Erkaklarning tanosil organlari


Download 206.94 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi206.94 Kb.
#1534687
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkaklar va ayollar tanosil aʼzolari (1)

Bachadon naylari (tubae uterinae, salpinges) ni tuxum yo‘llari deb ham atashadi.
  • Bachadon naylari bachadonning yuqoridagi burchaklaridan (tubidan) boshlanib, serbar boylamning yuqori chekkasi bo‘ylab chanoqning yon devorlariga boradida, voronka (ampulla tubae) shaklida tugaydi (2-rasmga qaralsin). Bachadon naylarining bo‘yi 10–12 sm, eni har xil bachadon burchagi yaqinida torroq, erkin uchiga tomon kengroq bo‘ladi. Bachadon naylarining bo‘shlig‘i bachadon bo‘shlig‘iga tutash; bachadon nayining shu joydagi interstisial qismidagi teshigi diametri 0,5–1 mm bo‘lib, istmik qismida bachadon naylarining bo‘shlig‘i kengroq, voronkalar sohasida esa naylarning diametri 6–8 mm ga yetadi. Nay voronkasi qorin bo‘shlig‘iga ochiladi. Voronkaning erkin chekkasi shokila (fimbriya) lar deyiladi. Bu shokilalar tuxumdondan chiqqan tuxum hujayraning bachadon nayi bo‘shlig‘iga kirishiga yordam beradi.
    • Tuxumdonlar (ovaria) – ayollar jinsiy tizimining asosiy a’zosidir. Tuxumdonlar bodom shaklida bo‘lib, bo‘yi 3,5–4 sm, eni 2–2,5 sm, qalinligi 1–1,5 sm, vazni 6–8 g bir juft jinsiy bezlardir. Qarilik davrida tuxumdonlar
    • zichlashadi, kich rayadi, ularda qo‘shimcha to‘qimalar taraqqiy etadi.
    • Tuxumdonning bir chekkasi serbar boylamning orqadagi varag‘iga suqilgan; qolgan hamma yuzasi qorin pardasi bilan qoplanmagan bo‘lib, kichik chanoqning qorin bo‘shlig‘iga bemalol chiqib turadi (2-rasmga qaralsin). Tuxumdonni: 1) bachadonning serbar boylami, 2) tuxumdonning o‘z boylami, 3) voronka-chanoq boylamlari erkin osilgan holatda ushlab turadi. Tuxumdonga qon tomirlar va nervlar, uning serbar boylamning orqa varag‘iga tutashgan joyidan o‘tadi (tuxumdon darvozasi – hilus ovarii).
    • Tuxumdon quyidagicha tuzilgan: a) tuxumdonning bo‘sh yuzasini qoplaydigan epiteliy – oqsil pardasi, b) po‘stloq qavati, d) mag‘iz qavati (3-rasm).
    • Tuxumdon ishlab chiqaradigan gormonlar (jinsiy gormonlar) ayolning butun organizmiga va jinsiy a’zolariga ta’sir etadi. Tuxumdon gormonlari ayol organizmiga xos belgilarning taraqqiy etishiga imkon beradi. Qiz balo g‘atga yetgach bu gormonlar ayol organizmini homiladorlikka tayyorl aydigan siklik jarayonlarda qatnashadi.
    • Tuxumdon gormonlari follikulalar va sariq tanachalarda ishlab chiqariladi. Follikulalar follikulyar yoki estrogen gormonlarni, sariq tana esa progesteronni ishlab chiqaradi.

    Download 206.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling