Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari
Download 58.72 Kb.
|
Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishsanoat makonlari.
- Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari.
Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‘ziga xos belgilari shundan iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral yo‘llar kesishgan joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida tashkil etiladi. Ularda bojxona to‘lovlari va tranzit yig‘imlari minimal darajada bo‘lishi shart.
Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘lib, davlatning iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ‘ibot qilishdir. Natijada, mamlakatga chet el investorlarining qo‘shimcha sarfxarajatlarsiz kirib kelishi uchun ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis» makonlari kiradi. Xizmat ko‘rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliyabank markazlari, sug‘urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga ega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir. Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan. 1959 yilda Irlandiyaning SHenon shahri shunday erkin iqtisodiy makonga aylantirilgan. Irlandiya hukumati SHenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik makonini tarkib toptirishga rasmiy ruxsat berdi. SHundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin iqtisodiy makonlar tarkib topa boshladi. Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liedir. Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Evropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortishtushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo makonlari tashkil etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliyabank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizasiya qilinmokda. SHarqiy Osiyoda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmokda. Xitoyda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish uchun asosan dengiz bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki makonlar 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan: xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika korxonalarini tashkil etish; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga valyuta tushumini ko‘paytirish; erkin iqtisodiy makonlarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatning qolgan xududlariga ham keng joriy etish; erkin iqtisodiy makonlarda faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini Singapur, Gonkong boshqa industrial davlatlardagi fuqarolar turmush darajasiga etkazish; mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga kelayotgan ijtimoiy iqtisodiy tanglikni oldini olish. Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan so‘ng, har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha ular orasida Rossiya Federasiyasi etakchi o‘rinni egallamokda. 1990-1991 yillarda erkin iqtisodiy makonlar soni 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda ular 20 tadan ortib ketgan. Biroq tashkil etilgan bu makonlarning ayrimlari rivojlana olmayapti. Masalan, Ingushetiya Respublikasida tashkil etilgan Xalqaro biznes markazi faoliyati hozir to‘xtatilgan. Eng faol rivojlanayotgan erkin iqtisodiy makonlar Kaliningrad, Leningrad va Magadan viloyatlari hisoblanadi. Qolgan mintaqalarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy makonlarning iqtisodiy samarasi ko‘ngildagidek bo‘lmayapti. Taxlilchilar fikriga qaraganda, rivojlanishga salbiy ta’sir etayotgan asosiy omil ko‘pchilik erkin iqtisodiy makonlar mamlakatning ichkarisida joylashganligi, ularning dengiz va daryo bandargohidan ancha uzoqligi va infratuzilma xizmatlarining talab darajasida emasligi bilan bog‘likdir. CHunki infratuzilmani yaxshilashga mahalliy va federal byudjetdan moliyaviy resurslar etarlicha saflanmayotir. Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmokda. Xorijiy investitsiyalarni respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni bajarish davom etmokda. Pirovardida, Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmokda. SHu jumladan, respublikaning jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi sub’ektlar paydo bo‘lib, ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmokda. Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil mamlakatda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etib, ularning ma’muriy boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni kafolatlab berishdir. Download 58.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling