Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari


Erkin iktisodiy hududlarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari


Download 58.72 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi58.72 Kb.
#1625229
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo\'llari

2.2.Erkin iktisodiy hududlarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari.
Respublikamizda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirishga bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995 yilda boshlandi. 1995 yil 30 avgustda «Konsessiya to‘g‘risida»gi, 1996 yil 25 aprelda «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi, 1996 yil 29 avgustda «Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy makon turlarining qariyb barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda barcha asoslar mavjud. Hukumatimiz tomonidan katta imkoniyatlar berilishiga qaramay, mavjud holat bizni to‘la qanoatlantirmaydi. Masalan, erkin iqtisodiy makonlarning hech bo‘lmaganda bitta turini zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish va rivojlantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning hech bir okeaniga chiqishi uchun bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan dalolat beradi. Bu albatta erkin iqtisodiy makonlarni keng ko‘lamda tashkil etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi soni jihatidan etakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa darajasida erkin savdo makonlarini tashkil etishimiz uchun etarli imkoniyatlar mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. SHunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin ilmiy texnikaviy yoki «Texnopolis» makonlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy makonlar infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. SHunda bu boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada, mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi ko‘payadi, shuningdek, mahalliy investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘lardi.
Xozirgi davrda sanoati rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlarda xam albatta turli maksadlarni kuzlab erkin iktisodiy zonalarni vujudga keltirmokdalar. erkin iktisodiy zonalrni kup tariflari mavjud: BMT ning TMK markazining shu muammoga bagishlangan ishida 20 dan ortik tarif keltirilgan 1 marta erkin iktisodiy zonalarning yoki "franko zonasi" ning 1973 yilda Kioto konvensiyasida berilgan. "erkin iktisodiy zonalarni davlat xududining muayyan natijalarga erishmok maksadida milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun iktisodiy faoliyatning preferensial shartlari, boshkaruvning aloxida rejimi va boshka tashkiliy mamuriy tadbirlarni joriy etiladigan kismi sifatida tariflash mumkin. Bundan tashkari, erkin iktisodiy zonalar chegaralarini kengaytirish va iktisodiy faoliyat shartlarining uzi bilan bevosita va bilvosita boglik boshka xujalik soxalari, tarmoklari, xududlarga yoyish layokatiga egadir. Erkin iktisodiy zonalar malum darajada cheklangan geografik territoriyadir. "Erkin iktisodiy zonalar" tarifi ilmiy axborot va tashkilotlar xisobotlarida keng kullanilsada, lekin ushbu xodisa mazmunini tula ifodalay olmaydi ularda kullaniladigan iktisodiy koida, maxsus mamuriy konunlar, malum yuridik xukukiy va xujalik rejimidan batamom xoli kilib kuymasdan, balki ularni osonlashtiradi, tadbirkorlikni ragbatlantiradigan imtiyozlarni yaratadi xolos. Davlat ushbu zonani uz aralashuvi doirasini kiskartiradi, (Lasser faisser). Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus iktisodiy zonalar uzining territoriyasi jixatidan ishchi xizmatchilarining turmush darajasining ishlab chikarish potensialini mujassam joylashganligi bilan kuprok tugri kelar edi.
Xozir jaxonda 4 mingdan ortik erkin iktisodiy zonalar mavjuddir. Ular turli vazifalarni bajarishi konkret maksad kilib kuygan.
Maxsus imtiyozlar, barkaror konuniy baza va tashkiliy muolajalarni soddalashtirish tufayli xorijiy kapitalni va il\or texnologiyalarni jalb etish.
Tayyor maxsulot eksportini kengaytirish uchun mexnat taksimoti afzalliklaridan foydalanish.
Mamlakat va mintaka byudjetiga valyuta tushumini usishi.
YAngi ish joylarini yaratish.
Tashkil kilish, boshkarish va moliyalash soxasida jaxon tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etish xisobidan ish kuchi malakasini oshirish;
Erkin iktisodiy zonalar ishlab turishini taminlovchi xorijiy investorlar bir kator afzalliklarga ega buladilar: imtiyozli soliklar, milliy bozorga kirish, kam unumli chikimlarni taminlash, shu jumladan, arzonroq ish kuchi xisobidan qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari buyicha moliyalash imkoni, erga mulkchilik xukuki.
Erkin iktisodiy zonalar jaxon mikyosida migratsiya kilib yurgan kapitallar uchun "qopqon" vazifasini utaydi. Xorijiy kapitalni milliy iktisodiyotga jalb qilishdan tashqari sanoat erkin iktisodiy zonalarini yaratilishini 3 asosiy vazifa bilan bo\laydilar:
 Sanoat eksportini ra\batlantirish va buning asosida valyuta mabla\larini qulga kiritish;
 Bandlik darajasini oshirish;
 Zonalardan xujalik yuritishning yangi metodlarini joriy kilish uchun sinov maydoni poligon sifatida foydalanish.
Erkin iktisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki milliy mamlakat xorijiy kapital uchun uz iktisodiyotini tula ochib berishni yoki maxsus investitsion iqlimdan tula foydalanishni xoxlamaydi, maxsus zona sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qullaydi.
Turli mamlakatlarda konkret vazifasiga qarab erkin iktisodiy zanalarning yaratilishi maqsadlari turli tuman bulishi mumkin: AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya depressiyaga uchragan xududlarda mayda va o‘rta biznesni jonlantirish maksadida xududiy siyosat sifatida amalga oshadi va tadbirkorlarga boshka rayonlarga karaganda ko‘proq faoliyat erkinligi moliyaviy imtiyozlar beriladi. Ushbu programmalar xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xam tuzilayotgan erkin iktisodiy zonalardan maksad ilgari iktisodiy jixatdan qoloq bulgan rayonlarni rivojlanayotgan rayonlarga aylantirish bulgan, lekin bu erda diqqat etibor xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilgan.

Erkin iqtisodiy zonalarning turlari.


Erkin iqtisodiy zonalar zonalarning tashkiliy funksional strukturasi turli tumandir.
Erkin iqtisodiy zonalar turlari:





Savdoga yo‘naltirilganlari

Sanoat ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.

Texnik zonalariga yo‘naltirilgan

Servis yo‘naltirilgan

1.

Erkin bojxona

Importni o‘rnini bosuvchi

Texnopolis

Offshor

2.

Bond omborlari

Eksport i.ch

Texnopark

Moliyaviy markazlar

3.

Erkin port

Sanoat parklari

YAngi va yuksak texnologiyalarni rivojlantiruvchi zonalar

Bank xizmatlari

4.

Erkin savdo zonasi

Makiladoras




Turistik xizmatlar













ekopark

Erkin ikisodiy zonalarni tuzishda ikki konseptual yondashish mavjuddir: territorial va funksional. 1- yondashuvda zonadagi barcha resident korxonalari xujalik mijozlardan foydalanadilar. 2 -yondashuvda esa zona bu xujalik yurituvchi muayyan shakliga, soxa, korxonaga nisbatan mamlakatning kaysi nuqtasida bulmasin imityozli rejim sharoit kullandi. 1 tipga Xitoyning, Braziliyaning Manaus va rivojlanayotgan mamlakatlatdagi eksport ishlab chikarish zonalar kiradi. 2 tipga offshor zonalar, "dpyuti fri" magazinlar kiradi.


Vaqt o‘tishi bilan sanoat zonalari uzgarib bordi ularning xududlariga nafakat tovarlar balki kamyob kam keltiriladigan, ularda ishlab chikarish faoliyati bilan xam shugullana boshlashdi. Natijada sanoat ishlab chikarish zonalari paydo buldi.
Dastlabki erkin savdo zonalari xalkaro savdoni rivojlantirishga karatilgan siyosat vositasi bulganligi sababli, ular tovarlar xarakatining xalkaro yunalishlariga yaqin joylashgan mintakalarda keng yoyilgan.
Sanoat ishlab chikarish zonalari maxsus bojxona rejimi mavjud bulgan eksportga muljallangan yoki importni urnini koplaydigan maxsulot ishlab chikariladigan xududda tuziladi. Bu xududlar sezilarli darajada soliq va moliya imtiyozlaridan foydalanish rejimida davlat sanoatining eng ustivor tarmoklarini rivojlanishi taminlaydi. Bazan pirovard maxsulot import uskunlar va texnologiyalar yordamida maxalliy xom ashyodan ishlab chikariladi.
Ilmiy texnologiya zonalari III-avlod zonalaridir. Xozirgi adabiyotda ularni texnoparklar (A+SH) texnopalislar (YAponiya) deb ataydilar. Ularning xududlarida yirik ilmiy tadqiqot markazlari Universitet tevaragida joylashgan ko‘p bo‘lim talab qiluvchi firmalar shaklida ilmiy va ishlab chiqarish texnologik faoliyati birlashadi. Bunday zonalar barcha moddiy va mexnat resurslarini yani texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish maqsadida tuzildi. Eng mashxur texnopark bu silikon Vellidir. U A+SH ning Kaliforniya shtatiga yaqin joylashgan va komppyuter xisoblash texnikasiga zarur bo‘lgan extiyot qismlarning 20% ni etkazib beradi. Bu zonada 20 ming ishchi xizmatchi ishlaydi va bunday zonalardan A+SH da 80 dan ortiq. YAponiyada texnopolislar 20 dan ortiq Xitoyda esa 20 ga yaqin yangi va yuksak texnologiyalarni rivojlantirish mavjud.
IV-avlod-offshor zonalardir: ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar ishlab chiqarish faoliyati bilan shu\ullanmasdan, faqat vositachilik bilan shu\ullanadi. Bank va tijorat ishidagi maxfiylik eng oliy darajada. Xozir jaxonda 300 dan ortiq offshor markazlari bor. Offshor zonalari mavjud bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar.
Lixtenshteyn, Panama, Normand orollari, Men oroli, Antilp va Modeyra orollari, Liberiya. SHvetsariya, Gibraltor, Malpta va Mavrikiydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda qulay bojxona investitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.
Ushbu imtiyozlar 4 ga bo‘linadi:

Download 58.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling