bilan tanishing. Har birimiz “yaxshi qizlarni” bilamiz. Gap ozi hali yaxshi bilmaydigan erkakka evaziga hech narsa talab qilmasgan holda borini fido qilib yuborishga tayyor ayol va qizlar haqida ketayapti. U hamma narsaga chippa-chin ishonadi. Chunki bu bilan harakati bilan erkakning mehriga sazovor bo`lishni istaydi. Bu ayol erkak xohlaydigan hamma narsani qilishga tayyor. Bu ayol shaxsiy munosabatlarni har qanaqasiga saqlab qolishga urinadi. Ko`pchiligimiz bunday holatga tushganmiz va buning hech qanday hayron qoladigan joyi yoq. Istalgan modalar jurnalni oling-u, shaxsiy munosabatlar haqida mutaxassislar tavsiyalarini o`qib ko`ring. “Avval erkakni zabt etish uchun shafqatsiz o`yn olib boring, so`ng unga o`z qo`lingiz bilan 4 xil taomdan tashkil topgan shohona tushlik qilib bering … Sevishganlar kuniga ekzotik ta`m beruvchilardan solib ajoyib tort pishiring. Torni esa qidirb topishning o`ziga 2 soat ketadigan ekologik toza qulupnaylar bilan bezatish esdan chiqmasin-a. Uchrashuvga esa bisotingizda eng ehtiros qo`zg`aydigan kiyimingizni kiying. NIma deb o`ylaysiz, bu nimaning retsepti? Ha, topdingiz, HALOKATNING! Ana endi erkaklarning ko`ngliga yo`l topishning, e yo`g-e, ularni xuddi ohagrabodek o`ziga tortishning sirlar bilan tarnishing. Maftunkorlik omili №1 Inson hayotda nimaning ortidan quvsa, shu narsa, albatta, undan qochadi. Ayniqsa, erkaklar borasida bu ayni haqiqat. Bu yerda bir istisno bor, agar siz uni ehtiros qo`zg`aydigan kiyimda quvayotgan bo`lsangiz, u avval sizdan foydalanadi, keyin esa, albatta, qochib qoladi. Nima uchun erkaklar bunday holatlarda juftakni rostlashning payida bo`lishadi? Chunki ayolning xatti-harakati o`z qadrini yuqori baholashdan darak bermaydi. Munosabatning ilk bosqichda erkak va ayol orasidagi bog`lanish hali yuzaki. Ayol esa 7 o`zining eng kuchli qartalarini ochib qo`ya qoldi. Aslida, uning bunday xatti-harakati ikki holatdan birini anglatadi. Yo ayol o`ziga juft topishdan butunlay umidini uzgan, yo duch kelgan erkak bilan munosabat o`rnatishga tayyor. Ehtimol, har ikkisi hamdir. Bu esa erkakning qiziqishini boshqa har qanday narsadan ham tezroq so`ndiradi. Ayol o`zini qadrlamasligini anglashi bilanoq erkakdagi unga bo`lgan hurmat va yaqinlashish istagi yo`qoladi. Endi uning qanday kiyim kiygani yoki kiymaganing mutlaqo ahamiyati yo`q. Uning orzusidagi ayol kimgadir yoqish uchun o`zini o`qqa-cho`qqa uravermaydi. Mana, nima uchun erkak ayolni chinakamiga sevib qoladi, shubhasiz, bu ayol u uchun 4 xil taomdan iborat quyuq ziyofat tayyorlab yurmaydi. Stolni ham qimmatbaho chinnilar bilan bezatib o`tirmaydi. Omadi kelsa, erkak faqat bitta taomgan umid qilishi mumkin (menimcha, popkorn). Qimmatbaho likoplar esa mutlaqo ortiqcha bezak. Yelim tovoqning o`zi yetarli. U oddiygina qilib senga qanaqasi yoqadi, idishga solingani yo paketi ozidan yeyishmi. Va nihoyat yarim yildan keyin ana shu ayol kechki taomni issiq holda, chinni likopchada tortsa, erkak buni qanday qabul qiladi deb o`ylaysiz? Mayli, likopda do`kondan olingan tayyor qiyma bilan oddiy makaronlar bo`lsin, baribir erkak: “Bu hayotimda tatib ko`rgan eng mazali makoronlar”, - deydi. Shunda u o`zini qiroldek his etadi. Farq shundaki, erkak bunga erishish uchun qancha vaqt va kuch sarfladi. Mashaqqat bilan erishilgan narsa qadrlanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling