Erkaklarning tanosil organlari


Tozalikning birinchi darajasi


Download 206.94 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi206.94 Kb.
#1534687
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkaklar va ayollar tanosil aʼzolari (1)

Tozalikning birinchi darajasi. Qin sekretida faqat qin basillalari va epiteliy hujayralari bor. Reaksiyasi kislotali.
  • Tozalikning ikkinchi darajasi. Qin basillalari kamroq yakkamdukkam leykositlar va comma variabile tipidagi bakteriyalar (bukilgan anaerob tayoqchalar), ko‘pgina epiteliy hujayralari topiladi. Reak siyasi kislotali. Tozalikning birinchi va ikkinchi darajalari normal hisoblanadi.
  • Tozalikning uchinchi darajasi. Qin basillalari kam, bakteriyalarning boshqa turlari (ayniqsa kokklar) ko‘proq, bir talay leykositlar topiladi. Reaksiyasi sal-pal ishqoriy.
  • Tozalikning to‘rtinchi darajasi. Qin basillalari yo‘q, patogen mikroblar (kokklar, comma variabile, trixomonadalar, zamburug‘lar va hokazo) bilan leykositlar juda ko‘p. Reaksiyasi ishqoriy.
  • Tozalikning uchinchi va to‘rtinchi darajalari odatda patologik jarayon larda uchraydi, ya’ni uchinchi darajasi qin va bachadonning surunkali yallig‘lanishi, to‘rtinchi darajasi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklariga xos alomatlardir.
    • Bachadon (uterus s. gysterus) – silliq muskulli kovak a’zo bo‘lib, shaklan oldindan orqaga qarab sal-pal yassilangan nokka o‘xshaydi.
    • Bachadonning quyidagi bo‘limlari bor: 1) tanasi (corpus), 2) bo‘g‘zi (isthmus) va 3) bo‘yni (cervix, collum) (2-rasmga qaralsin).
    • Bachadonning yuqori qismini tanasi deb atashadi. Bachadon tanasining gumbaz shaklida ko‘tariladigan, bachadon naylarining yopishish chizig‘idan yuqoriroqdagi qismi bachadon tubi (fundus) deb ataladi.
    • Bachadon bo‘g‘zi tanasi bilan bo‘yni orasidagi qariyib 1 sm uzunlikdagi qismidir. Bo‘g‘iz ichi kanal bo‘lib, yuqorida bachadon bo‘shlig‘iga, pastda bachadon bo‘ynining kanaliga qo‘shilib ketadi. Bachadon bo‘g‘zi shilliq pardasining tuzilishi jihatidan bachadon tanasiga, devorining tuzilishi jihatidan bachadon bo‘yniga o‘xshaydi. Homiladorlik va tug‘ruq vaqtida bachadon bo‘g‘zi tanasining pastki bo‘limi bilan birgalikda bachadonning pastki segmentini hosil qiladi. Bachadonning oldingi devoriga qorin pardasi mahkam yopishadigan joy – pastki segmentning yuqori chegarasi, bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigi sathi bachadon pastki segmentning pastki chegarasi hisoblanadi.
    • Bachadon bo‘yni kanalining yuqori uchi – ichki teshigi bachadon bo‘g‘zining kanaliga o‘tadi;
      Download 206.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling