Erkaklarning tanosil organlari


Download 206.94 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi206.94 Kb.
#1534687
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkaklar va ayollar tanosil aʼzolari (1)

tashqi teshigi bachadon bo‘ynining qindagi qismi markaziga ochiladi. Tug‘magan ayollarda bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi yumaloq yoki oval shaklda, tuqqan ayollarda ko‘ndalang yoriq shaklida. Tug‘ruq vaqtida tashqi teshik yonlarining chaqalanishi natijasida shakli o‘zgaradi.
  • Bachadonning bo‘yi tug‘magan ayollarda 7–8 sm, tuqqan ayollarda 9 sm, bachadon tanasi uzunligining 2/3 qismi tanasiga va 1/3 qismi bo‘yniga to‘g‘ri keladi.
    • Bachadonning shilliq pardasi (endometrium) bir qavatli silindrik tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu tuklar tebranganda suyuqlik bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigiga qarab yo‘l oladi. Qoplovchi epiteliy ostida shilliq pardaning qo‘shuvchi to‘qimadan tuzilgan negizi (bazal qatlam) joylashadi, unda qon va limfa tomirlari, nervlar va bir talay bezlar bor.
    • Bachadon tanasining bezlari silindrik epiteliy bilan qoplangan, bu epi teliy suvday suyuq sekret chiqarib, bachadon shilliq pardasini namlab turadi. Bezlarning shakli naysimon, uchlari ba’zan ayriga o‘xshash ikkiga ajralgan.
    • Bachadon bo‘ynining bezlari silindrik epiteliy bilan qoplangan, bug‘u shoxlariga o‘xshash qayta-qayta tarmoqlangan.
    • Muskul qavati (myometrium) – bachadonning eng qalin qavatidir. U silliq muskul tolalarining qalin tutamlar chigalidan iborat bo‘lib, bu tolalar orasida qo‘shuvchi to‘qima qatlamlari bor. Muskul qavati qon tomirlar bilan mo‘l-ko‘l ta’minlangan. Bu qavat uchta muskul qatlamiga bo‘linadi: 1) tashqi (qorin parda ostidagi) qatlami uzunasiga ketgan, 2) o‘rta qatlami gir aylana va qiyshiq yotgan tolalardan iborat, 3) ichki (shilliq parda ostidagi) qatlami uzunasiga ketgan.
    • Bachadonning seroz (qorin parda) qavati (perimetrium) – bachadonning tashqi qavatidir. Qorin pardasi qorin oldingi devorining ichki yuzasidan qovuqqa, so‘ngra bachadon va naylarining oldingi yuzasiga o‘tadi. Qovuq bilan bachadon o‘rtasida qorin pardasi bilan qoplangan chuqurcha vujudga keladi, u qovuq bilan bachadon o‘rtasidagi kamgak (excavatio vesico-uterina) deb ataladi. Bachadonning oldingi yuzasi qorin pardasi bilan to‘liq qoplanmay, faqat bo‘g‘zidan yuqoriroqdagi qismi qoplangan (bachadon bo‘yni bilan qovuq o‘rtasidagi joyning pastida zichlashmagan kletchatka bor). Qorin pardasi bachadon tubidan uning orqadagi yuzasi bo‘ylab pastga tushar ekan, bachadon bo‘ynining qin ustidagi qismini va qinning orqadagi gumbazini qoplaydi, so‘ngra to‘g‘ri ichakning oldingi yuzasiga o‘tadi. Bachadonning orqadagi yuzasi bilan to‘g‘ri ichak orasida chuqur kamgak vujudga keladi, u to‘g‘ri ichak bilan bachadon o‘rtasidagi kamgak (excavatio rectouterina) Duglas bo‘shlig‘i deb ataladi.
    • Bachadon hayz ko‘rish, homilani bag‘riga olib rivojlantirish va yetilgan homilani tug‘ruq yo‘llari orqali haydab chiqarish (tug‘ruq) funktsiyalarini bajaradi.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling